Marralar sari: Dilorom Tursunova O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi

Chop etish versiyasi
28 Aprel 2016
1 1 Fotosuratlar

Dilorom Tursunova O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosaridir.

U vazirlikning O’zbekistonda immunizatsiya qamrovini kengaytirish borasidagi ishlariga katta hissa qo’shgan. Dilorom Tursunova UNICEF bilan tajribasi to’g’risida hikoya qiladi.

Siz Sog’liqni saqlash vazirligida 26 yildan buyon Immunizatsiya kengaytirilgan dastruning rahbari lavozimida ishlab kelmoqdasiz. Immunizatsiya yo’nalishida oxirgi 10 yil ichida qanday muhim natijalarga erishildi? O’zbekistonning Immuzatsiya dasturini amalga oshirishda UNICEF qanday yordam ko’rsatdi?

Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab O’zbeiston Respublikasining Sog’liqni saqlash vazirligi bolalarni havfsiz emlash masalasiga alohida e’tibor qaratib keladi. Mamlakat aholisining 10milliondan ortig’ini bolalar tashkil etadi. Ularning 98–99% foizi boshqariluvchi infektsiyalarga qarshi emlash bilan qamrab olingan. Respublikada emlashdan keyingi o’gir holatlarga olib keluvchi bironta ham holat qayd etilmagan.

Hozirda yangi vaktsinalar olib kirilmoqda, havfsiz emlash bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Ularni o’qitish jarayoni takomillashtirlmoqda. Har yili joylarda monitoring olib borilmoqda va ularning natijalari asosida immunoprofilaktika bo’yicha masalalar muhokama qilinmoqda.

Buyurtmani tayyorlash bo’yicha ishlarning yaxshi yo’lga qo’yilganligi sababli o’tgan 10 yil ichida vaktsina xarid qilishda hech qanday uzilishlar bo’lmadi.

Emlash borasidagi yutuqlarda UNICEF va JSST tomonidan ko’rsatilayotgan yordam kattadir. Minnatdorchilik bilan ta’kidlamoqchimanki, 2010–2011 yillarda UNICEF tomonidan qizamiq va poliomelit kasalliklarining tarqalishiga tezkor javob choralari yo’lga qo’yildi. Qizamiq va qizilcha kasalliklariga qarshi 10 million doza vaktsina xarid qilindi va ularn joylardagi har bir sog’liqni saqlash muassasasiga etkazib berildi/ Shu bilan birga ularni kerakli ravishda saqlash ta’minlandi.

UNICEF vaktsinatorlar, pediatorlar, umumiy amaliyot shifokorlari, epidemiologlar hamda sovuqlik zanjiri mutaxassislarini oqitilishga ko’mak berdi. Bu esa emlashni havfsiz va sifatli ravishda amalga oshirishni ta’minladi.

Aholi zabardorligini oshirish uchun ko’plab banerlar, plakatlar va varaqalar tayyorlandi va mamlakatning barcha viloyatlariga tarqatildi. Emlash masalalarini ommaviy axborot vositalarida yoritishga ham katta e’tibor berildi.

Sog’liqni saqlash vazirligi va UNICEF tadbirlarning monitoringini birgalikda o’tkazdi. Shunday qilib, poliomelit, qizamiq va qizilchaning O’zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldi olindi.

UNICEF ko’magida Kengaytirilgan immunizatsiya dasturining 15ta rahbari tayyorlandi. Havsiz emlash bo’yicha mutaxassislar yangi uslublar va ko’nikmalarga o’rgatildi. Ushbu ish bolalar salomatligini yanada yaxshilash va kelgusi taraqqiyot uchun davom ettirilishi lozim.

Sog’liqni saqlash vazirligi bolalarni, ayniqsa maxsus muassasalardagi bolalarni, chekka hududlarda yashovchi va nogironligi bo’lgan bolalarni vaktsinatsiya bilan qamrab olish uchun qanday yondoshuvlardan foydalanmoqda?

Milliy emlash taqvimiga asosan hech bir bola emlashdan chetda qolib ketmasligi lozim. Maxsus me’yoriy hujjatlarga ko’ra emlash guruhlari joylarga, xususanmamlakatning chekka hududlariga yuboriladi.

Nogiron bolalar birinchi navbatda emlanadilar. Har yili, birgina Toshkent shahrining o’zida 5 mingta nogironligi bo’lgan bola emlanadi. Ushbu tadbirni amalga oshirish uchun rahbariyat bilan oldindan kelishilgan reja asosida joylarga guruhlar yuborilib, nogironligi bo’lgan bolalar emlanadi.

Aholini emlash bilan qamrab olish izchilligini ta’minlash borasida O’zbekiston Hukumatining keyingi rejalari nimalardan iborat va ushbu maqsadga erishishda UNICEF yordami nimadan iborat?

Sog’liqni saqlash vazirligi xalqaro tashkilotlar maslahatchilari bilan birgalikda vaktsinalar ta’minoti moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo’yicha yangi reja ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Ushbu reja tasdiqlanish uchun Moliya vazirligigataqdim etiladi.

GAVIning sog’liqni saqlash tizimini mustahkamlash loyihasini joriy etish borasida UNICEF bilan hamkorlikdagi ish davom ettiriladi. Biz immunoprofilaktika sohasidagi ilg’or xalqaro tajribani o’rganib, vaktsinalarni xarid qilish, sovuqlik zanjiri, emlash havfsizligi va yangi vaktsinalarni joriy qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratmoqchimiz.

Amaliyotda sog’liqni saqlash xodimlarini tayyorlash masalasi ham Sog’liqni saqlash vazirligi va UNICEFning qo’shma ish rejasidan o’rin olgan. Olib borilayotgan ishlarning birgalikdagi monitoringiga, shu bilan birga aholi xabadorligini oshirish uchun ommaviy axborot vositalarini jalb eitsh masalasiga alohida e’tibor beriladi.

Marta o’qilgan: 428


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar