Jiffoni: bolalar filmlari festivali iqtidorli yoshlarga ilhom bag‘ishlamoqda

Chop etish versiyasi
20 Iyul 2016
4 4 Fotosuratlar

«Yaxshi g‘oyalar chinakam mo‘’jizakor bo‘lishi mumkin, va Jiffonidagi festival ana shunday g‘oyalardan biridir, – deb ta’kidlaydi Jiffonidagi filmlar festivalining bosh mehmonlaridan biri Raffalele Kantone, va qo‘shimcha qiladi, – Jiffoni misoli izchil sa’y-harakatlar kichik shaharchada ham haqiqiy mo‘’jizalarni yaratishga qodir ekanligini tasdiqlamoqda». 

Har yili Jiffonida dunyodagi eng yirik xalqaro bolalar kinofestivali o‘tkazilib, jahonning 146 mamlakatidan tashrif buyurgan 3000 nafardan ortiq bolalarni qutlaydi. Ushbu festival salohiyatli yoshlarga kino yaratish jarayonini kuzatib borish va unda ishtirok etishga imkon berish maqsadida butun dunyo bolalarini yana bir bor mehmonga taklif qilmoqda.    

Festival sayyoramiz yoshlariga o‘z g‘oyalari bilan almashish va qarashlarini ifodalashga imkon beradi. Ayni paytda, bu yerda bolalar turli masalalar yuzasidan har xil nuqtai nazarlarga ega bo‘lgan hamkasblari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar.   

Joriy yili Italiyaning janubida joylashgan ushbu ajoyib shaharchaga O‘zbekistonlik to‘rt nafar bolalar ham safar qilishdi. Mirodil, Elzoda, Aselya va Javlon xalqaro hay’at tarkibiga kiradilar va uning boshqa ishtirokchilari bilan o‘z g‘oyalarini o‘rtoqlashadilar.  

O‘zbekistonlik yosh hay’at a’zolari boshqa mamlakatlardan kelgan bolalar bilan uchrashuvlarni o‘tkazadilar va turli madaniyat va an’analarga oid bilim va mulohazalar bilan almashib, o‘z dunyoqarashlarini yanada boyitadilar.

46-chi kino festivalining ochilish marosimi 2016 yil 15 iyulda bo‘lib o‘tdi. Marosim bundan bir kun oldin Fransiyaning Nitstsa shahridagi terrorchilik xurujining qurbonlariga aylangan o‘smirlar va bolalar xotirasiga bag‘ishlandi. Ushbu kinofestivalning ochilish lahzalari butun dunyo bolalari va yoshlari nomiga yuborilgan alohida birdamlik va ochiqlik maktubi sifatida xizmat qiladi. 

«Taassurotlarimni bir so‘z bilan ifodalash oson emas, – deb ta’kidlaydi Toshkentlik 14 yoshli Mirodil Mirxamidov, – men bu yerda juda ko‘p do‘stlarni orttirdim, festival tadbirlarida hamda men mehmon bo‘lib turgan italyan oilasidagi do‘stona muhit menga juda yoqadi».

Hay’at a’zolari bir necha yilda Jiffonidagi Festival yoshlar o‘zlariga e’tibor qaratish imkoniga ega bo‘ladigan va bu bayramni shod-xurramlik va zavq bilan o‘tkazadigan multimadaniyat tadbiriga aylantirishga yordam berdilar: Jiffonidagi festival yoshlar o‘z maqsadlarini ochiq-oydin ifodalay oladigan ajoyib maydon sifatida xizmat qilmoqda.     

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 190


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar