Havfsiz tug’ruq – chaqaloqlarga nafas olishda ko’maklashish maqsadida “oltin daqiqa”ga investitsiya qilish

Chop etish versiyasi
21 Aprel 2016
3 3 Fotosuratlar

Havfsiz tug’ruq ham ona, ham bola salomatligi uchun o’ta muhimdir. Hayotni sog’lom boshlanishi esa sog’lom va baxtli bolalik tomon qo’yilgan birinchi qadamdir. Shuning uchun ham UNICEF O’zbekistonda neonatal parvarishga alohida e’tibor beradi, jumladan bu sohada «LDS Charities» tashkiloti bilan hamkorlik qiladi.

«Jahonda olib borilgan tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, yangi tug’ilgan chaqaloqlar o’limi go’daklar o’limining aksariyat qismini tashkil etadi. Biz go’daklarning omon qolishi bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal qilmoqchi bo’lsak, yangi tug’ilgan chaqaloqlarning omon qolishlarini ta’minlashga e’tibor qaratishimiz shart,«- deydi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi Sog’liqni saqlash masalalari bo’limi rahbari Svetlana Shtfanets.

2016 yil aprelda UNICEF va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligi ko’magida «LDS Charities» tashkiloti Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasi tug’ruqxonalari mutaxassislari uchun «Chaqaloqlar nafas olishiga yordamlashish» deb nomlangan o’quv mashg’ulotlarini o’tkazdi. Mazkur treningda ishtirokchilarga yangi tug’ilgan chaqaloqlarni parvarishlash borasida bilim va ko’nikmalar berildi. Unda asosiy e’tibor «oltin daqiqa"ga qaratildi, chunki go’dak hayotining aynan birinchi daqiqasida nafas olishni stimulyatsiya qilish hamda maxsus qopcha va niqob yordamida o’pka ventilyatsiyasini amalga oshirish uning hayotini saqlab qolishi mumkin. Treningda 240ta tibbiyot xodimlari yangi tug’ilgan chaqaloqlarni jonlantirish bo’yicha juda muhim bilim va ko’nikmalarni olishga muvaffaq bo’ldilar.

«Afsuski, ba’zan yangi tug’ilgan chaqaloqlar nafas olishda qiynalganlari sababli dastlabki bir necha daqiqalarda nobud bo’ladilar. Malakali parvarishlash yordamida buning oldini olish mumkin. UNICEF ko’magida tashkil qilingan o’quv mashg’ulotlari biz uchun juda ham foydali bo’ldi. Chunki biz manekenlar bilan mashq qilish imkoniyatiga ega bo’ldik. Endilikda amaliyotda shunday holatlar yuzaga kelsa, chaqaloqlaning hayotini saqlab qolish uchun yaxshiroq tayyorgarlikka egamiz,« — deydi Qoraqalpog’iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani tug’ruqxonasi neonotologi Salomat Ruzieva.

«LDS Charities» tashkiloti o’quv jarayonida foydalanishga mo’ljallangan manekenlar hamda tug’ruq zallarida intensiv neonatal parvarishni vositalarini taqdim etdi. Natijada ikkala hududdagi barcha tug’ruqxonalarga intensiv neonatal parvarish bo’yicha moslamlar va ko’rgazma qurollari etkazib berildi.

O’zbekiston Respublikasi Hukumati 2016 yilni Sog’lom ona va bola yili deb e’lon qildi. UNICEF tashkiloti onalar va bolalarga ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yo’lidagi faoliyati orqali ushbu davlat dasturining ijrosiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.

Marta o’qilgan: 248


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar