Ơzbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgarish surish hamda bolalar va ayollar farovonligini oshirish uchun Jahon kơkrak suti bilan boqish haftaligini nishonlamoqda

Chop etish versiyasi
02 Avgust 2016
5 5 Fotosuratlar

TOSHKENT, 2 avgust 2016 y. – Ơzbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi (UNICEF) Jahon kơkrak suti bilan boqish haftaligiga bag’ishlangan matbuot anjumanini ơtkazdilar.  

Butun dunyodagi yosh bolalarni kơkrak suti bilan boqish va salomatliklarini  yaxshilash masalalarini ilgari surish uchun 170 danyoziyod mamlakatlar Jahon kơkrak suti bilan boqish haftaligini har yili 1 avgustdan 7 avgustgacha nishonlaydilar. 2016 yildagi ushbu haftalikning mavzusi - «Kơkrak suti bilan boqish – barqaror rivojlanish negizi». Tadbirning asosiy maqsadi Barqaror rivojlanishning  maqsadlari va ular chaqaloqlar va  erta yoshdagi bolalarni kơkrak suti bilan boqishga naqadar bog’liqligi  yuzasidan odamlarga axborot berishdan iborat.

«Keyingi yigirma yil davomida  UNICEF Ơzbekiston Respublikasi Hukumati bilan  yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda. Jumladan, mamlakatda ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida bolalar va ayollar huquqlarini amalga oshirishda jiddiy taraqqiyotga  erishilgan», – deb ta'kidlaydi  UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Berina Arslanagich-Ibishevich. «UNICEF faqat kơkrak suti bilan boqish patronaj hamshiralarining tashriflari rejasi qamrab olgan muhim amaliyotlar qatoriga kiritilganligini mamnuniyat bilan ta'kidlaydi».

Jahon kơkrak suti bilan boqish haftaligi Ơzbekistonning barcha mintaqalarida keng nishonlanmoqda. Tibbiyot xodimlari, oilalar va hamjamiyat tomonidan bolaga nisbatan dơstona shifoxonalarni sertifikatlash, ota-onalar uchun brifing va maslahatlar ơtkazish, onalarni qơllab-quvvatlash guruhlari uchrashuvlarida muhokamalar uyushtirish kabi tadbirlar ơtkazilmoqda.

Sog’liqni saqlash vazirligi Bolaga nisbatan dơstona shifoxonalar tashabbusini (BNDShT) faol qơllab-quvvatlaydi. Rasmiy ma'lumotlarga kơra, mamlakatning 96 ta sog’liqni saqlash muassasalari BNDShT sertifikatlariga  ega. Yana ikkita shifoxona – Toshkent vilo tining Chirchiq shahridagi viloyat perinatal markaziga hamda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherilik va ginekologiya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangandagi filialiga ushbu hafta davomida bolaga nisbatan dơstona tibbiyot muassasasi sifatida tan olinganligi  yuzasidan sertifikat taqdim  etiladi.

«Birmuncha uzoq vaqt davomida,  ya'ni ikki yoshga tơlgunicha, kơkrak suti bilan boqiladigan bolalar qisqa muddat  emizib boqilgan yoki sun'iy mahsulotlar bilan oziqlantirilgan bolalarga nisbatan kasallanish va ơlim holatlari bơyicha ancha past kơrsatkichlarga  ega», – deb izohlaydi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Dilorom Ahmedova.

Ơzbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi va  UNICEF hamjamiyatlarda faqat kơkrak suti bilan boqishni ilgari surish masalalarida tibbiyot xodimlarining salohiyatini rivojlantirish maqsadida samarali hamkorlikni davom  ettirmoqdalar. Qơshma loyihani amalga oshirish jarayonida mamlakatning barcha mintaqalarida faoliyat  yurituvchi 3800ga yaqin tibbiyot xodimlari faqat kơkrak suti bilan boqishning afzalliklari bơyicha kerakli maslahatlar berishga ơrgatildi. Bu amaliyot onalar va oilalarning boshqa a'zolari ơrtasida kơkrak suti bilan boqishni ilgari surishda hamshiralar salohiyatini oshirishga xizmat qildi.

Muharrirlar uchun izoh:

Ơzbekistonda 2015 yilda faqat kơkrak suti bilan boqishning ơrtacha darajasi 54,4 foizni tashkil qilgan. Sog’liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga kơra bu masalada  eng  yuqori kơrsatkichlar Buxoro viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasida qayd  etilgan (60 foizdan  qori).

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ma'lumotlariga kơra mamlakatda onalar tug’ruqxonalardan chiqayotgan davrda faqat kơkrak suti bilan boqish amaliyoti darajasi 90 foizdan ortiqni tashkil qiladi. Shunday bơlsada, keyingi oylarga borib ushbu kơrsatkich kamayib boradi.    

Batafsil ma'lumot uchun quyidagi manzillarga murojaat  etishingiz mumkin:

Furqat Sanaev

Matbuot xizmati Boshlig’i, Sog’liqni saqlash vazirligi

Telefon: +998 (90) 944-78-11

Elektron pochta:  furkat.sanaev@mizdrav.uz

Kamola Salixova

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, direktor ơrinbosari

Telefon: +998 (98) 309-70-67

Elektron pochta:  kamola.salikhova@minzdrav.uz

Nargiza  Egamberdieva

UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi, jamoatchilik bilan aloqalar bơyicha maslahatchi

Telefon: +998 (93) 380-34-19

Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

Marta o’qilgan: 134


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar