Bolalarga ilhom bag‘ishlash, ularni tinglash: bola huquqlarini qutlash

Chop etish versiyasi
23 Noyabr 2015
1 1 Fotosuratlar

Toshkent, 2015 yil 23 noyabr — Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilinganining 26 yilligini nishonlash munosabati bilan UNICEF ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi «Bolalar huquqlarini aks ettirib» nomli fotoko‘rgazmani tashkil qildi. Ko‘rgazmaning rasmiy ochilishi Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada xalqaro fotograf Jakomo Pirozzi tomonidan o’tkazilgan seminar mashg‘ulotlarda ishtirok etgan bolalar tomonidan olingan fotosur’atlar namoyish etiladi. Janob Pirozzi mashhur fotograf bo‘lib, u dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida bunday seminarlarni o’tkazgan.

UNICEF va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi hamkorlikda tashkil etganfoto san’ati bo’yicha seminarlar 2015 yilning oktabr oyida o‘tkazildi. Ushbu seminarlardailgari surilgan asosiy g‘oya bolalarga fotosuart kabi kuchli vositadan foydalangan holda o‘z hayotlariga bo‘lgan qarashlarini bayon etishlari uchun zamin yaratishdir. Seminarlarda 40 ta bola, jumaladan nogironligi bo’lgan bolalar ham ishtirok etishdi va ushbu soha bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishdi.

«Eng muhim huquqlardan biri bolalarning ularga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini erkin bayon etish huquqidir,«- deb ta’kidlaydi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Robert Fuderich. «Ushbu huquqdan foydalanish o‘g‘il va qiz bolalar uchun muhim ahamiyatga ega, chunki bitta surat minglab so‘zning o‘rnini bosishi mumkin. Hozirda butun dunyodagi bolalar fotosuratlardan foydalangan holda o‘zlarining aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini bayon etmoqdalar. Biz esa ularga quloq solishimiz kerak.»

Bolalar nafaqat fotoapparatdan foydalanisni,balki o‘z his-tuyg‘ularini tasvirda bayon etishni o‘rgandilar. Ta’lim, nogironlik, oilada yashash huquqi, mahalla, madaniyat va atrof- muhit — bular bolalar tomonidan tanlangan asosiy mavzular bo‘ldi. Bolalar fotosuratlar orqali o‘zlari va boshqa bolalarning hayotiy kechinmalari haqida hikoya qilishgaharakat qildilar. Ular tanlagan mavzular bolalarning atroflaridagi keng ijtimoiy olamga bo‘lgan munosabatlarini anglashga bo‘lgan istaklaridan dalolat beradi.

Ko‘rgazmaning rasmiy ochilishi marosimiga hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar xodimlari, shuningdek bolalar va ularning oila a’zolari, ustoz va tarbiyachilari tashrif buyurdilar. Ko‘rgazma Toshkent fotosuratlar uyida 2015 yilning 27 noyabriga qadar davom etadi.

Marta o’qilgan: 513


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar