O‘zbekistonda Jahon ko‘krak suti bilan boqish haftaligi-2016 nishonlanmoqda

Chop etish versiyasi
01 Avgust 2016
1 1 Fotosuratlar

Jahon ko‘krak suti bilan boqish haftaligi (JKSB) har yili 1–7 avgust kunlari davomida o‘tkaziladi. Ushbu tadbir ayollar o‘z farzandlariga umrining ilk kunidanoq eng maqbul yashab ketish sharoitlarni yaratish uchun ko‘krak suti bilan boqish orqali beradigan yordamlari naqadar muhimligini ta’kidlaydi.

JKSB birinchi bor 1992 yilda o‘tkazilgan. Bugungi kunda ushbu haftalik 170 dan ortiq mamlakatlarda nishonlanadi va UNICEF, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha tashkiloti hamda Xalqaro pediatrlar assotsiatsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Chaqaloq umrining ilk kunidanoq yashab ketishi uchun eng maqbul sharoitlarni yaratish uni ko‘krak suti bilan boqishdan boshlanadi. Biroq butun dunyodagi mehnatkash ayollar uchun farzandini emizib boqish muammoligicha qolmoqda. Biz bilan birga ayollarning — ayniqsa bolani boqish davrida mehnat qiladigan onalarning huquqlarini qo‘llab-quvvatlang va mustahkamlang!

2015 yilning sentabr oyida dunyo yetakchilari kam ta’minlanganlik, sayyoramizni himoya qilish va ravnaq topishni kafolatlashga qaratilgan 17 ta maqsadga erishish vazifasiga sodiq ekanliklarini ifodaladilar. Ushbu vazifalar majmui Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini (BRM) tashkil qiladi. 2030 yilga kelib ushbu maqsadlarga erishishda har birimiz muhim rol o‘ynaymiz.
2016 yilda nishonlanayotgan Ko‘krak suti bilan boqish haftaligining mavzusi: «Ko‘krak suti bilan boqish — barqaror rivojlanish omili». Ushbu mavzu ko‘krak suti bilan boqish bola umrining ilk kunidanoq uning omonligini ta’minlash naqar muhimligi haqida esdan chiqarmaslik, bir-birimizni hurmat qilish va barchamiz birga yashayotgan olam to‘g‘risida qayg‘urishimiz lozimligini aks ettiradi.

Bir qarashda bu ko‘zga tashlanmasada, ko‘krak suti bilan boqish har bir global maqsad bilan qanchalik bog‘liqligi va uni barqaror rivojlanishning muhim omili sifatida e’tirof etish naqadar asosli ekanligiga guvoh bo‘lyapmiz.

Ko‘krak suti bilan boqish barqaror rivojlanishning har bir maqsadi bilan qay jihatdan bog‘liqligi yuzasidan batafsil ma’lumot olish uchun quyida keltirilgan tegishli ikonkaga bosishingizni so‘raymiz.

  • 1. QASHSHOQLIKKA BARHAM BERISH. Kơkrak suti bilan boqish chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalarni oziqalantirishning tabiiy va kamharj uslubidir. Uni barcha qơllashi mumkin va sun'iy oziqalantirishdan farqli ravishda u oila byudjetiga og’irlik qilmaydi. Kơkrak suti bilan oziqlantirish qashshoqlik darajasini kamaytirishga yordam beradi.

  • 5. GENDER TENGLIGI. Kơkrak suti bilan boqish har bir bolaga uning hayoti boshlanishida adolatli va teng boshlang’ich sharoitni ta'minlaydi. Kơkrak suti bilan boqish ayollargagina tegishli bơlgan huquq bơlib, jamiyat ayollar ushbu huquqlaridan eng maqbul ravishda foydalana olishlari uchun imkoniyat yaratib berishi lozim. Kơkrak suti bilan boqish amaliyoti ayollarning mavqei ortishiga imkoniyat yaratuvchi bơlishi mumkin, chunki bunda ayollar ơz farzandlarini ozuqalantirish uslubi va jarayonini boshqaradilar.

  • 9. SANOATLASHTIRISH, INNOVASIya VA INFRATUZILMA. Sanoatlashtirish va urbanizasiya sharoitlarida zamon talablari va muhit yanada yorqin shakllarga ega bơladi. Ơz uyidan tashqarida mehnat qiluvchi emizikli onalar zamonning bunday talablariga javob bera olishlari barobarida ơz ish beruvchilari, oilalari va hamjamiyalari yordamidan foydalanish imkoniga ega bơlishlari lozim. Ish joyiga yaqin joydagi bolalar bog’chalari, emizish xonalari hamda emizikli onalar uchun maxsus tanaffuslar kabi sharoitlar ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin.

  • 13. IQLIM ƠZGARISHIGA QARSHI KURASHISH. Kơkrak suti bilan boqish global isish tufayli yuz beruvchi falokatlar va tabiiy ofatlar vaqtida chaqaloqlar salomatligi va oziqalanishi barqarorligini himoya qiluvchi omil hisoblanadi.

  • 2. OChLIKKA BARHAM BERISh. Istisnosiz kơkrak suti bilan boqish hamda ikki yil va undan kơproq vaqt davomida ushbu amaliyotni davom ettirish bola organizmini yuqori sifatli ozuqa moddalari va kerakli energiya bilan ta'minlaydi hamda ochlik, etarlicha ozuqa olmaslik va semirib ketishning oldini olishda kơmaklashishi mumkin. Kơkrak suti bilan boqish, shuningdek, chaqaloqlar uchun oziq-ovqat havfsizligi ham demakdir.

  • 6.TOZA SUV VA SANITARIYA . Bolaning talabi bơyicha kơkrak suti bilan boqish uni issiq iqlimda ham zarur suv miqdori bilan ta'minlaydi. Undan farqli ravishda sun'iy ozuqa bilan boqish toza ichimlik suvi hamda gigiena va sanitari talablariga javob beruvchi sharoitlar mavjud bơlishini talab etadi.

  • 10. TENGSIZLIKNI KAMAYTIRISH. Kơkrak suti bilan boqish amaliyoti turli mamlakatlarda turli xil shakllarga ega. Kơkrak suti bilan boqish aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, kambag’al va zaif guruhlar ơrtasida himoya, kơmak hamda rag’batlantirish bilan ta'minlanishi lozim. Bu tengsizlikni kamaytirishga yordam beradi. inequalities.

  • 14. DENGIZ EKOTIZIMLARINI ASRASH. Kơkrak suti bilan boqish sun'iy ozuqadan foydalanishga nisbatan kamroq chiqindilarga sabab bơladi. Chaqaloqlar uchun sun'iy ozuqani ishlab chiqish va uning savdosi sanoat chiqindilarining ơsishiga olib keladi. Ular esa dengizni ifloslaydi va dengiz faunasining halokatiga sabab bơladi.

  • 3. SOG’LIK VA FAROVONLIK. Kơkrak suti bilan boqish chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalarning salomatligi va yashovchanligini ham mustahkamlaydi. Shu bilan birga, ushbu amaliyot onalarning istiqboldagi salomatligi va farovonligini mustahkamlashga ham kơmaklashadi.

  • 7. ARZON VA TOZA ENERGIYA . Kơkrak suti bilan boqish amaliyoti sun'iy ozuqa ishlab chiqarish sanoatiga nisbatan salmoqli darajada kam bơlgan energiya miqdorini talab qiladi. Shu bilan birga, u xonadonlarning suv, ơtin va yoqilg’iga bơlgan ehtiyojini ham kamaytiradi.

  • 11. BARQAROR SHAHARLAR VA AHOLI YASHASH PUNKTLARI. Gavjum shaharlarda emizikli onalar va ularning chaqaloqlari barcha jamoat joylarida ơzlarini himoyalangan va ijobiy munosabatni his etishlari lozim. Tabiiy va gumanitar ofatlar vaqtida ayollar va bolalar eng zaif guruhlar hisoblanadi. Bunday holatlarda homilador va emizikli onalar alohida kơmakka muhtojdirlar.

  • 15. QURUQLIKDAGI EKOTIZIMLARNI ASRASH. Kơkrak suti bilan boqish ekologik nuqtai nazardan chaqaloqlar uchun sun'iy ozuqadan foydalanishga nisbatan ijobiy amaliyotdir. Sun'iy ozuqani ishlab chiqish uchun ma'lum miqdordagi sut mahsulotlari talab etiladi. Bu esa, aksariyat hollarda, tabiiy manbalarga qơshimcha salbiy ta'sir bơlib, u chiqindi gazlar miqdori ortishiga va iqlim ơzgarishiga hissa qơshadi.

  • 4. SIFATLI TA'LIM. Kơkrak suti bilan boqish hamda tegishli ravishda qơshimcha oziqlantirish bilim olishga tayyorlikni ta'minlovchi asosiy shartlar jumlasiga kiradi. Kơkrak suti bilan boqish hamda sifatli qơshimcha oziqlantirish bolaning aqliy va kognitiv rivojlanishiga salmoqli hissa qơshish orqali uning bilim olishiga kơmaklashadi.

  • 8. MUNOSIB ISH ƠRINLARI VA IQTISODIY ƠSISh. Emizikli chaqaloqlari bơlgan onalar, agar ơz ish beruvchilari tomonidan qơllab-quvvatlansalar, ish faoli tlarida samarali va sadoqatli bơlishlari aniqlangan. Onalarni qơllab-quvvatlash va mehnatni himoya qilishning boshqa normalari kơkrak suti bilan boquvchi onalarga ơz farzandlarini vaqtida oziqalatirish va ayni vaqtda mehnat faoliyatini ham olib borish imkonini beradi. Bandlikning munosib kơrinishlari emizikli onalarning, ayniqsa sharoiti og’ir bơlgan onalarning ehtiyojlarini hisobga olgan bơlishi lozim.

  • 12. MAS'ULIYATLI ISTE'MOL VA ISHLAB CHIQARISH. Kơkrak suti bilan boqish ozuqalantiruvchi moddalar va vositalarning sog’lom, hayotbahsh, kologik toza, kam energiya harjlovchi, barqaror va tabiiy manbai hisoblanadi.

  • 16. TINCHLIK VA KUCHLI ADOLAT BOSHQARUV INSTITUTLARI. Kơkrak suti bilan boqish inson huquqlari borasidagi bir qancha mexanizmlar va konvensiyalardan ơrin olgan. Emizikli onalar va chaqaloqlarni himoya qilishga qaratilgan milliy qonunlar va me'yoriy xujjatlar, ularning huquqlari himoyalangan bơlishini ta'minlashi lozim.

  • 17. BARQAROR RIVOJLANISH YƠLIDA HAMKORLIK. Chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalarni oziqlantirish global strategiyasi kơp tarmoqli hamkorlikni yoqlaydi va kơkrak suti bilan boqish dasturlari va tashabbuslari orqali rivojlanishni qơllab-quvvatlash uchun hamkorlikning turli xil kơrinishlariga asoslangan bơlishi mumkin. .

Marta o’qilgan: 270


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar