Jahon ro‘krak suti bilan boqish haftaligini nishonlash maqsadida (1-7 avgust 2016 yil), UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bolani emizib boqishning ahamiyati haqidagi xabardorlikni oshirish uchun “korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i bilan hamkorlik

Chop etish versiyasi
05 Avgust 2016
3 3 Fotosuratlar

“Korzinka” supermarketlari butun Toshkent bo‘ylab qulay joylashgan va ko‘p sonli mijozlarning e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. Shu sababli bunday gavjud joylarda ko‘krak suti bilan boqish bilan bog‘liq stendlarni joylashtirish tegishli ma’lumotlarni tarqatishda katta samara beradi. “Korzinka” kabi keng tarqalgan tarmoq bir kunda minglab odamlarga axborot yetkazish imkoniga ega; butun hafta davomida stendlarni qanchadan-qancha insonlar ko‘rishi haqida o‘ylab ko‘rsak, bu jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga amin bo‘lamiz.  

UNICEFning ko‘ngillilari to‘rtta supermarketda mijozlarning ayrimlari bilan suhbatlashish baxtiga muyassar bo‘ldilar va odamlar avloddan-avlodga, erkaklar va ayollar ko‘krak suti bilan boqish tarafdori ekanliklarini eshitib, hayratlandilar. Barcha yosh toifadagi mijozlar emizib boqishning foydali jihatlarini bayon qilib, «ko‘krak suti bilan boqish bolaning immunitet tizimini mustahkamlaydi va uni turli kasalliklardan himoya qiladi», deb ta’kidladilar. Onalardan biri bu masaladagi o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, ona va bola o‘rtasida his-tuyg‘uli aloqani shakllantirishda ko‘krak suti bilan boqish naqadar muhimligini e’tirof etdi. Hali onalik to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishga ham ulgurmagan yosh qizlardan biri esa bolani emizib boqishning afzalliklari haqida quyidagi fikr bildirdi:  “Men bolani ko‘krak suti bilan boqishni albatta qo‘llab-quvvatlayman. Boqishning bu usuli sog‘liq uchun qanchalik foydali ekanligini eshitganman va bolalarga bunday ozuqadan bahramand bo‘lish imkoni berilishi lozim, deb hisoblayman”.        

Bu jarayonda emizib boqish bolani oziqlantirishning eng maqbul usuli, degan fikrga barcha ayollar ham birdek qo‘shilmasliklari ham ma’lum bo‘ldi. Biz bu mavzuda buvalar, otalar, hatto bo‘lajak otalar bilan ham suhbat qurdik, va ularning barchasi “agar imkon bo‘lsa, bolani ko‘krak suti bilan boqish uni oziqlantirishning eng yaxshi usuli”, degan fikr bildirdilar.  Yosh otalardan biri quyidagilarni bayon qildi: “Hech qanday formula, ya’ni sun’iy ozuqa ona sutining o‘rnini bosa olmaydi, chunki u chaqaloq uchun eng ajoyib tabiiy va foydali ozuqa turi hisoblanadi”. Kattaroq yoshdagi oila a’zosi ham bu nuqtai nazarni tasdiqladi: “Men ko‘p farzandlarimni tarbiyaladim va ularning barchasi ko‘krak sutini emib katta bo‘lishgan, chunki u eng xavfsiz ozuqa manbaidir”.   

Ko‘krak suti bilan boqish faqat onalargagiga tegishli emas. U aslida butun oila, jamiyat va, qolaversa, butun sayyoramizga foyda keltiradi. Go‘dakni umrining ilk olti oyi davomida, so‘ng esa 2 yoshga to‘lgunicha faqat emizib boqish iqtisodiy, ekologik, ma’rifiy va sog‘lomlik sohalaridagi afzalliklari bilan ahamiyatlidir. Ko‘krak suti bilan boqishning barcha ustunliklari haqidagi batafsil ma’lumotlarni quyidagi manzildan olishingiz mumkin http://worldbreastfeedingweek.org/

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 538


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar