Kelajak haqida o‘ylab: TV dasturlarda bolalar ishtiroki darajasini oshirish

Chop etish versiyasi
22 Avgust 2016
1 1 Fotosuratlar

UNICEF Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (EOAVMA) bilan bolalarning bevosita ishtirokida ular uchun sifatli dasturlarni ishlab chiqish yo‘nalishida hamkorlik qiladi.

2016 yil 10 avgustdan 15 avgustgacha UNICEF jamoasi tomonidan bolalar televizion dasturlarini ishlab chiqishga jalb etilgan yosh jurnalistlar uchun olti kunlik seminar o‘tkazildi. Ushbu tadbir har yilgi media-lager doirasida amalga oshirildi. Butun O‘zbekistondan kelgan media-ekspertlar Samarqand viloyatining xushmanzara go‘shasida yig‘ilib, xalqaro ekspertlardan saboq oldilar va boshqa mintaqalardagi hamkasblari bilan tajriba almashdilar.

UNICEF jamoasi bir hafta davomida g‘ayrat-shijoatga to‘lgan o‘n besh nafar ishtirokchilar bilan ish olib bordi. Interfaol trening davomida Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya, ishtirok etish tamoyillari, kommunikatsiyalar nazariyasi va bolalar televizion dasturlarni yaratish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga oid masalalar yoritildi.

Seminar yakuniga kelib ishtirokchilar qo‘llarni sovunlab yuvish hamda axborot-kompyuter texnologiyalariga bog‘liqlikning ziyoni haqidagi masalalarga bag‘ishlangan ikkita ijtimoiy reklama roliklarini tayyorladilar.

Shu bilan birga ishtirokchilar bolalarning erta yoshdagi rivojlanishi masalalarini qamrab olgan boshqa ijtimoiy reklama roligi uchun ssenariy va tasvirlar ketma-ketligini ishlab chiqdilar. Bundan tashqari yangi bolalar televizion dasturlarining ikkita konsepsiyasi ishlab chiqildi va muhokama qilindi.

«Lagerga yaqin joylashgan mahalla bolalari bilan birgalikda rolikni yaratish ustida olib borgan ishimiz tajribasi barchamiz uchun katta yangilik bo‘ldi,« — deb bayon qiladi navoiylik reportyor Go‘zal. «Dasturni loyihalashtirish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida bolalar band bo‘lishi yanada katta samara beradi. Shuningdek, biz „ishtirok ko‘rsatkichi“ bo‘yicha o‘zimizning joriy darajamizni baholash va kelgusida erishishni ko‘zlayotgan maqsadimizni belgilashga qiziqdik».

«Men kommunikatsiyalar nazariyasining qanday hajmini olti kunlik seminar davomida o‘rganish mumkinligini tasavvur eta olmagan edim. Biz xulq-atvor o‘zgarishiga qaratilgan kommunikatsiyalar to‘g‘risida xabar topganimiz sari bolaga yo‘naltirilgan dasturlarga nisbatan barchamizning munosabatimiz o‘zgarishini angladim. Buning uchun men trenerlar jamoasiga minnatdorlik bildiraman,« — deb qo‘shimcha qiladi toshkentlik jurnalist Sherzod.

Media-lager tadbirlarining natijalari 2016 yil 16 avgustda Samarqandda bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda ko‘rib chiqildi. Turli mamlakatlardan taklif etilgan media-ekspertlar mamlakatda nodavlat ommaviy axborot vositalarini mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalarini bayon qildilar.

UNICEF tomonidan taklif qilingan kommunikatsiyalar bo‘yicha ekspert doktor Barbara A. K. Franklin O‘zbekistonda EOAVMA tomonidan barqaror investitsiyalar yo‘naltirilishi sharoitlarida bolalar televizion dasturlarini yanada rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligini ta’kidlab o‘tdi.

Global tadqiqotlar ko‘rsatishicha, xulq-atvor ijobiy o‘zgarishini televideniyeda modellashtirish odamning aynan qanday axloqini namunali deb tushunish lozimligi yuzasidan bola ongiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu kabi bolalar dasturlari O‘zbekiston bolalari va yoshlarining ijobiy rivojlanishiga jiddiy hissa qo‘shish imkoniga ega.

Marta o’qilgan: 660


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar