Halqaro bolalarni himoya qilish kuni bolalar farovonligini ta’minlashga bo’lgan majburiyatlarni yana bir bor ta’kidlaydi

Chop etish versiyasi
01 Iyun 2016
2 2 Fotosuratlar

Yozning birinchi kuni ko’plab bolalar uchun xursandchilik va baxt kunidir. Buning boisi yoz yangi umid va yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Shuningdek, ko’plab mamlakatlarda 1 Iyun sanasi Xalqro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi.

Ushbu sanani nishonlash tarixi 1949 yilga borib taqaladi. Aynan o’shanda Parij shahrida o’tkazilgan Ayollar Kongresi barcha muhtoj bolalarni himoya bilan ta’minlash masalasini ko’tarib chiqdi, va ushbu sana ilk bor 1950 yilning 1 iyun kuni bayram sifatida nishonlandi. Bir qator mamlakatlar ushbu harakatga qo’shildilar va bu an’anaga aylanib, o’sha davrdan boshlab Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Evropa, Osiyo va boshqa mintaqalarda nishonlanib kelmoqda. Ushbu kun dunyo bo’ylab bolalar huquqlarini himoya qilish kuni sifatida keng tanilgan.

O’zbekistonda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni mamlakat miqyosida bolalar uchun va bolalar bilan birgalikda turli xil tadbirlar o’tkazish orqali nishonlanadi. Ayni vaqtda, ushbu kunda kattalar bolalarning huquqlarini ta’minlash borasidagi majburiyatlarini yana bir bor tasdiqlaydilar.

O’z navbatida, UNICEF bolalar farovonligini oshirishga qaratilgan dasturlarini kuchaytirish va bu orqali barcha o’g’il-qizlarning Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyada qayd etilgan barcha huquqlarini ta’minlashda O’zbekiston Hukumatiga o’z yordamini ko’rsatishga tayyor ekanligini ta’kidlaydi.

O’tgan 25 yil davomida O’zbekiston bolalar va onalarga sog’liqni saqlash va ta’lim yo’nalishidagi xizmatlarni takomillashtirish borasida sezilarli natijalarga erishdi. Endilikda sifatli xizmatlar mamlakatning eng chekka burchaklariga ham etkazilishini ta’minlash vaqti keldi. Ko’rsatlayotgan yordamni ijtimoiy jihatdan zaif guruhlarga etkazilishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Chekka aholi hududlarida yashayotgan, OIV infektsiyasi bilan hayot kechirayotgan, nogironligi bo’lgan va ota-ona mehridan mahrum bo’lgan bolalar shular jumlasiga kiradi. Nogironligi bo’lgan bolalar maxsus muassasalarda yashab tarbiyalanayotganini e’tibkrga olga holda, UNICEF inklusiv ta’lim dasturiga alohida e’tibor qaratmoqda.

O’zbekiston Hukumati bilan hamkorlik qilgan holda UNICEF 2016–2020 yillarda rejalashtirilgan yo’nalishlar bo’yicha bolalar manfaatlariga xizmat qiluvchi natijalarga erishishni ko’zda tutgan. Biroq bolalar farovonligini ta’minlash faqat davlat tashkilotlarining mas’uliyati hisoblanmaydi. Shuning uchun ham UNICEF hamjamiyatlar, oilalar va yoshlar bilan ish olib borar ekan, sog’liqni saqlash, ovqatlanish, gigiena, bola parvarishi va rivojlanishi kabi yo’nalishlarda mavjud bo’lgan ijobiy amaliyotlarni tadbiq etish uchun ularning salohiyatlarini kuchaytirishga ko’maklashadi.

Ushbu muhim sanada UNICEF butun O’zbekiston aholisiga, xususan bolalar va yoshlarga o’zining samimiy tabriklarini etkazishdan mamnundir. Birgalikda faoliyat yurutgan holda biz barcha bolalar, qaerda bo’lishlaridan qat’iy nazar, barcha huquqlaridan foydalanishlarini ta’minlay olamiz.

Marta o’qilgan: 310


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar