Yuksak yutuqlar tomon: Inqilob Yusupova, Bolalar va oilalarni qo’llab-quvvatlash assotsiyatsiyasi

Chop etish versiyasi
12 May 2016
1 1 Fotosuratlar

Inqilob Yusupova Bolalar va oilalarni qo’llab-quvvatlash assotsiyatsiyasi raisidir. Inqilob opa salkam chorak asr davomida UNICEF bilan hamkorlik qilar ekan, bolalar va yoshlarni o’z hayotlariga taalluqli bo’lgan qarorlarni qabul qilish jarayoniga faol jalb etib kelmoqdalar. Inqilob opa yoshlar o’z faol ishtiroklari orqali hamjamiyatlar taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shayotganlariga va ayni vaqtda, o’z salohiyatlarini ham oshirayotganlariga ishonadilar. Bugun esa, suhbatdoshimiz sifatida UNICEF bilan hamkorlik tajribalari to’g’risida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashmoqdalar.

Siz O’zbekistonda yoshlarning rolini kuchaytirish borasida UNICEFining muhim hamkori hisoblanasiz. Mazkur hamkorlikning o’tgan besh yiliga nazar soladigan bo’lsak, undagi asosiy yutuqlar va asosiy to’siqlar to’g’risida nima deya olasiz?

Tashkilotimiz o’z faoliyatini 1988 yilda boshlagan. O’tgan davr mobaynida jamiyatimiz hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan jarayonlarda yoshlar ishtirokini kuchaytirish masalalari faoliyatimizning ustuvor yonalishlaridan biriga aylandi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Bu borada 2002 yilda tashkil etilgan Bolalar Parlamenti tutgan muhim o’rinni ta’kidlab o’tmoqchiman. Bugungi kunda u Yosh avlod kengashi deb ataladi va unda mamlakatimizning har bir tuman va shahridan saylangan ja’mi 200 to bola vatanimiz bolalari manfaatlarini targ’ib qilish bilan shug’ullanadilar.

So’nggi besh yil to’g’risida gapiradigan bo’lsak, UNICEF tashkiloti bilan hamkorlikda Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyani targ’ib etish yo’lidagi dastrular va buning uchun zarur bo’lgan qonunchilk hujjatlarini tayyorlash bo’yicha faol ish olib bormoqdamiz.

Masalan, 2015 yilda Qoraqalpog’istonda Yosh avlod kengashi vakillari nogiron bolalar yashayotgan oilalar ehtiyojlarini o’rganish tahliliy faoliyatida ishtirok etdilar. Buning natijasida avtonom respublikaning hukumat organlari uchun tavsiyalar tayyorlandi, hamjamiyatlarga nogiron bolalar yashash sharoitlarini yaxshilash bo’yicha bajarilish lozim bo’lgan vazifalar belgilab berildi. Bundaylar jumlasiga Ijtimoiy xizmatlar markazini tashkil etish tavsiyasini misol qilish mumkin. Hozirda ushbu tavsiyalar amaliyotga tadbiq etilmoqda.

Mamlakatdagi barcha bolalar yozgi oromgohlarida Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyani targ’ib qilish bo’yicha axborot kampaniyalarini o’tkazish an’anaga aylanmoqda. “Tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida har yili 300 mingga yaqin bolalar Konventsiya va Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi qonunning ma’lum bir moddalarini qo’llash bo’yicha bilim va malakalarini orttirmoqdalar.

Yosh avlod kengashi Oliy Majlis deputatlari bilan ham tez-tez uchrashuvlar uyushtirib turadilar va deputatlarni olib borayotgan ishlari to’g’risida xabardor qilish bilan birga, tengdoshlari bilan birgalikda aniqlagan muammolar xususida ham ularga ma’lumot beradilar.

Qiyinchiliklarga to’xtaladigan bo’lsak, ular asosan moliyaviy masalalar bilan bog’liq. Yangi saylangan yosh deputatlarni to’laqonli tayyorlash uchun mablag’ kerak. Aksariyat hollarda bizda bunay mablag’ bo’lmaydi. Biz barqaror natijalarga erishish yo’lida mavjud manbalarni safarbar qilish ustida doimiy ravishda ish olib boramiz.

O’zbekiston yoshlarining jamiyat hayotidagi ishtiroki darajasini qanday baholaysiz?

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon o’tgan davr mobaynida biz katta yo’lni bosib o’tdik. Hozirgi kunge kelib, bolalar va yoshlar bilan ishlash borasida UNICEF hamkorligida Assotsiyatsiyamiz tomonidan ishlab chiqilgan yondoshuv davlat hukumatining barcha bo’g’inlarida tan olindi. Shu tariqa, O’zbekistonda yoshlar ishtiroki bilan bo’g’liq bo’lgan masalalar tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.

Yoshlarning ishtiroki ham mamlakat taraqqiyotiga hamda yoshlarning o’zida etakchilik salohiyatini oshirishga katta hissa qo’shayotganligiga hech qanday shubha yo’q. Bu esa, pirovardida, ushbu yoshlar kelajakda boshqaruv lavozimlarini egallaganlarida, mamlakat uchun ijobiy yutuqlarga olib keladi. Shu tariqa, ushbu faolyat ikki tomonlama yutuqqa olib kelishi ravshan. Hozirda, bunday misollardan bir talay yig’ilgan.

Davlat bolalar va yoshlarning barkamol rivojlanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni muhayyo qilmoqda. Bizning vazifamiz – yoshlar ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalana olishlari, o’z huquqlarini himoya qila olishlari hamda yanada takomillashtirilishi lozim bo’lgan jabhalarni aniqlab, kerakli ma’lumotlarni mutasaddi rahbarlarga etkiza olishlarini uchun zarur bo’lgan ishlarni amlga oshirishdan iborat.

Yoshlarning rolini oshirish bo’yicha olib borayotgan ishingizdan eng zaif qatlamlar, jumladan, maxsus muassasalarda yashayotgan bolalar va nogironligi bo’lgan bolalar bahramand bo’lishlarini qanday ta’minlaysiz?

Aholining eng zaif qatlamlari bilan ishlash Assotsiyatsiyamizning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu yo’nalishda olib borilgan ishlarga misol qilib yuqorida men tilga olgan, 2015 yilda Qoraqalpog’istondagi faoliyatimizni keltirish mumkin.

Umuman olganda, biz “tengdosh-tengdoshga” tamoyilidan keng foydalanamiz, chunki ushbu tamoyil maxsus muassasalarda yashayotgan bolalar va nogiron bolalarni jalb etishga qaratilgan. Bolalarning mazkur guruhlari bilan yozgi kampaniyalarimiz doirasida katta ishlar amalga oshiriladi.

Yosh deputatlar maxsus o’quv-mashg’ulotlariga qantashadilar va u erda bolalarning zaif guruhlari bilan “tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida ishni to’g’ri tashkil etish, turli hil hamkorlarni jalb etish, muayyan insonlar hayotiga ijobiy o’zgarishlar olib kelish, va eng muhimi – erishilgan yutuqlarning barqarorligini ta’minlash sirlarini o’rganadilar.

So’zimning yakunida har bir tashabbusimizda UNICEF tashkiloti tomonidan ko’rsatilayotgan ulkan yordamni ta’kidlamoqchiman. Biz UNICEF bialn hamkorligimizni yuqori darajada baholaymiz va qadrlaymiz. Shunday ekan, biz 2016-2020 yillarga mo’ljallangan mamlakat hamkorlik dasturi doirasida UNICEF bilan birgalikda bajariladigan, ulkan yutuqlarga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga tayyormiz.

Marta o’qilgan: 605


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar