UNICEFning O’zbekiston bolalariga 2016 yilgi va’dasi

Chop etish versiyasi
18 Mart 2016
3 3 Fotosuratlar

«O’zbekiston aholisining 10 milliondan ziyodnini bolalar tashkil etadi. O’zbekiston o’rta daromadli mamlakat hisoblanib, rivojlanish borasida o’z mintaqasida misli ko’rilmagan yutuqlaga erishdi. Ayni chog’da, rivojlanish darajasi bo’yicha mamlakatning ba’zi hududlari o’rtasida tafovut mavjud,» - deydi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Robert Fuderich. So’zining davomida u quyidagilarni ta’kidlab o’tdi: «Bolalarga bergan va’dalarimizning uddasidan chiqishimiz uchun biz birgalikda ishlab, barcha bolalar adolatli imkoniyatlarga ega bo’lsinlariga intilishimiz kerak».

Bu yil UNICEF tashil topganiga 70 yil to’ladi. 1946 yilda o’z faoliyatini boshlagan tashkilot qiyinchiliklarni engib o’tish va butun dunyo bolalariga bergan va’dasining ustidan chiqish borasida tarixda o’z izini qoldirib kelmoqda.

1993 yildan boshlab UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi mamlakat hukumati va boshqa hamkorlari bilan birgalikda, mamlakatda barcha bolalarning barcha huquqlarini ta’minlash yo’lida qizg’in ish olib bormoqda. O’zining yangi 2016-2020 yillarga mo’ljallangan hamkorlik dasturini boshlar ekan,UNICEF sog’liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy muhofaza kabi jabhalarda bolalar uchun sezilarli yutuqlarga erishish va bunda kam ta’minlangan oilalarga alohida e’tibor qaratish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.

O’zbekistonda ona va bola salomatligini yaxshilash

UNICEF O’zbekiston Hukumati 2016 yilni «Sog’lom ona va bola yili» deb e’lon qilganidan juda ham mamnun. UNICEF onalar va bolalarga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifatini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratish orqali, mazkur davlat dasturining ijrosiga o’z hissasini qo’shadi. Bu borada muhim vazifalardan biri patronaj hamshiralarning xonadonlarga tashrifi va u erda oilalarga bolani yaxshi parvarishlash bo’yicha maslahat berish yondoshuvini takomillashtirishdan iborat. Ular istisnosiz ravishda ko’krak suti bilan boqish, ayollarning homiladorlik davrida va bolalar kasal bo’lganidaxavfli belgilarni aniqlay olish, chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalarni ovqatlantirish, shuningdek, qo’llarni sovun bilan yuvishning ahamiyati kabi masalalarda oilalarga maslahatlar beradilar.

O’zbekistonda bolalarning qariyb 100 foizi to’liq emlangan. Kelajakda mamlakat hukumati emlashning havfsizligini hamda hech bir bola emlashdan chetda qolib ketmasligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Ushbu masala UNICEFning eng muhim vazifalaridan biri sanaladi. Shuning uchun ham UNICEF O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga vaktsinalar xarid qilishda o’z yordamini ko’rsatadi. Shu bilan birga,barcha o’gil va qizlarni, ayniqsa mamlakatning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan bolalarni, oldini olinishi mumkin bo’lgan kasalliklardan himoya qilish borasida shifokorlar va hamshiralar bilan hamkorlik davom ettiriladi.

Salkam chorak asr mobaynida Hukumat tomonidan erishilgan yutuqlar salmoqlidir, vaUNICEF sog’liqni saqlash, ovqatlanish, OIV va OITS, suv, sanitriya va gigiyena kabi masalalarda barcha bolalar keraklicha xizmatlar bilan ta’minlanishlari yo’lidagi sa’y-harakatlarni qo’llab-quvvatlashda davom etadi.

Barcha uchun sifatli ta’lim – global maqsad

Bolalarni kichik yoshdan maktabga tayyorlash muhim ahamiyatga ega. UNICEF maktabgacha ta’lim muassasalariga boruvchi bolalar sonini oshirishga hamda imkoniyati cheklangan barcha bolalar oddiy maktablarda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishlarini ta’minlashga qaratilgan bir nechta yo’nalishlardagi faoliyatini davom ettiradi. Xalq ta’limi vazilrligi bilan hamkorlikni davom ettirgan holda, UNICEFme’yoriy hujjatlar va dasturlar tahlilida ishtirok etadi. Bundan ko’zlangan maqsad, maktabda ta’lim olish bolalar uchun zavqli bo’lishi, ayni chog’da ular uchun naf ham keltiruvchi bo’lishini ta’minlashdir.

Nogironligi bo’lgan bolalarning aksariyati maxsus muassasalarda yashashlarini inobatga olgan holda, UNICEFularning boshqa bolalar bilan bir qatorda odatiy maktablarda ta’lim olishlarini ta’minlash ustida ish olib boradi. Bunday ta’lim inklyuziv ta’lim deyiladi. Mazkur harakat maktabning barcha faoliyatida bolani diqqat markaziga qo’yish hamda o’quvchi zavqli ta’lim olishi uchun yanada ko’proq imkoniyatlar yaratishga qaratilgan bo’ladi. O’qituvchilar bolalar nimani o’rganayotganlariga katta e’tibor qaratadilar. UNICEF o’qituvchilar bilan ish olib borish orqali ularning malakalari va ishtiyoqlarini oshirish va bu orqali, bolalar yanada yaxshi ta’lim olishlarini ta’minlashga harakat qiladi.

Maktablarda xavfsiz muhitni ta’minlash masalasi hech qachon o’z dolzarbligini yo’qotmaydi. Shuning uchun ham UNICEFfavqulotda vaziyatlarda maktabda va uyda to’g’ri harakat qilish ishlarini takomillashtirish bo’yicha ham ish olib boradi.

Barcha bolalarning xavfsizligi va himoyasini ta’minlash

Barcha bolalar oila muhitida yashash huquqiga egalar. Hech bir bola ota-ona mehridan mahrum bo’lmasligi kerak. Bolalarning taziyq va tashlab ketilishdan himoyalangan bo’lishi hamda tinglanish va qaror qabul qilishda ishtirok etish huquqlariga rioya etilishi lozim. Faqat mehr va muruvvatli oila muhitigina bolaning barkamol rivojlanishiga zamin yaratishi mumkin.

Qonun bilan nizoga uchragan bolalar bilan ish olib borganda, ularning yoshi, ehtiyojlari, sharoitlari va salohiyatlari hisobga olinishi zarur. Bu borada UNICEF mamlakat hukumatiga mavjud qonunlar va sud qoidalariga o’zgartirishlar kiritishda yordam beradi. Yuvenal adliya yo’nalishi bo’yicha yangi qonunlar va qayta ko’rib chiqilgan me’yoriy hujjatlarning samarali ravishda ijro etilishini ta’minlash maqsadida UNICEF sudyalar, prokurorlar va ijtimoiy xodimlarga bola huquqlari yo’nalishidagi o’z salohiyatlarini bola himoyasi bo’yicha xalqaro me’yorlarga mos ravishda oshirishlarida yaqindan yordam ko’rsatadi.

Berilgan va’dalarni bajarish yo’lida birgalikda ishlash

O’tgan yili O’zbekiston Hukumati Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo’lidagi vazifalarni bajarish bo’yicha muayyan majburiyalarni o’z zimmasiga oldi. 2030 yilga kelib mamlakat fuqarolarning barcha huquqlariga rioya etilishini ta’minlash bo’yicha umumjahon maqsadlari bo’yicha o’z hisobotini taqdim etishi lozim bo’ladi.

Bolalar eng zaif va ta’sirga tez beriluvchan insonlar ekanliklarini hisobga olgan holda, UNICEFyordamga muhtoj oilalarga yordam berish hamda barcha bolalar, qaerda bo’lishlaridan qat’iy nazar, barcha huquqlaridan foydalana olishlarini ta’minlash uchun kerak bo’lgan barcha ishlarni amalga oshirish borasida O’zbekiston hukumati bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Marta o’qilgan: 294


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar