Kelajakka ishonch bilan: UNICEF OIV infekstiyasi bilan yashayotgan bolalarga yordam bermoqda

Chop etish versiyasi
27 Iyun 2016
2 2 Fotosuratlar

Kunduzgi parvarish markazining  shinam xonasida hamma narsa huddi haqiqiy bolalar xonasidagi kabi jihozlangan bo’lib, u erda kichik yoshdan to o’smirlik yoshiga qadar bo’lgan har qanday bola ko’ngliga mos tushadigan mashg’ulot topishi mumkin.

Shu bilan birga, bu Toshkentdagi eng maxsus xonadir ham. Chunki bu erda UNICEF xodimlari va ko’ngillilari xizmat qiladilar va OIV tash’hisiga ega bo’lgan bolalarga yordam beradilar. Ular muloqot qiladilar, maxsus mashg’ulotlar va seminarlarda ishtirok etadilar, Bolalar Jamg’armasidan ma’lumotlar va yordam oladilar.

Bu yerdagi bolalar juda yosh bo’lishlariga qarmasdan hayotga juda teran va ravshan boqadilar. Ularning nigohlarida jo’shqinlik va mushohadani ilg’ash mumkin. Bu bolalarning boshqa har qanday tengulardian hech qanday farqlari yo’q va ayni chog’da bir-birlari bilan o’z tashvishlari va muvaffaqqiyatlari to’g’risida gapirish imkoniyati mavjudligi tufayli ular hayotlaridagi bir talay qiyinchiliklarni engib o’tishlari mumkin.

«Mening ismim Mastura. 13 yoshdaman. 8 yoshdaligimdayoq onam mening tash’hisimdan xabardor edilar va 9 yoshimdan boshlab dorilar icha boshladim. Bir yildan keyin onam bilan ruhshunos menga OIV-musbat tash’hisiga ega ekanligimni tushuntirishdi. Men yig’lamadim. UNICEFning Kunduzgi parvarish markazida yaxshilik haqida o’ylashimga, o’zimni muammodan chalg’itishimga yordam berishdi, davolash va to’g’ri ovqatlanish qoidalaridan xabardor qilishdi. Bu erdagilar meni tushunishdi. Markazda o’zimga o’xshagan bolalar bilan tanishdim. Ularning hikoyalarini tingladim. Bundan tashqari psixologik mashg’ulotlar biz kabi tash’hisi bo’lmagan bolalar bilan muloqot qilayotganimizda o’zimizni noqulay his qilmaslikka o’rgatadi. Dorilarni 4 yildan beri qabul qilaman va o’zimni yaxshi his etayapman.”

O’zi nozik, sochlari uzun, kipriklari juda go’zal bo’lgan bu qizga o’z tash’hisini bu qadar matonat bilan qabul qilishiga uning ajoyib irodasi bilan bir qatorda mazkur kasallik to’g’risida olgan bilimlari ham yordam berdi. Bunday bilimlarni esa, afsuski, ko’pchilik tibbiyot xodimlari ham bilmaydi. Maxsus ma’lumoti yo’q insonlar to’g’risida gapirmasa ham bo’ladi.

Shubhasiz, psixolog bilan suhbatlashish terapiyasi OIV tash’hisiga ega bo’lgan bolalar va o’smirlarni qo’llab-quvvatlashda ulkan rol oynaydi.

UNICEF hamkorligida tashkil etilgan OIV bilan yashayotgan bolalar uchun tashkil etilgan ushbu markaz ota-onalar va bolalarga psixologik va ijtimoiy yordam ko’rsatadi. Markaz bunday bolalar va ularning ota-onalariga atrofdagilarning tushunmasligini va do’stona bo’lmagan munosabatini engib o’tishga yordam beradi.  

«Bu markazda, - deb so’z boshlaydi Mastura, - men kischkinalarga va o’z tengdoshlarimga o’zlarining tash’hislarini to’g’ri qabul qilishni hamda mazkur tash’his bilan yashash uchun kerakli ma’lumotlarni olishni, dorilarni qanday qabul qilishni hamda atrofdagilarning yakkalab qo’yishini qanday engib o’tishni o’rgataman. Afsuski, haligacha odamlar OIV-musbat tash’hisiga ega bo’lgan insonlarni boshqalar bilan bir qatorda qabul qilolmayaptilar.  UNICEF mutaxassislari bilan birgalikda yanglish stereotiplarni bunday muammoga uchrayotgan barcha insonlar o’rtasia engib o’tishga harakat qilmoqdamiz. Bir o’smir qiz sifatida mening hayotim juda qiziqarli. Xush ko’rgan mashg’ulotim – bu kviling, qog’ozdan narsalar yasashdir. Men gullar yasashni yaxshi ko’raman. Ular huddi hayotning o’ziga o’xshab juda ham yorqin va go’zaldirlar.»

Markazga qatnash Mastura va unga o’xshab OIV tash’hisiga ega bo’lgan boshqa bolalarga o’ziga bo’lgan ishonchi kuchaytirish, iqtidorlarini kashf etish, bir-birlari bilan firk almashish hamda shaxsiy qiyinchiliklarni birgalikda engib o’tishga kuch topishda yordam beradi.            

O’zining sevimli mashg’ulotlari bilan shug’ullanish bilan bir qatorda Mastura Markazda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni, Navro’z, Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni singari turli xil bayramlarni nishonlash tantanalarini tashkil qilishda yordam beradi. Bunday bayramlarda Mastura va unga o’xshab UNICEFning OIVga qarshi kurashish dasturi ishtirokchilari bir-birlariga sovg’alar beradilar, yaxshi kayfiyat ulashadilar, qiziqarli o’quv-mashg’ulotlarini tashkil etadilar va art-terapiya bilan shug’ullanadilar.                

Masturaning fikricha, tushkunlikka tushmaslikning yo’llaridan biri – doimiy ravishda o’z qiziqishlari bilan band bo’lish, adabiyot, musiqa va san’at bilan shug’ullanishdir.

«Har qanday tang holatning echimi bor. Men ilm-fanga, insonlarga va o’zimga ishonaman. Menimcha yig’i-sig’iga berilmaslik kerak. Biz ham huddi boshqa tengdoshlarimiz kabi bolalarmiz. Bizning o’z orzularimiz, intilishlarimiz, yaxshi ko’rgan kitoblarimiz va o’yinchoqlarimiz, mehribon ota-onalarimiz bor va, menimcha, insonlar ushbu virus to’g’risida ko’proq ma’lumotga ega bo’lishlari lozim. Bu dunyoda insonlar o’rtasidagi munosabatlarni yo’lga solishga va yangi kasallanishlarning oldini olishga yordam beradi. Hammamiz ezgulikka va g’alabaga ishonamiz,” - deydi qizaloq.

Yosh Masturaning hayotiy hikoyasi nafaqat jamiyatning mazkur virus kasalligi xususida etarli ma’lumotga ega bo’lmasligi qanday mudhish oqibatlarga olib kelishini, balki OIV bilan yashayotgan bolalarni qo’llab-quvvatlash, ularning huquqlari va hayotini himoya qilishning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini ham namoyon qiladi.   

O’zbekiston Respublikasida UNICEF hamkorligida tashkil etilgan, OIV infektsiyasi bilan yashayotganlarni qo’llab-quvvatlash markazlari insonlar bu masalada bilishlari lozim bo’lgan ma’lumotlarni tarqatadilar, reabilitatsiya yo’nalishida ish olib boradilar, barcha bolalar, shu jumladan OIV bilan yashayotgan bolalarning huquqlarini himoya qilish yonalishida faoliyat olib boradilar.

Bugungi kunda Mastura va tengdoshlari, nafaqat OIV tash’hisiga ega bo’lgan tengdoshlarigina emas, barcha bolalar – bu teng huquqlar va imkoniyatlarga ega bo’lgan bolalar bo’lib, ular ma’rifatli kattalarning, ularning baxtli bolaliklari uchun o’z zimmalariga mas’uliyat ola oladigan kattalarning g’amxo’rligi, yordami va mehriga muhtoj bo’lgan bolalardir. 

Marta o’qilgan: 105


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar