UNICEF hisoboti hukumatlarni ijtimoiy xizmatlarni adolatli etkazishga chorlaydi

Chop etish versiyasi
04 Iyul 2016
1 1 Fotosuratlar

Sơngggi 15 yilda besh yoshgacha bolalar ơlimini qisqartirish, t’lim olish imkonini kengaytirish, qashshoqlikda yashashga chek qơyish yơlida ulkan yutuqlarga erishilganiga qaramasdan, bu boradagi taraqqiyotdan barcha adolatli ravishda bahramand bơlmadi. Eng kam imkoniyatlarga ega bơlgan bolalar uchun adolatli taraqqiyotni ta’minlash 2030 yil Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishishda katta ahamiyat kasb tadi. Bu esa bironta ham bola e’tibordan chetda qolmasligini anglatadi.

UNICEFning asosiy hisobotlaridan biri bơlmish «Jahon bolalarinig ahvoli 2016: har bir bola uchun adolatli imkoniyat» nomli hujjat 2016 yil 28 iyunda e’lon qilindi. Unda ta’kidlanishicha, eng kam ta’minlangan va e’tibordan chetda qolgan bolalar uchun adolatli taraqqiyot ta’minlanmas ekan, jahon 2030 yilgacha qashshoqlikka chek qơyish, bolalar ơlimini qisqartirish hamda yalpi boshlang’ich va ơrta ta’limga erishish bơyicha maqsadlarga erisha olmaydi.

«Bu bolalarning kơpchiligiga yetib borish asosan texnik jihatdan qiyin mas», — deb yozadi hisobotning sơz boshida UNICEFning ijrochi direktori Entoni Leyk. «Bu siyosiy majburiyat, resurslar hamda birgalikdagi iroda masalasidir.»

Hisobot birinchi navbatda 'tibordan chetda qolgan bolalarni nazarda tutib, Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish uchun hukumatlar sa’y-harakatlarini yanada kuchaytirishlariga chorlovchi hujjatdir. UNICEFning etib borish murakkab bơlgan bolalar manfaatlarida ishlash bobidagi 70 yillik tajribasidan kelib chiqqan holda, hisobot beshta yơnalishni belgilab beradi. Mazkur tavsiyalar hukumatlar, rivojlanish sektoridagi hamkor tashkilotlar, fuqarolik jamiyati va jamoatchilik uchun qơlanma bơlishi mumkin: eng chetda qolgan bolalar ahvoli bơyicha yanada aniq ma’lumot; bolalar yuzlanayotgan muammolarni integrallashgan holda hal etish; eski muamolarni hal qilishda innovasion yondashuv; yanada adolatli investisiyalash va byudjet ajratish; hamda jamoatchilikning yanada kenrioq ishtiroki. Hisobot, shuningdnek, hukumatlarga 2030 yilga olib boruvchi ơrta muddatli ơz adolatli maqsadlarini belgilab olishni ham taklif qiladi.

Marta o’qilgan: 546


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar