2016 Xalqaro oilalar kuni barqaror kelajak uchun sog'lom hayot g’oyasini ilgari suradi

Chop etish versiyasi
15 May 2016
4 4 Fotosuratlar

15 May Xalqaro oilalar kuni sifatida nishonlanadi. Bu yil u 3- Barqaror rivojlanish maqsadi bo’mish barcha yoshdagilar uchun sog’lom hayot va farovonlikni ta’minlash uchun s’y-harakatlarni jadallashtirishga qaratilgan.

UNICEF O’zbekiston hukumati 2016 yilni Sog’lom ona va bola yili deb e’lon qilganini qutlaydi. Bu O’zbekiston hukumatining bola huquqlarini ilgari surish, xususan bolalarning omon qolish va sog’liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish huquqlarini ta’minlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.

UNICEF onalar va bolalar sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishlarini yaxshilash uchun Sog’liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlik qiladi. Shu bilan birga UNICEF, bolalar salomatligini mustahkamlash va ularning farovonligini t’minlashda oilalar muhim ahamiyat kasb etishiga ishonadi. Bolalarni kasalliklarga qarshi o’z vaqtida emlash, to’g’ri parvarishlash, jumladan, to’g’ri ovqatlantirishish, kasalliklarning oldini olish orqali hamda ularni ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlash yo’li bilan ota-onalar ba bola parvarishi bilan band bo’lgan boshqa shaxslar bola salomatligi va rivojlaninishini yanada yaxshilashlari mumkin. Shuning uchun ham UNICEF sog’liqni saqlash, ovqatlanish, gigiena, parvarishlash va rivojlantirish sohalarida ijobiy amaliyotlarni qo’llash, imkoniyatlarni kengaytirish uchun jamoalar va oilalar bilan ishlaydi.

Ota-onalar va tarbiyachilar go’daklarni ular hayotining dastlabki olti oyida ko’krak suti bilan ekskyuziv boqish, bolalrni to’g’ri ovqatlantirish o’ta muhimligini tushunushlari lozim. Ota-onalar bola salomatligiga xavf soluvchi belgilarni bilishlari, va bundayhollar yuzaga kelganida albatta shifokorga murojaat qilishlari kerak. Bola hayotining dastlabki uch yili uning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Aynan shu davrda miyz tez rivojlanadi — 1000ta miya hujayralari har soniyada ulanish potensialiga ega. Aynan shu bilim, hissiy va ijtimoiy rivojlanishini belgilaydi. Bu jarayonni kuchaytirish uchun har bir bolani rag’batlantirish muhim. Buni bola bilan suhbatlashiish, birgalikda kitoblar o’qish orqali qilish mumkin.

Oilalar bolalarning rivojlanishini qo’llab-quvvatlash uchun nima qilish zarurligi to’g’risida bilim va ko’nikmalarini oshirib borishlari mumkin. Agar ular farzandlari bilan o’ynasalar, ularga mehr berslar, bu narsa bolaning har tomonlama ijobiy rivojlanishi uchun poydevor bo’ladi.

Marta o’qilgan: 561


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar