Hukumatlar ijtimoiy eng kam himoyalangan bolalarning taqdirlarini ơzgartirish bơyicha tơg’ri qaror qabul qilishga chaqirildilar: UNICEF

Chop etish versiyasi
28 Iyun 2016
Pres reliz
1 1 Fotosuratlar

JENEVA, 2016 yil 28 iyun  — Markaziy va Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi bolalar ushbu mintaqada sodir bơlayotgan tengsiz va adolatsiz progress tufayli aziyat chekmoqdalar – ular kattalarga nisbatan qashshoqroq va zaifroq bơlishlari kuzatilmoqda deb ta'kidlandi  UNICEFning bugun taqdim  etilgan  yangi hisobotida.

Dunyo bolalarining holati  2016 – Har bir bola uchun adolatli imkoniyat  deb nomlanuvchi  UNICEFning muhim yillik hisoboti dunyo miqyosida bolalar uchun ulkan ơzgarishlar sodir bơlayotganini ta'kidlamoqda. Shu bilan birga, ushbu hisobot agar jahon hamjamiyati  eng kam himoyalangan bolalarning qayg’uli holatiga etarlicha  e'tibor qaratmagan taqdirda Barqaror Rivojlanish Maqsadlari uchun belgilangan sana hisoblangan 2030 yilga kelib, bolalarning 69 millioni oldini olish imkoni bơlgan sabablar tufayli olamdan kơz  yumishlari, bolalalarning 170 millioni qashshoqlikda  yashashlari va ayollarning 750 million nafari balog’at yoshiga etmasdan oila qurishlari kutilayotganiga  e'tiborni qaratdi. 

Ushbu mintaqada rivojlanish teng yoki adolatli bơlmagan. Bolalar qator qiynchiliklarga duchor bơlmoqdalar: ular kattalarga nisbatan qashshoqlikda kun kechirishga majbur bơlishlari kuzatilmoqda. Bu kabi vaziyat Evropa Ittifoqi mamlakatlarining kơpchilik qismida ham mavjud bơlsada, bu kabi ijtimoiy havf Sharqiy Evropa mamlakatlarida  yuqori hisoblanadi. Evropa mamlakatlarida boshpana izlayotgan qochoqlar va migrant bolalar jamiyat tomonidan inkor  etilayotgan qatlamdir.

"Mintaqa mamlakatlari tanlash muammosiga duch kelmoqdalar – bugungi kunda  e'tibordan chetda qolib ketayotgan bolalarga g’amhơrlik qilish  ertaga ơzining ijobiy mahsulini beradi. Jamiyatlar bơlingan va adolatsiz bơlishiga qarshi kurashmaslik  esa taraqqiyotdan orqada qolishga olib keladi,"- deb ta'kidladi  qochoqlar va migrantlar inqirozi bơyicha maxsus koordinator va  UNICEFning mintaqaviy direktori Mari-Pyer Puare. "Adolatsizlik muqarrar  emas, biz u bilan kurashishni tanlashimiz mumkin,"- dedi u. 

Marginal jamiyatlardagi bolalar, hususan lơli bolalar butun Evropa mintaqasi bơylab sog’liqni saqlash sohasida jiddiy adolatsizlikka duch kelmoqdalar. 2012 yil holatiga kơra, Janubiy va Sharqiy Evropa mamlakatlarining birida istiqomat qiluvchi lơli bolalarning  faqatgina 4 foizi  emlangan. Ayni paytda boshqa bolalarning 68 foizi  emlangan.

Umuman olganda, mintaqada 12 millionga  yaqin bolalar uchun ơrta ta'lim maktabini bitirmasdan tashlab ketish havfi  yuqoridir. Bu qashshoq  oilalar, kam sonli  etnik va lingvisitik guruhlarga mansub bơlgan ơsmirlarni ơz ichiga oladi. Qashshoqlik va muhtojlik bolalarni maxsus muassasalarga olib keladi. Mintaqada 1.3 millionga  yaqin bolalar maxsus muassasalarda voyaga etmoqda: ularning  yarmi salomatlikka, rivojlanishga va istiqbolga salbiy ta'sir kơrsatuvchi maxsus muassasalarida  yashashga majburlar. Islohotlar amalga oshirilmoqda va  yangi hizmatlar muassasalarga nisbatan alternativ imkoniyatlar  yaratmoqda, ammo nogironligi bơlgan bolalar hanuz shu kabi sharoitlardan foydalanish imkoniyatiga ega  emaslar.

Mintaqaning kơpgina mamlakatlari ushbu muamollarni echishda va bolalarni ijtimoiy himoya  qilish masalalari bơyicha kơpincha  UNICEF va uning hamkorlari yordamiga tayanadilar.   Davlat tomonidan subsidiyalanuvchi  eng kam ijtimoiy himoyalangan guruhlarga mansub bolalar uchun  bepul tibbiy yordam xizmatlarini kafolatlovchi tibbiy sug’urta dasturlari Belorus, Xorvatiya, Ruminiya va Serbiya  kabi mamlakatlar misolida ham kơrishimiz mumkin.

Sobiq  Yugoslaviya Respublikasi tarkibida bơlgan Makedoniyada, shuningdek Ruminiya va Ukrainada sog’liqni saqlash xodimlari va jamoat faollari lơli bolalarga qator xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun yordam bermoqdalar. Qirg’izistonda ơtkazilgan maxsus tadbirlar minglab qishloq joylarda  yashovchi aholiga ular foydalanish imkoniyatiga  ega bơlgan xizmatlar haqida jamoat tashkilotlari va mahalliy radio orqali batafsil ma'lumotlar berildi. 

Chernogoriya mamlakatida, jamoatning e'tiborini tortishga mơljallangan tadbirlar nogiron bolalarga bilim berishga yondashuvning butunlay ơzgarishiga olib keldi: 2015 yilda ơtkazilgan sơrovlar shuni kơrsatdiki Chernogoriya  aholisining 78 foizi inklyuziv ta'lim uchun ovoz berdi. Bu kơrsatkich 2010 yilda 30 foiz edi.

Elektron va mobil texnologiyalarning va boshqa innovasiyalarning rivojlanishi ijtimoiy zaif bolalar va ajrashish havfi  yuqori bơlgan oilalar uchun qơllab- quvvatlash xizmatlaridan foydalanishni engillashtirdi.

Hisobot bolalar uchun adolatli imkoniyatlar yaratish ustuvor masala  ekanligini, ijtimoiy jihatdan  eng zaif oilalarga yordam kơrsatish ma'naviy va strategik ahamiyatga kasb  etishini ta'kidlaydi. Bular quyidagilarni ơz ichiga oladi:

  • Bolalarni ular uchun zarur bơlgan qơllab-quvvatlashlardan nari tutuvchi va ularning hayotiy ahamiyatga  ega bơlgan imkoniyat va xizmatlardan foydalanish istiqbollariga tơsqinlik qiluvchi ijtimoiy normalar kabi tơsiq va qiyinchiliklarni engish. 

  • Majburiyatlarni nogiron bolalar, lơli bolalar va kam ta'minlangan oilalarga mansub bơlgan bolalarning hayot darajasini  yaxshilashga qaratilgan majburiyatlarni amaliy harakatlarga aylantirish. Bu kabi tadbirlar ijtimoiy zaif bolalar uchun mơljallangan ijtimoiy himoya choralarini  yaxshilash va kengaytirish masalalarini ham ơz ichiga oladi. 

  • Davlat va donorlar tomonidan bolalar uchun yơnaltirilgan siyosatlarni moliyalashtirish.

  • Urush, qurolli tơqnashuv yoki iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli ơz mamlakatlarini tashlab ketishga majbur bơlgan qochoq yoki migrant bolalarni ham ơz ichiga olgan bolalarga salbiy ta'sir qiluvchi nizo va zơravonliklarga barham berish uchun sa'y-harakatlarni amalga oshirish.

Muharrir eslatmasi:

Hisobotga asoslangan mintaqaviy qisqacha ma'lumotlar va mintaqada joylashgan mamlakatlardagi muammolar va ularning echimlariga qaratilgan tavsiyalar tơplamini quyidagi  elektron manzilda kơrish mumkin: bit.ly/SOWC2016RB

Multimedia vositalarini quyidagi manzil orqali  yuklab olish mumkin: http://weshare.unicef.org/Package/2AMZIFFS4KH

 

UNICEF to’g’risida

Ơz faoliyati orqali  UNICEF har bir bolaning huquq va farovonligi ta'minlanishiga  erishishga harakat qiladi. Ushbu mas'uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va barcha bolalarning, xususan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qơyilgan, alohida  etibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlari yơlida harakat qilamiz.

UNICEF faoliyati tơg’risida batafsil ma'lumot olish uchun www.unicef.org/ceecis  

veb saytiga tashrif buyuring.

Qơshimcha ma'lumot olish uchun murojaat qiling:

Kristen Elsby, UNICEF Geneva, kelsby@unicef.org, +41 79 938 82 73

Marta o’qilgan: 249


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar