77 million nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqlar umrining ilk soatida ko‘krak sutidan bahramand bo‘lolmaydilar

Chop etish versiyasi
07 Avgust 2016
1 1 Fotosuratlar

Ko‘krak suti bilan boqishni to‘xtatib qolish chaqaloqlar o‘limi xavfini 80 foizga oshiradi.

Qariyb 77 million nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yoki har ikkinchi go‘dak dunyoga kelganidan keyin birinchi soat davomida ko‘krak suti bilan boqilmaydi va shu sababli ular turli kasalliklar va nobud bo‘lishdan himoyalovchi muhim hayotiy ahamiyatga ega ozuqa moddalardan, shuningdek o‘z onalari bilan bevosita aloqadan mahrum bo‘ladilar, deb ta’kidlaydi UNICEF.

“Xalqaro tadqiqotlar ko‘rsatishicha, agar yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotining ilk soatida ko‘krak suti bilan boqilsa hamda umrining ilk olti oyi davomida faqat ko‘krak suti bilan oziqlantirilsa, bunday go‘dakning yashab ketish imkoniyatlari, salomatligi, intellektual rivojlanishi ancha yaxshi bo‘ladi, butun mamlakat miqyosida esa bu, aholining salomatligi mustahkam bo‘lishi hisobiga, jiddiy iqtisodiy samaraga olib keladi,” - deb ta’kidlaydi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini ijro etuvchi Berina Arslangich-Ibishevich. “Tug‘ilishidan boshlab olti oylik bo‘lgunicha faqat ko‘krak suti bilan boqilgan go‘daklar omon qolish uchun eng ko’p imkoniyatga ega bo’lib, hayotini eng yaxshi tarzda boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.”

Dunyoga kelishi bilan hayotining birinchi soatidan boshlab ko‘krak suti bilan boqiladigan chaqaloqlar soni keyingi 15 yil davomida birmuncha sust sur’atlarda ortib bordi. UNICEF tomonidan o‘tkazilgan global tahlil tug‘ruq jarayonida shifokorlar, hamshiralar, akusherlar ishtirok etishlariga qaramasdan, ayollarga chaqaloqni birinchi marta emizib boqish uchun zarur bo‘lgan yordam berilmasligini ko‘rsatdi.   

Go‘dakni ilk bor ko‘krak suti bilan boqish qanchalik kechiktirilsa, bola umrining birinchi oyi davomida nobud bo‘lishi xatari shunchalik yuqori bo‘ladi. Chaqaloq tug‘ilganidan keyin uni emizib boqish 2-23 soatga kechiktirilishi go‘dak umrining  birinchi 28 kuni ichida hayotdan ko‘z yumishi xatarini 40 foizga oshiradi. Chaqaloqni ko‘krak suti bilan boqish 24 soat va undan ortiq vaqtga kechiktirilishi o‘lim xatarini 80 foizga oshiradi. 

«Ko‘krak suti bilan go’dakni oziqlantirish uni turli kasalliklardan ilk emlashdir, - deb e’tirof etadi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Dilorom Axmedova. “Chaqaloq hayotining birinchi olti oyida unga ko‘krak sutidan o‘zga suyuqlik yoki ozuqa talab etilmaydi.»

Ko‘pgina mamlakatlarda go‘daklarni tug‘ilishidan boshlab har xil aralashmalar, sigir suti yoki shirin suv bilan oziqlantirish odat bo‘lib qolgan. Bunday suyuqliklar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning deyarli yarmiga beriladi. Ozuqaviy jihatlari past darajada bo‘lgan bunday suyuqliklar bilan boqiladigan bolajonlar kamroq ko‘krak emadilar va bu onalar uchun emizib boqishni boshlash va davom ettirishda qiyinchiliklar tug‘diradi.  

Butun dunyoda chaqaloqlarning faqat 43 foizigina olti oylik bo‘lgunicha faqat ko‘krak suti bilan boqiladi. Umuman ko‘krak suti bilan boqilmaydigan chaqaloqlarning muntazam emizib boqiladigan go‘daklarga nisbatan nobud bo‘lish ehtimoli 14 baravar ko‘pdir.   

Har qanday miqdordagi ko‘krak suti bolalar o‘limi xatarini jiddiy pasaytiradi. Umrining ilk olti oyi davomida hech bo‘lmasa ma’lum miqdorda ko‘krak suti bilan boqilgan bolalarga nisbatan ko‘krak suti berilmagan bolalar turli infeksiyalarga chalinish sababli 7 baravar ko‘proq hayotdan ko‘z yumishi ehtimoli bor.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 696


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar