O’zbekistonda Nogrion insonlar huquqlari to’grisidagi konvensiyaning bolalar uchun mo’ljallangannashri chop etildi

Chop etish versiyasi
11 Mart 2016
6 6 Fotosuratlar

2016 yil 10 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Inson huquqlari milliy markazi va UNICEF Nogrion insonlar huquqlari to’grisidagi konvensiyaning bolalar uchun mo’ljallangan nashrinitaqdim etdilar. Risolaga «Hamma gap imkoniyatda» deb nom berilgan.

Mazkur sanaga bag’ishlangan tadbirda vazirlikar, nodavlat tashkilotlari hamda onlayn aloqa orqali O’zbekistonning barcha mintaqalaridan ta’lim tizimi vakillari ishtirok etdilar. Ishtirokchilar ushbu nashrning ahamiyati va dolzarbligini ta’kidlab o’tdilar va nogiron bolalarning O’zbekistondagi holati bilan bog’liq bo’lgan masalalarni muhokama qildilar.

«Hamma gap imkoniyatda» nomli kitobchada nogironlik layoqatsizlik emasligi ta’kidlanadi. Aksincha, nogironlik insoniyatni boyitib turuvchi turli-tumanlikning bir ko’rinishi ekanligi bayon etiladi hamda asosiy e’tibor nogironlikka emas, bolaning o’ziga qaratilishi lozimligi ta’kidlanadi. Nogiron bolalar xayriga muhtoj insonlar emas, jamiyat hayotining faol ishtirokchilari va unga hissa qo’shuvchilar sifatida baholanislari lozim.

O’zining 9-raqamli Umumiy Izohida, Bola huquqlari qo’mitasi nogiron bolalar sog’liqni saqlash va ta’lim yo’nalishlarida maksimal ravishdagi inklyuzivlik bilan ta’minlangan bo’lishlari lozimligini ta’kidlaydi. Va bunday maksimal inklyuzivlik nogiron bolalarning sha’ni, ularning mustaqilligi hamda faol ishtirokini namoyon etadi.

«Nogiron bolalar dunyoda yakkalab qo’yilgan guruhlardan biri hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko’ra dunyoda kamida 93 million nogiron bolalar hayot kechirishi e’lon qilingan. Aslida bu raqamlar ancha yuqori bo’lishi mumkin,« — deb ta’kidlaydi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Robert Fuderich. «UNICEF har bir bola sog’lom, zarardan himoyalangan va ta’lim olgan holda ulg’ayishi mumkin bo’lgan dunyoni barbo etishni orzu qiladi, toki barcha bolalar o’z salohiyatlarini maksimal darajada ishga sola olsinlar. Biz ushbu orzuimizni ro’yobga chiqarish ustida har kuni ish olib boramiz. Ular kimligi va qaerda tug’ilgan bo’lishlaridan qat’iy nazar, eng zaif bolalar bilan bog’lanamiz va ular bizga qachon va qaerda muhtoj bo’lsalar, o’sha zahoti ularga yordam qo’lini cho’zamiz,« — deb qo’shimcha qiladi janob Fuderich.

Yangi kitobcha nogironligi bo’lgan bolalar qalamiga mansub bo’lgan rasmlar, she’rlar va iboralar bilan bezatilgan. Ular ko’rinmas bo’lishni istamaydilar. Aksincha, ular o’z oilalari va butun jamiyat hayotining faol ishtirokchilari bo’lishni istaydilar. Bu esa kattalarning vazifasidir, ya’ni kattalar har bir bolaning, shu jumladan nogironligi bo’lgan bolalarning barcha huquqlariga rioya etilishini ta’minlashlari lozim. Har bir inson Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya va Nogiron insonlar huquqlari to’g’risidagi konvensiyani hayotga tadbiq etishda o’z vazifalariga ega. Bu hukumatlar, ish beruvchilar, nogiron insonlar tashkilotlari, ota-onalar uyushmalari va xalqaro tashkilotlarga ham taalluqli. Shundagina bolalar ehtiyojlariga javob beruvchi dunyoni barpo etish mumkin bo’ladi.

Marta o’qilgan: 460


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar