Jahon autizm to’g’risida xabardorlik kuni O’zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi

Chop etish versiyasi
06 Aprel 2016
9 9 Fotosuratlar
Turli bo’lish tabiiy hol! – O’zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda Jahon autizmd to’g’risida xabardorlik kunini yoritishning shiori..

Televidenie, musiqa va kino olamining sakkizta mashhur namoyondasi autizmli ikki bola - Leyla and Artyom bilan birgalikda 2 aprel – Jahon autizm to’g’risida xabardorlik kuninini ijtimoiy tarmoqlarda yoritishdi. Ular birgalikda turli bo’lishni e’tirof etish va buni hurmat qilishga chorlovchi videolavhalarni ishlab, ularni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirishdi.

Autizmli bolalar masalariga kengroq auditoriyani jalb qilish uchun UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bu tashabbusni qo’llab-quvvatladi.

Autizm aqliy nogironlik, harakatlarni muvofiqlashtirishdagi va e’tibor berishdagi, hamda jusmoniy salomatlik masalalari bilan bog’lanishi mumkin. Autizmli ba’zi insonlar ko’rish ko’nikmalari, musiqa, matematika va san’at sohalarida yutuqlarga erishadilar.

“Dunyoda 88ta bolalardan biri autist,” – deydi ushbu g’oya egasi va tashabbuskori xonanda va aktrisa Lola Yuldasheva. “Biz aytmoqchi bo’lgan fikr shuki, autizmli bolalar boshqalar singaridir. Ular faqatgina dunyoga boshqacha nazar bilan qarashadi xolos, va biz bun farqni e’tirof etishimiz kerak.”

Kampaniya Internet foydalanuvchilari orasida e’tiborga sazovor bo’lmoqda. Ular Instagram va Facebook singari ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzudagi fikrlarni o’rtoqlashmoqda. Kampaniya ishtirokchilari ma’lum qilishlaricha shu kungacha 45,000 dan ziyod Internet foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlarda bu ma’lumotlardan xabardor bo’lib, o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

“Autizmli bolalar hamma erda, jumladan sizning oilangizda va do'stlaringiz orasida bo'lishi mumkin,”- deydi kampaniya ishtirokchilaridan biri DJ Piligrim. “Biz insonlarni dunyoga mazkur bolalar nigohi bilan qarashga hamda turli-tumanlikni hurmat qilishga undaymiz.”

Kampaniyaning boshqa ishtirokchilari - aktyorlar Adiz Radjabov, Yulduz Rajabova va Asal Shodieva, xonandalar Ziyoda Qobilova, Sardor Milano va Shohruhxon Yuldashev.

Kampaniya to’g’risida ko’proq ma’lumot olish uchun quyidagi sahifaga nazar tashlang: https://www.facebook.com/Unicef-Uzbekistan-823986917612266/

Marta o’qilgan: 274


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar