Maslahatlar va «tengqur-tengqurga» tamoyilidagi yordam OIV bilan yashayotgan bolalar hayotiga zavq olib kelmoqda

Chop etish versiyasi
07 Iyun 2016
3 3 Fotosuratlar

Yuzdan ko’p bolalar Xalqaro bolalar kunini nishonlash uchun Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazida yig’ildilar. O’gi’il va qiz bolalar masxarabozlar bilan o’ynab, sovg’alar qabul qilar ekanlar, o’zlarini baxtli his qilmoqdalar. «Bizning vazifamiz — bola kasalligini unutib, doim yaxshi kayfiyatda bo’lsin va umidini yo’qotmasin,« — deydi ko’ngillilar sardori Nozima Afzalova, ayni chog’da mas’haraboz rolini o’ynar ekan. «Bolalar koptok shaklidagi qizil burunni va bizning rang-barang liboslarimizni ko’rishgani zahoti kulib, o’yinga berilib ketadilar. Ular ham barcha bolalar kabi o’yin bilan mashg’ul bo’lish va hayotdan zavqlanish huquqiga egalar. Biz bolalarni bir-birlarini qo’llab-quvvatlash hamda birgalikda bilim olishga undaymiz. Ular o’z xastaliklariga qaramasdan uzoq va baxtli hayot kechira olishlariga ishonishlarini hohlaymiz», — deydi u so’zining davomida.

Nozima kabi yosh kon’gillilardan iborat guruh mutaxassislar jamoasi bilan birgalikda UNICEF ko’magida tashkil etilgan Virusologiya instituti huzuridagi Kunduzgi ko’mak markazida mehnat qiladi. Ular OIV bilan yashayotgan bolalar va ularning ota-onalariga ruhiy dalda beradilar. Bu erda mutaxassislar oilalarga tibbiy yordam hamda to’g’ri ovqatlanish va turmush tarzi kabi mavzularda maslahatlar beradilar.

UNICEF amalga oshirayotgan dasturlardan biri OIV va OITS bilan yashayotgan bolalar va o’smirlarga yordam ko’rsatishga qaratilgan. «Tengqur-tengqurga» tamoyili asosida o’tkaziladigan treninglar ana shu faoliyatning namunasidir. Mazkur trening ishtirokchisi Umida Obidova shunday deydi: «Men Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazida tibbiy hamshira bo’lib ishlayman, pediatrimizga yordam beraman. Ish davomida maslahat olish uchun kelayotgan ko’p bolalar va ularning ota-onalarini ko’raman. Ularning barchasi umid bilan keladi, va biz ularga yordam beramiz. Shuning uchun ham men Virusologia Instituti qoshidigagi Kunduzgi ko’mak markazida ko’ngilli yordamchi bo’lib bolalar bilan ishlayman».

UNICEF ronsultanti Kamila Fatixovaning so’zlariga qaraganda, UNICEFning mazkur yo’nalishda olib borayotgan faoliyatidan ko’zlangan asosiy maqsad — nafaqat bolalar va ularning ota-onalariga OIV va OITS to’g’risida ma’lumotlar berish, ularning o’z sog’liklariga nisbatan mas’uliyatlarini oshirish, tash’hisga muvofiq ravishda hayot tarzini yo’lga qo’yish, balki «tengqur-tengqurga» tamoyili asosida ruhiy ko’mak berishdan ham iborat.

Bolalar farovonligini ta’minlash faqat davlat muassasalarining vazifasi emas. UNICEF mahallalar, oilalar va yoshlar bilan ishlagan holda ularga salomatlik, to’g’ri ovqatlanish va bola parvarishi bo’yicha ijobiy amaliyotlarni qo’llashlariga yordam beradi. Toshkent shahar OITSga qarshi kutash markazi epidemiolog shifokori Dilobar Akramova har bir insonning ishtiroki qanchalik katta ro’l oynashini alohida ta’kidlaydi. «Biz o’z faoliyatimizni OIV bialn yashayotgan 120ta bolalarga yordam ko’rsatish bilan chegaralamaymiz. Ushbu tash’his ularning oilalari uchun og’ir zarbadir va ular buni engib o’tishlari uchun yordamga muhtojlar. Shuning uchun ham biz poytaxtning 60ta poliklinikasidagi patronaj hamshiralar, mahalla faollari hamda o’qituvchilarga bunday oilalarga yordam berishni o’rgatamiz. Yaqinda maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilari bilan ham shunday faoliyatni boshladik.»

Oilalarga ushbu zarbani engib o’tishda ko’maklashish uchun hamshiralar, ko’ngillilar va soha maslahatchilari birga ishlaydilar. Kunduzgi ko’mak markazi turli hil tadbirlar o’tkaziladi. Ular OIV bilan yashayotgan bolalar o’z hayotlarini quvonch va baxt tomonga yonaltira olishlariga, eng muhimi — g’urur bilan hayot kechira olishlari uchun ularning oilalariga yordam berishga qaratilgan.

Marta o’qilgan: 432


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar