Natalya Shpak: «Ko‘krak suti bilan boqishning asosiy qonuni - talab taklifni yuzaga keltiradi».

Chop etish versiyasi
04 Avgust 2016
1 1 Fotosuratlar

Mening ikki nafar farzandim bor: 4 va 2 yoshli. Katta o‘g‘limni 2 yoshdan kattaroq bo‘lgunicha ko‘krak suti bilan boqqanman, va biz ikkovimiz ham o‘zimni yaxshi his qilardik. Ikkinchi bolamni tug‘ayotganimda esa muammolar yuzaga keldi va maxsus tibbiy yordamdan foydalanishimizga to‘g‘ri keldi.  

Tug‘ruqxonadan chiqqanimdan keyin men bir hafta davomida kenja o‘g‘limni muvaffaqiyatli boqib turdim, keyin esa haqiqiy falokat yuz berdi - o‘g‘ilcham kuchli zotiljamga uchradi. Shu sababli biz bolalar shifoxonasining reanimatsiyasiga tushib qoldik va u yerda atigi 10 kunlik chaqalog‘imni mendan olib qo‘yishdi, o‘zimni esa shu shifoxonaning o‘zida oddiy palataga joylashtirishdi.   

Ehtimol, o‘g‘limning hayoti uchun qo‘rqishim, tuni bilan uxlamay chiqishim va boshqa salbiy omillar yig‘indisi o‘z ta’sirini ko‘rsatib, bir kun ichida sutim umuman kamayib ketishiga olib keldi. Men o‘g‘limni ozroq bo‘lsada emizib turishim uchun  yana bir muddat har 3 soatda ko‘kragimdan tomchilatib sut suzib turishni davom ettirdim.  

Bir haftadan keyin farzandimni umumiy bo‘limga o‘tkazishdi. Men unga sekin-asta ko‘kragimni berishga harakat qilib turdim. Mening baxtimga u yana ema boshladi!

Uch haftadan keyin esa bizlar shifoxonadan sog‘-salomat chiqib, uyga ketdik.

Mo‘’jizalar ro‘y berishining sirlarini bilmayman-u, lekin ko‘krak suti bilan boqish juda foydali ekanligiga kuchli ishonchim menga pand bermadi. Birinchi navbatda juda qiynaldim. Chaqaloq ochiqqanligidan yig‘lashini eshitish juda azobli. Bolam tinmay ovqat izlab, kuch bilan emishdan to‘xtamasdi! Uning sa’y-harakatlari va mening ruhiy yo‘nalganligim samara berdi va 3-4 kundan so‘ng sutim kelishi m iqdori yanada joyiga tushdi (yaxshiyamki, to‘ng‘ich o‘g‘limni boqish tajribasidan bu jarayon qanday kechishini bilardim).

Shu asnoda, o‘g‘limga qo‘shimcha ovqat berishni boshlamagunimcha, yarim yil davomida faqat ko‘krak suti bilan boqdim.

Ushbu mushkul shaxsiy tajribam quyidagi xulosa chiqarishimga olib keldi: ko‘krak suti bilan boqishning asosiy qonuni - talab taklifni yuzaga keltiradi. Hozir kenja o‘g‘lim 2,5 yoshda, va, dunyodagi sog‘liqni saqlash sohasi ekspertlari tavsiya qilganlaridek,  men uni hanuz ko‘krak suti bilan boqib kelyapman.  


Marta o’qilgan: 495


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar