Ko’krak suti bilan oziqlantirish…doim to’g’ri qaror

Chop etish versiyasi
06 Avgust 2016
3 3 Fotosuratlar

O’glim tepa labida tug’ma nuqson bilan tug’ildi. Tug’ruqxonada hamma menga achinayotgandek tuyulardi. Bolamni birinchi bor ko’rganimda, ko’zimdan yosh chiqib ketdi, lekin bu quvonch yoshlari edi.

Men chaqalog’imni birinchi bor bag’rimga bosishdan, uning sog’lom ekanligidan baxtiyor edim. Unga Ma’sud deb ism qo’ydik. Uning lab yorig’i faqat kosmetik nuqson bo’lgani uchun bolam uning ko’krak sutini ema olishiga to’sqinlik qilmas edi. Bundan juda quvondim.

Homiladorlik paytimda men ko’p adabiyotlar, yosh onalar uchun tavsiyalarni o’qigan edim. Shu bois emizishni imkon qadar ertaroq boshlab, bu amaliyotni uzoq davr mobaybida davom ettirishga qaror qildim… ham Ma’sud, ham o’zim uchun.  

Tan olishim kerakki, ultratovush ko’rigida farzandim nuqson bilan tug’ilishini bilganimda, homiladorligimning oxirigi oyini tushkunlik va xavotirda o’tkazdim. Lekin turmush o’rtog’im va oilam yordamida o’zimni qo’lga olib, bolamga qanday qilib yaxshi parvarish ko’rsatishim mumkinligini bilib olishga harakat qildim.

Ma’sud tug’ilganidan keyin oilam onalikka butun vujudim bilan berilib ketishimga yordam berdi. Xushmuomala hamshira va shifokorlar menga ko’p narsalarni tushuntirib berishdi. Onalik to’g’risida ko’p o’qigan bo’lsam ham, ularning amaliy va o’z vaqtida berilgan maslahatlari Ma’sudni to’g’ri parvarish qilishimga yordam berdi.

Bolani emizishga, uning labchasi bilan  ko’krakni to’g’ri ema olishiga son-sanoqsiz harakatlarimizdan keyin, uzoq kutilgan sut kelganini sezdim va hech narsa, xatto lab yorig’I ham to’sqinlik qila olmasligini bildim. Man o’zimni juda ham qoniqqan his qilardim; chaqaloqni birinchi bor emizish hissiyoti unutilmas bo’lar ekan. Bu hissiyotlarni tabiiy deb ta’riflashdan boshqa so’zim yo’q. Biz nihoyat buning uddasidan chiqdik, men 6 oy davomida bolamni faqat ko’krak suti bilan oziqlantirdim. Bundan juda baxtiyor edim.

Keyin esa farzandimning labini operatsiya qilish payti keldi. Men yana xavotirga tushdim, chunki operatsiyadan keyin o’g’limni yana emiza olamanmi, yo’qmi bilmas edim. Ko’pchilik operatsiyadan oldin bolalarini sutdan ajratishlarini eshitgan edim. Bola labida chok bilan o’zi ema olishini tasavvur qilish qiyin edi. Turli gaplarni eshitib, xavotirim kundan-kunga oshib borar edi.

Internet saytlari, forumlar, tibbiy klinika saytlaridan o’xshash vaziyat to’g’risida ma’lumot izlar edim. Operatsiyaga oz vaqt qolganida AQSHda yashovchi bir ona hikoyasini o’qib qoldim. U bolasining lab yorig’ini tuzatish bo’yicha operatsiyadan keyin bir necha soatgina o’tgach emizishni uddasidan chiqqan ekan. Bu hikoya mening emizishni davom ettirish borasidagi shonchimni mustahkamladi. Ko’nglimda hammasi yaxshi bo’lishiga umid paydo bo’ldi.  

Operatsiya kuni ham yetib keldi. Tan olishim kerakki,  bu o’zimni nochor his etgan kunim edi. O’z bolamni og’riqdan qiynalayotganini ko’ra turib, hech narsa qila olmas edim. O’sha kunni unutishni istar edim.

Kun yakunida bizni muolaja xonasiga og’riqni qoldiradigan ukol qilishgga chaqirishdi. Undan keyin bolani qaytib xonaga olib bordim-da, uni yonimga yotqizib qattiq quchoqlab oldim. U menga aqlli ko’zlari bilan uzoq qarab yotdi. Bolam ukoldan keyin juda tinch ko’rinar edi va men yana bir bor emizishga qaror qildim. Qarangki, u emishni boshladi! Ma’sud labida bir necha soatli yangi choki bilan bo’lsa-da ema oldi. U uzoq emar ekan, men yelkamdan tog’ ag’darilganday sezdim.  

Keyingi tuzalish davri emizish imkoniyati bilan ancha oson kechdi. Bu bizning ajoyib kuchimiz edi. Hozir Ma’sud 10 oylik bo’ldi. U aqlli va qiziquvchan bola. Ishlayotgan bo’lsam ham, uni emizaman. Qancha lozim bo’lsa, farzandimni shuncha uzoq emizish niyatim bor. Bolam uchun menga tabiat tomonidan in’om etilgan a’lo va bepul mo'jizadan kechishga hech ham o’rin yo’q.


Marta o’qilgan: 176


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar