Bir suratda minglab so’z, yohud bolalarni qanday ilhomlantirish va ularga quloq solishga misol

Chop etish versiyasi
11 Noyabr 2015
5 5 Fotosuratlar

«Men o’zimni shunday his qildimki, go’yoki hammamiz bitta oilamiz. Hech kim menga befarq bo’lmadi, ajratib ham qo’ymadi,« — deydi Toshkent viloyatidan foto san’ati bo’yicha seminarga kelgan Madina, nogironlar aravachasida o’tirar ekan. Mazkur seminar inklyuziv ta’limni targ’ib etish maqsadida UNICEF tashkiloti yordamida tashkil qilindi va oktyabr oyida Toshkent shahrida o’tkazildi.

Poytaxt viloyatdan ja’mi 20 taga yaqin bolalar ishtirok etgan seminar bunga qadar 130 ta mamlakatda shunday seminarlar o’tgazgan italiyalik mash’hur fotosuratchi Jakomo Pirozzi tomonidan o’tkazildi. Uning o’zbekistonlik bir nechta yosh shogirdlari bunday seminarlarda ishtirok etganlaridan so’ng professional fotosuratchi bo’lishga ahd qilganlar.

«Men inklyuziv ta’lim borasida erishilayotgan yutuqlarni ko’rib, juda xursand bo’ldim va seminar ishtirokchilari orasida imkoniyatlari cheklangan bir nechta bolalarni ko’rganimdan mamnun bo’ldim,« — deydi Jakomo seminar haqida gapirar ekan.

Tadbirning birinchi kuni bolalarga ularning huquqlarini eslatish bilan boshlandi: «Eng muhim huquqlardan biri -sizga taalluqli masalalr xususida o’z fikringizni ochiq ifoda etishga bo’lgan huquqingizdir. Ushbu huquqdan foydalanishingiz muhim, chunki siz bu erda bildiradigan fikrlar dunyoning turli qismlaridagi sizga o’xshash bolalar uchun muhim ahamiyatga ega. Siz o’rtoqlashgan fikrlardan ular yangi narsalarni o’rganadilar. Biz barchamiz sizga quloq solishimiz kerak,« — deb ta’kidladi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining o’rinbosari Berina Arslanagich-Ibishevich xonim seminarning o’chilish marosimida so’zlagan nutqida.

Ikkita seminardan iborat bo’lgan turkum tadbirning birinchi bo’lgan ushbu seminar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Seminar dasturiga amaliyiy mashg’ulotlar kiritilgan bo’lib, unda bolalar foto san’atida ijodkorlik bo’yicha tajriba orrtirish imkoniga ega bo’ladilar.

«Jismoniy imkoniyatlari cheklangan farzandim boshqa bolalar bilan birgalikda seminarda qatnashdi,« — deydi Gulnoza, o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashar ekan. «Farzandlarimizga chunchalik katta e’tibor qaratilib, ajoyib imkoniyatlar yaratilayotganidan juda ham xursandmiz.»

Bolalar tomonidan yaratilgan ushbu fotosur’atlar shu yilning noyabr oyidagiBola kuniga bag’ishlangan ko’rgazmadan joy oladi.

Marta o’qilgan: 547


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar