Xalqaro bolalar kuni yoshlarning tabiiy ofatlar vaqtida qat'iy bơlishlarini namoyon qiladi

Chop etish versiyasi
31 May 2016
4 4 Fotosuratlar

Yosh qutqaruvchilar musobaqasi yoshlar va bolalarni tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish ishiga jalb qilmoqda

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani, Ơzbekiston, 31 may 2016 yil -Xalqaro bolalar kuniga bag’ishlangan «Yosh qutqaruvchilar» uch kunlik musobaqasi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida ơz poyoniga etdi. Mazkur tadbir bolalar va yoshlarning turli tabiiy ofatlar oldidagi qat’iyati va tegishli javob choralarini kơrishga tayyorligini namoyon etdi.

Xalqaro bolalar kuni Ơzbekistonda va boshqa bir qator mamlakatlarda 1 iyun kuni nishonlanadi. Ushbu kunda turli tadbirlar uyushtirish odat tusiga kirgan. Shu bilan birga ushbu sana bizning barcha bolalar huquqlarini ta’minlash ishiga sodiqligimizni yana bir bor ta’kidlash kuni hamdir.

Bolalar va ayollar tabiiy ofatlar vaqtida aholining eng zaif guruhlari hisoblanadilar. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi (UNICEF) bolalar va yoshlarni tabiiy ofatlar vaqtida qat’iyatli bơlishlari va tegishli javob choralarini kơrishga tayyor turishlarini ta’minlashda Ơzbekiston Hukumatiga kơmaklashmoqda.

«Bolalar va yoshlar Ơzbekistonda aholining eng katta qismini tashkil etadi va ular tabiiy ofatlar vaqtida ơzlari yashab turgan mahallalarda javob choralarini kơrishda muhim ơringa ega. Shuning uchun ham ular tabiiy ofatlar xatarlarini kamaytirish ishiga jalb tilishlari lozim,« — deydi UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi Ta’lim bơlimi rahbari Afshin Parsi. «Ofatlar bilan bog’liq bơlgan xatarlarni kamaytirish mumkin va ular kamaytirilishi lozim, chunki shundagina talofatlar kơlamini qisqartirish va kơproq insonlarning hayotini saqlab qolish mumkin bơladi. Tabiiy ofatlar vaqtida xatarlarni kamaytirish ishiga bolalar va yoshlarni jalb qilish zaruriy choradir. Shu yơsinda ularning huquqlari amalga oshiriladi, havfsizliklari ta’minlanadi hamda ularning kelajagi shakllanadi,« — deb qơshimcha qildi u.

Tabiiy ofatlar xatarini kamaytirish bơyicha qơshma dastur UNICEF, Favqulodda vazi tlar vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida amalga oshirildi. Dastur xabardorlikni va favqulodda vazi tlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, shuningdek maktablar va mahallalar darajasida javob choralarini kơrish amaliyotlarini yơlga qơyishga qaratildi. Mazkur dastur maktablarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish yơnalishida hamkorlar salohiyatini kuchaytirishga ham ơz hissasini qơshdi. Yoshlar ishtirokini oshirish orqali ofatlar xatarini kamaytirish bilan bog’liq bơlgan qarorlarni qabul qilishda bolalarning fikrlariga e’tiborni oshirish masalasi ham faol targ’ib qilindi.

«Yosh qutqaruvchi kơngililar klublari yoshlar jismoniy jihatdan kuchli bơlishlariga, favqulodda vaziyatlarda xatarlarni kamaytirish bơyicha nazariy va amaliy bilimlarini oshirishlarigaga yordam beradi,«-dedi favqulodda vaziyatlar vaziring birinchi ơrinbosari Komiljon Aripov. Shuningdek, u musobaqaning mahalliy va hududiy bosqichlarida umumta’lim maktablaridan jami 25 ming nafar ơquvchilar jalb tilganini aytib ơtdi.

Favqulodda vazi tlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etilgan tadbirni ơtkazishda UNICEF amaliy yordam kơrsatdi. Ushbu tadbir Ơzbekiston Hukumatining aholi tayyorgarlik darajasini oshirish hamda javob choralari va erta tiklash ishlari orqali xatarlar darajasini kamaytirish ishiga sodiq ekanligining yana bir isboti bơldi. Tadbirda turli maktablar ơquvchilari ishtirok etib, ofatlar ehtimoliga qanchalik tayyor ekanliklarini namoyon qildilar.

Marta o’qilgan: 521


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar