Jahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni – bolalar mehnatini bartaraf qilish uchun birdamlik kuni

Chop etish versiyasi
13 Iyun 2016
1 1 Fotosuratlar

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi Jahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kunini nishonlashga qo’shiladi. Mazkur sana jahon miqyosida bolalar mehnatining darajasi oshib borayotganiga hamda bu holatni bartaraf etish uchun harakat qilish zaruratiga qaratilgan.

Har yili 12 iyun sanasi hukumatlar, ish beruvchilar, fuqarolik jamiyati, shuningdek dunyo bo’ylab millionlab insonlarning e’tiborini mehnat qilayotgan bolalar masalasiga va ularga qanday yordam berish mumkinligiga qaratadi.

Jahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuninining bu yilgi e’tibori ta’minot tizimidagi boalalar mehnatiga qaratilgan. Jahon miqyosida 168 million nafar bola mehnatga jalb qilingan holda, qishloq xo’jaligidan tortib to ishlab chiqarishgacha, xizmatlardan tortib to qurilishgacha bo’lgan sohalarda boalalar mehnatga jalb qilinishi xavfi mavjud.

O’zbekistonda bolalar mehnatini bartaraf etish uchun Hukumat tomonidan muhim o’zgarishkar qilindi. Jahon Mehnat Tashkilotining hisoboti 18 dan yoush bironta bola 2015 yilda paxta yig’im-terimiga doimiy ravishda jalb etilmaganini tasdiqlaydi. Biroq bolalr mehnatini tizimli bartaraf etish uchun yanada ko’proq harakat qilish zarur.

O’qituvchilar, tibbiyot xodimlari va ota-onalar safarbar qilinishi ehtimoli bo’lgani sababli, UNICEF ta’lim, sog’loqni saqlash va himoya xizmatlaridan paxta yig’im-terimi mavsumida foydalanish imkoni borasida tashvish bildiradi.

Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyada belgilanganidek, barcha bolalar butun o’quv yili davomida ta’lim olishlari, boshqa barcha ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniga ea bo’lishlariga qaratilgan tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash uchun UNICEF harakat qiladi. Konvensiya dunyodagi davlat rahbarlarining bolalarga bergan va’dasidir, va bu vadaning ustidan chiqish ham bolalar, ham o’zimiz, ham dunyo kelajagi uchun muhimdir.

Marta o’qilgan: 448


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar