UNICEF va Ơzbekiston Hukumati bolalar va onalar farovonligini oshirish maqsadida 2016-2020 yillarga mơljallangan hamkorlik dasturining faoliyat rejasini imzoladilar

Chop etish versiyasi
15 Aprel 2016
2 2 Fotosuratlar

Birlashgan millatlar tashkiloti Bolalar jamg’armasi (UNICEF) va Ơzbekiston Respublikasi Hukumati 2016-2020 yillarga mơljallangan yangi hamkorlik dasturining faoliyat rejasi (HDFR)ni imzoladilar. Imzolash marosimi bugun Tashqi ishlar vazirligi Marosimlar uyida bơlib ơtdi. HDFR mamlakatdagi bolalar va onalar farovonlgini oshirish hamda Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga, xususan, bola salomatligi, ta'lim va bolalar himoyasiga qaratilgan maqsadlarga rishishda kơmaklashishdan iborat. HDFRni Ơzbekiston Hukumati nomidan Bosh vazir ơrinbosari Adham Ikramov imzoladi. Marosimda sog’liqni saqlash vaziri Anvar Alimov va xalq ta'limi vaziri Uluğbek Ino tov ishtirok etishdi.

“Ơtgan yigirma yil davomida UNICEF Ơzbekiston Hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilib keldi va biz mamlakatda bolalar va ayollar huquqlarini ta'minlash borasida katta natijalarga erishdik,” – deydi UNICEF Ơzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Robert Fuderich. “2016–2020 yillarga mơljallangan HDFRning imzolanishi bolalarga bergan va'dalarimizni bajarish yơlidagi faoliyatimizni ya nada jadallashtiradi,”- deb qơshimcha qildi u.

Mazkur hujjat UNICEF hamda bir qator vazirliklar, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari ơrtasidagi intensiv maslahatlashuvlar jarayonida tayyorlandi. HDFR Ơzbekistonda bolalar farovonligi bilan bog’liq bơlgan siyosat va strategiyalarga hamohang bơlib, BMTning Ơzbekistonda taraqqiyotga kơmak dasturi va 1994 yilda Ơzbekiston tomonidan ratifikasiya qilingan Bola huquqlari tơg’risidagi konvensiyaga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.

Keyingi besh yil davomida UNICEF tomonidan qơllab-quvvatlangan dasturlar bolalarga taalluqli huquqiy hujjatlar ustida ishlashga, eng muhtoj oilalarga urg’u bergan holda milliy hamkorlarning salohiyatini oshirishga qaratiladi. Mazkur sa'y-harakatlar sog’liqni saqlash, ta'lim va bolalarni himoya qilish jabhalariga yơnaltirilgan. Tarmoqlararo uzviylikni ta'minlash maqsadida bolalar huquqlari monitoringini olib borish uchun zarur bơlgan ma'lumotlarni yig’ish va tahlil qilish borasidagi faoliyat ham takomillashtiriladi.

UNICEF Ơzbekistonda ngi HDFRni amalga oshirish uchun keyingi besh yil mobaynida 33 million AQSh dollari miqdoridagi mablag’ni investisiya qilish majburiyatini olgan.  

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 636


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar