Qishloq ayollari va bolalarning sifatli tibbiy xizmatlardan bahramand bo‘lish imkoniyatlari yaxshilanmoqda

Chop etish versiyasi
15 Iyul 2016
2 2 Fotosuratlar

«Mening ikkinchi homiladorligim oson kechmadi, va bizning qishloq vrachlik punktimiz (QVP) mutaxassislari butun homiladorlik davrim davomida o‘z tavsiyalari va ko‘rsatmalari bilan menga yordam berib turdilar», – deb bayon qiladi Xorazm viloyati Shovot tumani Bo‘yrachi qishlog‘ining yashovchisi Elmira Bozorova. Elmira va G‘ulom Abdullaevlar oilasida ikki nafar farzand: 8-yoshli qizlari Gulsanam va 3-yoshli o‘g‘illari Islombek tarbiyalanadi. Ular to‘rt avloddan iborat katta oila tarkibiga qiradilar. Barchaning yoqimtoyi – sho‘x bola Islombek o‘zining xushfe’l tabiati va yirik gavdasi bilan haqiqiy pahlavon bo‘lgan buvasiga o‘xshab ketadi.

Bo‘yi va vazni katta bo‘lganligi sababli tug‘ish jarayoni Islombek va uning onasi uchun birmuncha qiyin kechdi! «Homilam juda yirik edi, – hikoya qiladi Elmira. – Homiladorlik davrim tugayotganda meni tug‘ishga tayyorlash va maslahat berish uchun qishloq shifoxonasiga yotqizishdi. Meni Shovot tumani markazidagi shifoxonaga, u erdan esa – Urganch shahridagi shifoxonaga olib borishdi. Shu erda men og‘irligi 5 kilogramm 600 grammlik o‘g‘il tug‘dim! Tug‘ruq jarayonida chaqaloqning boshi shikastlandi. Bolamni reanimatsiyaga joylashtirishdi va shu erda u 4 kun davomida shifokorlar kuzatuvi ostida bo‘ldi.  

Tibbiyot xodimlari Islombekni parvarishlayotganlarida men doimo uning yonida bo‘ldim. Shifokorlar yordami va men g‘amxo‘rlik qilish imkoniga ega bo‘lganim tufayli o‘g‘lim bilan ikkovimiz tez orada uyimizga qaytib keldik. Bo‘yrachi QVPning patronaj hamshirasi menga ma’lum bo‘lgan chaqaloqni parvarishlashda gigiyenaga amal qilish va zamonaviy emlash qoidalaridan tashqari, men hali bilmagan jihatlar – chaqaloqni yarim yilgacha faqat ko‘krak suti bilan emizib boqish shartligi, xavfli bolalar kasalliklarining alomatlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Tug‘ruq vaqtidagi jarohatdan keyin Islombekning salomatligida hech qanday og‘irlashish jarayonlari kuzatilmadi, va shundan buyon u faqat bir martagina shamollash xastaligiga uchradi».

Elmira va Islombek haqidagi hikoya – bu «O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish» sohasida, Yevropa Ittifoqi, UNICEF va O‘zbekiston Respublikasi hukumatining muvaffaqiyatli loyihasinig misollaridan biridir.  

Ushu faoliyatning asosiy yo‘nalishi – xavfsiz onalik, tug‘ruqdan keyingi parvarish, chaqaloqlar va bolalarni parvarishlash bo‘yicha xalqaro standart va protokollarni joriy qilish uchun strategiya va tavsiyalarni taqdim etish, sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari va mutaxassislarining salohiyatini oshirishdan iborat.

Ana shunday samarali faoliyat tufayli Elvira murojaat qilgan tibbiy muassasalar bu ayolning butun homiladorlik davrida, tug‘ish jarayonida va bolani parvarishlashda unga malakali tibbiy xizmat taqdim etishga muvaffaq bo‘ldilar. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 400


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar