Multimedia texnologiyalari viloyatlardagi ơqituvchilarga yordam beradi

Chop etish versiyasi
23 May 2016
3 3 Fotosuratlar

Zamonaviy kommunikasiya vositalari hududlardagi ta'lim xodimlarining xizmatida


Toshkent, 23 may 2016 yil — Respublika ta’lim markazida xalq ta’limi xodimlari uchun onlayn seminar bơlib ơtdi. Unda metodologiya xizmatlari samaradorligini oshirishda innovasion kommunikasiya vositalaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Seminar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg’armasi (UNICEF) tomonidan taqdim etilgan zamonaviy multimedia qurilmalaridan foydalangan holda ơtkazildi. Bu Ơzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va UNICEF birgalikda amalga oshirayotgan ta’lim sifatini yanada yaxshilash bơyicha hamkorlik dasturining bir qismidir. Endi doimiy ravishdagi videoseminarlar viloyatlardagi ta’lim xodimlarining malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur tadbirni ơtkazishda xalq ta’limi vazirining birinchi ơrinbosari Baxtiyor Doniyorov raislik qildi. U mazkur tashabbusning Ơzbekistondagi barcha ta’lim muassasalari uchun ahamiyatini alohida ta’kidladi. Xalq ta’limi vazirining birinchi ơrinbosari ơqituvchilar faoliyatining samaradorligini oshirishda bu innovasion yondashuv katta yordam berishini aytib ơtdi.

«Umid qilamizki, videokonferensiyalar pedagoglar va metodistlarga ta’lim sifatini oshirish bơyicha kerakli maslahat va kơrsatmalarni tezkor ravishda olishlariga yordam beradi,«- dedi UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi Ta’lim bơlimi rahbari Afshin Parsi. «UNICEF bundan buyon ham videoseminarlar va videokonferensiyalar ơtkazish uchun tegishli metodik qơllanmalarni ishlab chiqishda yordam berishga tayyordir,« — deb qo’shimcha qildi u.

Ta’lim sohasidagi metodistlar viloyatlardagi ơqituvchilarni doimiy ravishda qơllab-quvvatlash va ularga metodik yordam berish uchun multimedia qurilmalaridan foydalanadilar. Shu bilan birga kommunikasiya vositalari taniqli xorijiy institutlar bilan bilim va tajriba almashishga yordam beradi.

Marta o’qilgan: 88


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar