Ko‘krak suti bilan boqishni tanlayman – chunki bu shunga munosibdir

Chop etish versiyasi
07 Avgust 2016
2 2 Fotosuratlar

Men tibbiyot instituti talabasi bo‘lib yurgan davrimda ajoyib qizaloqni dunyoga keltirdim. Biroq hali haqiqiy shifokor bo‘lib yetishmagan edim va o‘qishimni albatta oxirigacha yetkazishni istardim. Shuning uchun tug‘ruqdan so‘ng ikki haftadan keyin yana institutga qaytdim.

Bolam olti oylik bo‘lgunga qadar o‘tgan davr juda og‘ir kechdi, lekin menga butun oilam yordam berdi. Menga akademik ta’til olishni ham maslahat berishdi, biroq men “hech qanday ta’tilga chiqmayman, hali ancha o‘qishim kerak”, deb javob berdim. Natijada ertalab qizalog‘imni o‘zim emizib boqardim, so‘ng sutimni suzib olib, bolamni buvim bilan qoldirardim va o‘qishga yugurardim. Tanaffuslar paytida esa go‘dakni boqish uchun shoshib uyga kelardim. Har bir kunim shu asnoda o‘tdi.  

Imtihonlar vaqtida ruhiy ta’sirni boshdan kechirganimda sutim kamayib qoldi. Shunda menga ko‘krak sutimga qo‘shimcha bolamga tegishli aralashmalarni berishimni taklif qilishdi, lekin onam - shifokor akusher-ginekolog, sutim miqdori yana me’yoriga qaytishi uchun faqat ko‘krak bilan emizib boqishni davom ettirish lozim, deb ta’kidladilar. Chindan ham, men qizimga ko‘kragimni yanada ko‘proq bera boshladim va sutimning hajmi avvalgi miqdoriga qaytib, men uni yetarlicha boqishga kirishdim.

Shu bilan birga men imtihonlarni topshirishdan oldin ruhiy ta’sir, hayajon bilan kurashishni o‘rgandim – barchasi yaxshi bo‘ladi, deb o‘zimga-o‘zim aytardim, keladigan sutim miqdoriga salbiy ta’sir bo‘lmasligi uchun asabiylashmaslikka harakat qilardim. Vujudim meni eshitardi va hamohang harakat qilardi.  

Men bolani faqat ko‘krak suti bilan boqish eng to‘g‘ri yo‘l ekanligiga chin yurakdan ishonaman. Qizalog‘im qishda tug‘ilgan, atrofdagi odamlarning ko‘pchiligi shamollash kasalliklariga chalingan edi, men esa bolamni tez-tez emizib turdim va shu tufayli u butun sovuq kunlar mavsumida sog‘lom bo‘lib qolaverdi. Hozir bolam yetti oylik bo‘ldi, lekin u biron marta xastalanmadi, chunki ko‘krak suti – bu eng yaxshi vaksinadir. Tibbiyot nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, ko‘krak suti go‘dakni barchasidan yaxshi himoya qiladi. Shuningdek, odatda chaqaloqlar bir oyda 800 grammga semiradigan bo‘lsa, qizimning vazni har oyda 1 kilogrammga ortgan. Men buning uchun juda ko‘p kuch-g‘ayrat sarfladim, albatta, lekin bolamni faqat ko‘krak suti bilan boqishni tanlaganimga hech afsuslanmayman. Farzand dunyoga kelganidan so‘ng hamma ustuvorliklar o‘zgaradi, shu bois sizning barcha sa’y-harakatlaringiz bolangiz manfaatiga qaratiladi. Bunday yuksak baxt yo‘lida har qancha fidoyilik qilsa arziydi.   

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 348


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar