Vaktsinalar yordamida oldini olish mumkin bo’lgan kasalliklarga qarshi kampaniyani jadallashtirish: Immunizatsiya – barchaning ishi

Chop etish versiyasi
27 Aprel 2016
2 2 Fotosuratlar

Immunizatsiya Jahon Haftaligi 2016 immunizatsiya bo’yicha global miqyosda xabardorlikni oshirishga qaratilgan bo’lib, ayni vaqtda u butn dunyo bo’yicha vaktsinalar orqali oldi olinishi mumkin bo’lgan kasalliklarga qarshi emlash ko’rsatkichlari ortib borishiga o’z xissasini qo’shmoqda. Immunizatsiya millionlab insonlar hayotini saqlab qolmoqda va u tibbiy aralashuvning eng muvaffaqqiyatli va samarali uslublaridan biri sifatida barchaga ma’lum.

O’zbekiston barcha bolalarning to’liq immunizatsiyasini ta’minlamoqda

O’zbekistondagi barcha bolalarning soni 10 milliondan ortiq va ularning deyarli 100 foizi to’liq emlangan. Mamlakat vaktsinatsiya bilan barcha bolalarni – maxsus muassasalarda yashovchi, nogironligi bo’lgan hamda chekka joylarda istiqomat qilayotgan bolalarni qamrab olishini oldiga maqsad qilib qo’ygan.

2011-2015 yillarga mo’ljallangan ko’p yillik immunizatsiya rejasi moliyaviy barqarorlikni oshirishga yordam berdi va buning natijasida hozirda an’anaviy vaktsinalar davat mablag’i hisobidan xarid qilinmoqda.

Vaktsinatsiya havfsizligi va barcha bolalar yuz foiz qamrab olinishini ta’minlash maqsadida UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi vaktsinalarni xarid qilish ishida Sog’liqni saqlash vazirligiga yordam berib kelmoqda.

Barqaror immunizatsiyani ta’minlash maqsadida GAVI bilan hamkorlik qilish

2016 yil aprel oyida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, UNICEF va JSST, Vaktsinatsiya va Immunizatsiya Global Al’yansi (GAVI) missiyasini qabul qildilar. Missiyaning maqsadi mamlakatning bolalar o’limi ko’rsatkichini kamaytirish yo’lidagi kamarbastaligini yanada mustahkamlashdan iborat.

O’zbekistonning GAVI yordami uchun topshirgan arizasi ikki yil muqaddam tasdiqlangan edi. Natijada 20,5 million AQSh dollari miqdoridai grant sog’liqni saqlash tizimini mustahkamlash va sovuqlik zanjirini optimallashtirish uchun taqdim etildi. Mazkur grant 2016 yilning ikkinchi yarmida ishga tushirilishi kutilmoqda.

GAVI tomonidan taqdim etiluvchi mablag’ O’zbekistondagi sovuqlik zanjirini yangi jihozlar orqali modernizatsiya qilish imkoniyatini beradi. Bu esa vaktsinalarni sovuqlik zanjiri bo’ylab bir maromda taqsimlash tomon qo’yilgan muhim qadamdir. Ushbu tashabbus vaktsinalarning samaradorligi va havfsizligni oshirishga o’z xissasini qo’shadi. Yangilangan sovuqlik zanjiri eski jihozlar o’rnini egallaydi va yanada tejamkorlik bilan ish olib boradi. Shu bilan birga, mazkur tizim temperatura rejimini yaxshiroq boshqarish imkonini beradi.

2016 yilda O’zbekiston Hukumati sog’liqni saqlash tizimin mustahkamlash byudjetini to’ldirish maqsadida qo’shimcha 4,5 million AQSh dollari miqdoridagi grant olish uchun ariza topshiradi.

GAVI haqida

GAVI 2000 yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot bo’lib, uning maqsadi dunyoning qash’shoq mamlakatlarida yashayotgan bolalar uchun yangi va etarlicha foydalanilmagan vaktsinalarndan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Vaktsinalar Al’yansi bolalar qaerda yashashlaridan qat’iy nazar ularga vaktsinalardan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish maqsadida davlat va xususiy sektorlarni birlashtiradi. GAVI yordami sog’liqni saqlash tizimiga sarmoya yo’naltirish orqali immunizatsiya qamrovini va teng imkoniyatlarga ega bo’lishni yanada takomillashtirishga qaratilgan.

GAVI agar hayotni saqlab qoluvchi vaktsinalar barcha bolalarga etkazilib berilmaydigan bo’lsa, ularni joriy etishning o’zi etarli emasligiga ishonadi. Tashkilot daromad darajasi nisbatan past bo’lgan mamlakatlarga vaktsinalardan tenghuquqlilik asosida foydalanish imkoniyatini oshirish orqali bolalar hayotini saqlab qolish va aholi salomatligini muhofaza qilishda yordam beradi.

Vaktsinalar Al’yansida UNICEFning o’rni

UNICEF GAVI Kengashining to’rtta doimiy a’zolaridan biri hamda JSSY bilan birga GAVI Ijroiya Qomitasining alternativ raisi bo’lib hisoblanadi. UNICEFning Ta’minot bo’shqarmasi GAVI tomonidan qo’llab-quvvatlanuvchi mamlakatlarda immunizatsiya qamrovini va tenghuquqlilikni takomillashtirishda muhim rol oynash orqali GAVI tomonidan moliyalashtiriluvchi vaktsinalarning aksariyatini xarid qiladi. Vaktsinalarni boshqarishning samarali tizimi tashabbusi vaktsinalarni etkazib berish zanjirlarini nazorat qilish va baholash uchun kerak bo’lgan ashyolar va moslamalar etkazib beradi hamda mamlakatlarga o’z ta’minot kanallari ishini takomillashtirishda yordam beradi.

Bugungi kunda vaktsinalar har doimdagindan ham ko’proq bolalar hayotini saqlab qolmoqda. Ammo, eng muhtoj bolalarni qamrab olishdagi bo’shliqni to’ldirish orqali har yili yana 1,5 million bola hayotini saqlab qolish mumkin bo’ladi. Agar barcha bolalar mavjud vaktsinalar bilan emlanadigan bo’lsa, 2011-2020 yillar oralig’ida ja’mi 25 million bolalar hayoti saqlab qolinadi.

Hozirda jahon oldini olish mumkin bo’lgan kasalliklar havfini bartaraf etishga har doimgidan ham jiddiyroq ahd qilgan. # Vaktsinalar bolalar hayotini saqlab qolishda ish bermoqda.

Marta o’qilgan: 386


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar