Kseniya Rijkova: «Ko‘krak suti bilan boqish – bu nafas olish, eb-ichish kabi tabiiydir»

Chop etish versiyasi
03 Avgust 2016
1 1 Fotosuratlar

Homiladorlik hayotimning eng ajoyib davri bo‘lgan. Mening kichkintoyim zoriqib qutilgan va tug‘ilmasdanoq g‘oyatda sevimli edi.  

Afsuski, tug‘ish vaqti yetib kelganda barcha jarayon umuman boshqacha kechdi. Xavfli holat yuzaga kelganligi sababli qornimni yorib bolamni olishdi, natijada ikkovimizni reanimatsiyaning har xil bo‘limlariga olib ketishdi va chaqaloqni qo‘limga olib, emizib ko‘rishning hech qanday iloji yo‘q edi.  

Ilk bor o‘z farzandimni – jajjigina baxtimni! – reanimatsiya palatasidan chiqqanimdan keyin ko‘rishga muyassar bo‘ldim. Chaqaloqni qanday qilib emizishni menga hech kim o‘rgatmagan, lekin ikkalamiz ham nima qilish kerakligini aniq bilardik. Bu tug‘ma tuyg‘u edi: tug‘ishdan avval ko‘krak suti bilan boqishda muammolar yuzaga kelishi mumkinligi xayolimga ham kelmagan. Men uchun bolani emizib boqish xuddi nafas olish, eb-ichish kabi tabiiy holat edi. O‘g‘ilcham ko‘kragimni ema boshladi va bu meni g‘oyatda zavqlantirib yubordi!

Tez orada meni oddiy palataga o‘tkazishdi. Doktor menga bolajonimni olib kelganda, men uni olib, so‘ng qo‘llarimdan chiqara olmadim. Men u tug‘ilgandan keyin ham, go‘yo, biz yaxlit bir butunligimizcha qolganimizdek his qildim o‘zimni!

Afsus, ertasiga o‘g‘ilcham ko‘kragimni ema olmadi va ovqatlanmay qoldi. Men buning sababini tushunmadim: bola kechagina yaxshi emib turgan edi, bugun esa birdaniga buni qilmay qo‘ydi. Men yarim kun o‘zim biron chora ko‘rishga urindim. Lekin hech narsa yordam bermadi. Shunda men sarosimaga tushib qoldim va shifokor bilan hamshirani chaqirdim… Ular menga ko‘kragimdan qanday qilib sut suzib olishni ko‘rsatishdi va natijada emchak uchlari shikastlanib, chuqur yoriqlar paydo bo‘ldi. O‘g‘limning og‘irligini o‘lchashganda u 200 gramm yo‘qotganligi ma’lum bo‘ldi. Ochiqqanligi va suvsizlanib qolganligi sababli bolamning harorati ko‘tarildi.  

Farzandim biroz bo‘lsada ovqatlanib olishi uchun men hamma narsaga tayyor edim.  

Shunda men qanday bo‘lmasin ko‘krak suti bilan boqish uchun kurashishga ahd qildim. Mening qalbimda o‘ta kuchli ona his-tuyg‘usi uyg‘ondi, va men, tishlarimni siqib, ko‘kragimni kichkintoyimning og‘ziga kuch bilan solib qo‘ydim. Va, buni qarangki – haqiqiy mo‘’jiza ro‘y berdi! Bolam ko‘kragimni ema boshladi! Men uni emizib boqayotganimga quvonganimdan yig‘lab yubordim! Shundan buyon chaqaloqni sun’iy aralashma solingan shishachadan boqish to‘g‘risida hech kim o‘ylamay qo‘ydi!

Tez kunlarda biz tug‘ruqxonadan chiqib, uyimizga jo‘nab ketdik. Bir haftadan keyin esa yana shifoxonaga tushib qoldik – murakkab tug‘ruqning oqibatlari yuzaga chiqdi.  Kunlar juda issiq edi, o‘g‘lim esa men bilan birga bo‘lgan, lekin biz hatto aylangani chiqolmasdik. Bunday vaziyatda bizga ko‘krak suti bilan bola boqishim ayniqsa qo‘l keldi.  

Sekin-asta barchasi joyiga tushdi. Hozir o‘g‘lim bir yoshga to‘ldi. U juda harakatchan, yuguradi, o‘zi eb-ichadi, ko‘p so‘zlarni bilim olgan, uni atrofdagi barcha narsalar qiziqtiradi. Men uni ko‘krak suti bilan boqishni davom ettiryapman. O‘tgan bir yil ichida bu menga ko‘p bora yordam bergan: og‘ir tug‘ruq oqibatlarini davolashda, bolaning tishi chiqayotganda og‘riqlarini bosishda, kichkintoy tajang bo‘lib qolganda yoki yig‘laganda uni tinchlantirishda hamda ovqat, ichimlik, uyqu dori, xavfsiz muhit yaratuvchi vosita, o‘yinchoq sifatida ham juda qo‘l kelgan.

Va eng muhimi – ona va bola o‘rtasidagi ana shunday ajralmas aloqa orqali biz bir-birimizni yanada yaxshi tushunamiz. Ko‘krak suti tarkibidagi antijismlar nafaqat bolamni himoya qiladi va immunitetini kuchaytiradi, balki faqat men ona sifatida bera oladigan cheksiz onalik mehrimning bir qismini ifodalaydi! Shu bois ham men ko‘krak suti bilan boqish va uzoq vaqt davomida bolani shu yo‘l bilan oziqlantirishni tanlayman. 

Marta o’qilgan: 154


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar