Tatyana Markaryan: «Ko‘krak suti o‘g‘limni turli kasalliklardan saqlayapti»

Chop etish versiyasi
02 Avgust 2016
1 1 Fotosuratlar

Mening farzandim barvaqt dunyoga keldi: tug‘ruq jarayonida qon keta boshladi va favqulodda chora sifatida qornimni yorib bolamni olishga to‘g‘ri keldi. O‘g‘lim bir hafta reanimatsiyada bo‘ldi. U mustaqil ovqatlana olmasdi, shu sababli menga sun’iy boqishga o‘tishni taklif qilishdi. Shifokorlar operatsiyadan so‘ng mening sog‘lig‘imdan havotirlanib, “endi bolani boqishga juda qiynalasiz, tunlari uxlamay chiqasiz” deb aytishdi. Lekin men o‘g‘lim sog‘lom o‘sib-ulg‘ayishi uchun biroz sabr qilishni lozim topdim va shifokorlarning takliflarini rad etdim. Men bolamni ko‘kragim bilan boqishni xohlardim.

Kichkintoyni muntazam ravishda 40 daqiqadan 1 soatgacha tanaffus bilan boqib turish shart edi. Men sutimni suzib olib, reanimatsiyaga olib borardim. Bolam juda kichik edi va u yig‘lay boshlashi bilan men unga ko‘kragimni berardim.  

Farzandim bir yoshga to‘lgunga qadar aqliy rivojlanish, asab tizimi rivojlanishi, bo‘yi va vazni ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘z tengdoshlariga yetib oldi.  Lekin, agar men o‘shanda ko‘krak suti bilan boqish o‘rniga sun’iy boqishni tanlaganimda, hozir o‘g‘lim rivojlanishi bo‘yicha o‘z tengdoshldariga yetolmasdi, deb o‘ylayman.  

Ayol organizmi bola uchun kerak bo‘lgan barcha ozuqalarni ishlab chiqaradi. Farzandim barvaqt tug‘ilganida mening sutim birmuncha yog‘liroq va to‘yimliroq bo‘lgan, chunki bolamga kuchliroq ozuqa kerak bo‘lishini bilgan. Lekin eng muhimi, chaqaloq qo‘llaringizda, bag‘ringizda bo‘lganida, unga mehr-muhabbatingiz ko‘proq o‘tadi!

Bugun men o‘z qarorimdan afsuslanmayman, deb ishonch bilan aytishim mumkin.  Men operatsiya va narkozdan keyin juda kuchsizlanib qolganligimga qaramasdan, bolamni ko‘krak suti bilan boqishni tanlaganim juda to‘g‘ri edi. Bundan tashqari, bu juda qulay va tejamli! Hech qanday sterilizatorlar, shishachalar, tez aynab qoladigan aralashmalar kerak emas, chunki ko‘rak suti - bu eng toza va ishonchli ozuqadir!

Marta o’qilgan: 110


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar