Kutilmagan vaziyatlarga tayyorlik: yosh qutqaruvchilar tabiiy ofatlarga qarshi tura olishlikarini namoyon qildilar

Chop etish versiyasi
03 Iyun 2016
5 5 Fotosuratlar

Yosh qutqaruvchilar milliy musobaqalari ishtirokchisi, o’n to’rt yoshli Durdona Solieva “Eng yaxshi qutqaruvchi qiz” nominatsiyasida g’olib bo’ldi. Musobaqaning so’nggi bosqichida Durdonaning chiqishi ham hakamlar, ham tomoshabinlarni lol qoldirdi. Yosh qutqaruvchi shu qadar tezlik va matonat bilan harakat qildiki, go’yoki haqiqiy qutqaruv harakatida istirok etayotganday bo’ldi va natijada asosan o’g’il bolalardan iborat bo’lgan ko’plab katta yoshdaki ishtirokchilardan ko’ra yuqoriroq natija ko’rsatdi. Durdona “qutqaruvchi” deganda odatda novcha, baquvvat erkak kishi bilan bog’liq bo’lgan strereotip yondoshuvni qayta ko’rib chiqishga hammani majbur qildi.

Milliy musobaqalarning so’nggi bosqichi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida Qashqadaryo viloyatidagi yozgi bolalar oromgohlaridan birida bo’lib o’tdi. Mamlakatning barcha hududlaridan kelgan ja’mi o’n to’rtta jamoa tabiiy ofatlarga qarshi turishga qay darajada tayyor ekanlikarini namoyish qildilar. Musobaqalr 2016 yilning mart oyida boshlangan bo’lsa, bugunga qadar unda respublikamizning barcha hududlaridan jami 25 ming maktab o’quvchilari ishtirok etdi. Finalga esa eng yaxshilargina yo’llanma oldi. 

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etilgan ushbu tashabbusni qo’llab-quvvatladi.

“O’zbekistonda bolalar va yoshlar aholining eng ko’p qismini tashkil etishi bilan bir vaqtda, uning eng zaif guruhi hamdir” – deb izoh berdi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasining ta’lim bo’limi rahbari Afshin Parsi mukofotlash marosimida so’zlagan nutqida. “Bu yil mamlakat 1966 yil Toshkent shahrida bo’lib o’tgan dahshatli zilzilaning 50 yilligini nishonladi. Mazkur ofatda qurbon bo’lgan insonlarni yodimizda tutar ekanmiz, talofatlar qamrovini kamaytirish hamda imkon qadar ko’proq insonlar hayotini saqlab qolish uchun tabiiy ofatlar bilan bog’liq bo’lgan xatarlarni kamaytirishimiz lozim. Bugun biz guvohi bo’lganimiz ushbu musobaqa O’zbekiston favqulodda vaziyatlarga tayyorlik masalasiga naqadar katta e’tiboq qaratayotganidan dalolat beradi. Yosh qutqaruvchilar tabiiy ofatlardan nafaqat o’zlarini, balki atrofidagi insonlarni ham himoya qilishlari mumkin,” – deb qo’shimcha qildi u.

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi tabiiy ofatlar xatarini kamaytirish borasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlik olib bormoqda. Ushbu hamkorlik ommaning xabardorlik va favqulodda vaziyatlarga tayyorlik darajasini oshirishga hamda tabiiy ofatlar ro’y bergan holatda maktablar va mahallalarda to’g’ri harakat qilish masalalariga bag’ishlangan.

Toshkent shahridiga 23-bolalar uyi tarbiyalanuvchisi Nikolay Ilyin ham Durdona kabi ushbu musobaqalarda faol ishtirok etdi. Ko’rsatgan natijalaridan ilhomlangan Nikolay kelajakda qutqaruvchilik kasbini tanlashga ahd qildi. Bu esa to’g’ri rejalashtirilgan va amalga oshirilgan dasturlar bolaning kelajagiga qay yo’sinda ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligiga misoldir. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 837


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar