Ulkan yutuqlar sari: Malika Usmonova, Toshkent shahar Perinatal markazi

Chop etish versiyasi
20 May 2016
2 2 Fotosuratlar

Malika Usmonova O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar perinatal markazi direktorining o’rinbosari. U O’zbekistonda yangi tug’ilgan chaqaloqlarning omon qolishi va ularning parvarishiga bag’ishlangan dasturning amalga oshirilishiga katta hissa qo’shgan.

Har bir bola hayotda omon qolish huquqiga ega. Bolaning omon qolishida o’ya muhim davrlardan biri neonatal davr hisoblanadi. Buning nima uchun shu qadar muhimligi va ushbu masalani hal etishda asosiy qiyinchiliklar nimalardan iborat ekanligini aytib bera olasizmi?

Jahon statistika ma’lumotlariga ko’ra chaqaloqlar o’limining uchdan biri neonatal davrga, ya’ni chaqaloq hayotining ilk bir oyiga qadar bo’lgan davriga to’g’ri keladi. Ayni vaqtda, neonatal davrdagi chaqaloqlar o’limining uchdan bir qismi chaqaloq hayotining birinchi haftasida ro’y bersa, ushbu birinchi haftada hayotdan ko’z yumgan chaqaloqlarning uchdan bir qismi hayotining birinchi kunida nobud bo’lar ekan. Shuning uchun ham inson hayotidagi eng tahlikali davr bu uning hayotdagi birinchi haftasidir. Shu sababdan ham chaqaloqlarga aynan shu davr mobaynida malakali tibbiy xizmatni tashkil etish va uni etkazib berish juda ham muhim ahamiyatga ega.

Malakali tibbiy yordamni tashkil etishdagi asosiy omillarga bilim olgan va malakali mutaxassislar, kerakli jihozlar, dori-darmon va materiallarning mavjudligi kabilar kiradi. Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishda uzluksiz ta’lim va yordamlashuvchi kuratorlik kabilar katta ahamiyatga ega. Bu yangi tug’ilgan chaqaloqlarga jonlantirish yordami va parvarishlash, kerakli jihozlardan foydalana olish va kundalik mehnat faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yo’nalishlaridagi amaliy ko’nikmalarni oshirishga qaratilgan.

Yangi tug’ilgan chaqaloqqa qarayotgan insonlarning bilim va ko’nikmalari ham shuningdek qiymatli ahamiyatga ega. Ota-onalar chaqaloqlar hayotiga havf soluvchi belgilarni bilishlari, ularni to’g’ri parvarish qila olishlari, ularni to’g’ri boqish va rivojlanishlariga yordam berishlari lozim. Chaqaloqlarni to’g’ri parvarishlash masalalari bo’yicha aholining bilim darajasini oshirish katta ahamiyatga ega va bunda ommaviy axborot vositalarining o’rni muhimdir.

Siz UNICEF bilan hamkorlikni boshlaganizga 20 yildan ko’p bo’ldi va bu davrning so’nggi 8 yilida neonatal parvarish yo’nalishi bo’yicha Sog’liqni saqlash vazirligi va UNICEF ning hamkorlikdagi faoliyatiga rahbarlik qildib kelmoqdasiz. Ushbu yo’nalishda yangi tug’ilgan chaqaloqlar o’limini kamaytirish borasida erishilgan yutuqlar xususida gapirib bersangiz.

Sog’liqni saqlash vazirligi va UNICEF o’rtasidagi hamkorlik yo’lga qo’yilganidan buyon bir qator yutuqlarga erishdik. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning omon qolishi bo’yicha ilmiy asoslangan tibbiyot yondoshuvini qo’llovchi dasturning joriy etilishi tufayli chaqaloqlar o’limi ko’rsatkichini kamaytirish imkoniga ega bo’ldik. Xususan, chaqaloqlar asfiksiyasi va tug’ulish jarohatlari kabi sabablar tufayli chaqaloqlarning nobud bo’lishi ko’rastkichi sezilarli darajada kamaydi. Butun mamlakat bo’ylab tibbiyot xodimlarining o’qitilishi samarali perinatal texnologiyalarining joriy etilishi hamda malakali tibbiyot xodimlaridan iborat jamoalar tuzilib, ularning homilador ayollar va yangi tug’ilgan chaqaloqlarga yordam berishlarini yo’lga qo’yilishiga olib keldi.

Perinatal yordamning hududiylashuvi UNICEF yordamida amalga oshirilgan bo’lib, bu bemorlar maxsus va malakali yordam olishlari uchun ularni kerakli tibbiyot muassasalariga yo’naltirish tizimini yo’lga qo’yishimizga imkon yaratdi.

UNICEF Sog’liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda tirik tug’ilish bo’yicha xalqaro mezonlarni va yangi tug’ilgan chaqaloqlarning salomatligi to’g’risida ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilish borasida katta ishlarni amalga oshirdi. Ushbu sa’y-harakatlar natijasi o’laroq mamlakatimiz Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan mezonlarni qo’llashni yo’lga qo’ydi. Buning natijasida, sog’liqni saqlash tizimidagi rahbarlar bolalar salomatligi yonalishida va tadbiq etilayotgan dasturlarning samaradorligini aniqlashda holatni yanada chuqurroq tahlil qilish imkoniga ega bo’ldilar.

Chaqaloqlarni to’g’ri parvarish qilish tog’risida gapirar ekanmiz, bunda ota-onalar va umuman bola parvarishida ishtirok etuvchi barcha insonlar nimalarni bilishlari kerak? Ular bola o’z hayotini eng yaxshi tarzda boshlashini qanday ta’minlay oladilar?

Men bola parvarishidagi asosiy tamoyillarni aytib o’tmoqchiman. Bular: to’g’r ovqatlantirish, mo’tadil harorat, tozalik va mehr.

Bolaning o’ta sovqotib ketishi yoki o’ta isib ketishi uning kasallanishi, hatto o’limiga olib keluvchi asosiy tahlika ekanligi sabab, bola tanasi temperaturasini nazorat qilish va uning to’g’ri darajada bo’lishini ta’minlash lozim.

Ko’krak suti bilan ozuqalanayotgan chaqaloqlar sutli qorishmalar bilan ozuqalanayotgan tengdoshlariga nisbatan odatda sog’lomroq bo’ladilar va o’sih va rivolanishda ham optimalligi nisbatan yuqori bo’ladi. Bolani talabiga ko’ra ko’krak suti bilan boqish kerak. Ko’krak suti bilan ozuqalantirish chaqaloqlarni bir talay havfli kasalliklardan himoya qilishda yordam beradi va ularning immunitetini ko’taradi. Shuningdek, u ona va bola o’rtasidagi o’ziga xos rishtani ham mustahkamlaydi.

Bo’la hayotining ilk davri, ayniqsa, birinchi uch yili bola miyasining rivojlanishida juda muhim ahamiyatga ega. Chaqaloqlar dunyoga kelgan onlaridan boshlab juda tez o’rganadilar. Hushyor va mehribon ota-onalar hamda ularning parvarishini ta’minlayotgan boshqa insonlar bolalarga mehr va e’tiborlarini berganlarida hamda ularning rivolanishlarini qo’llab-quvvatlaganlarida, bunday bolalar eng tez o’sadilar va eng yaxshi tarzda o’rganadilar.

Bola o’z hayotini eng yaxshi tarzda boshlashini ta’minlashning uchta oddiy uslubi mavjud. Ota-onalar o’z farzandlari bilan o’yin tarzida shug’ullanishlari, ularni quchoqlashlari va ular bilan gaplashishlari lozim. Bularni bugun va har kuni amalga oshirish kerak.

Marta o’qilgan: 641


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar