Yangi vaktsina O’zbekiston bolalarini pnevmokok infektsiyalaridan asraydi

Chop etish versiyasi
23 Avgust 2016
5 5 Fotosuratlar

Zotiljam kasalligi bolalar o’limiga olib keluvchi kasalliklar o’rtasida dunyoda birinchi o’rinda turadi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga qaraganda, 2015 yilda zotiljam kasalligi dunyoda 922 mingta 5 yoshga to’lmagan bolalarning hayotiga zomin bo’lgan. Bu esa ushbu yosh guruhidagi o’limlarning 15 foizini tashkil etadi.

Bundan keyin O’zbekistondagi bolalar ushbu halok qiluvchi kasallikdan himoyalangan bo’ladilar, chunki 2015 yilning noyabr oyida O’zbekiston Milliy emlash taqvimiga pnevmokokk vaktsinasi kiritildi. Ushbu vaktsina shuningdek, meningit, bakteremiya, o’rta otit, sinusit va bronxit infektsiyalari yuqishining oldini oladi.

Joriy yilning 19–20 avgust kunlari mamlakatning barcha hududlaridan immunizatsiya va pediatriya sohalaridagi mutaxassislar Toshkent shahrida yig’ildilar. Bunga sabab Sog’iqni saqlash vazirligi bilan UNICEF tomonida birgalikda tashkil etilgan ilmiy anjuman bo’ldi. Mazkur tadbir doirasida O’zbekistonning Kengaytirilgan emlash dasturi (KED) muhokoma qilindi.

"Emlash — bolalar hayotiga tahlika soluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda ishonarli vosita hisoblanadi," — deydi KED milliy muvofiqlashtiruvchisi, doktor Dilorom Tursunova. "Vazifamiz O’zbekistondagi bolalarning farovonligini ta’minlash maqsadida ularning barchasini havfsiz vaktsinatsiya bilan qamrab olishdan iborat," — deb qo’shimch qildi u.

UNICEF O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligiga JSST sertifikatiga ega bo’lgan vaktsinalarni sotib olishda ko’maklashib kelmoqda. Ushbu vazifani bajarishda sovuqlik zanjirining uzliksizligini ta’minlashga katta e’tibor beriladi. Shundagina vaktsinalarning sifatiga putur etmasligini ta’minlash mumkin. Hozirgi kunda sog’liqni saqlash yo’nalishidagi 3000 nafarmutaxassis hamda tibbiyot kollejlarining 300 nafar o’qituvchilari havfsiz vaktsinatsiya bo’yicha JSST modullari bo’yicha o’quv kurslarini tamomladilar. Ushbu modullar emlash protokoli, mikro-rejalashtirish, sovuqlik zanjiri nazorati va monitoring masalalarini qamrab oladi. Mamlakatning eng chekka hududlarini qo’llab-quvvatlash borasida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga ko’maklashish maqsadida UNICEF ushbu modullar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Surxandaryo va Qashqadaryo viloyatlarida o’qitish tadbirlarini rejalashtirgan.

"O’zbekiston pnevmokokk vaktsinasini milliy miqyosda tadbiq etish borasida mintaqadagi eng oldi mamlakatlar safiga kiradi. Bu esa mamlakatda bolalar o’limi va bolalar kasallanishi ko’rsatkichlarining pasayishiga olib keladi. O’zbekistonda Kengaytirilgan emlash dasturining tadbiq etilishi natijasida mamlakatdagi barcha bolalar hayot uchun havfli bo’lgan infektsiyalardan himoyalangan bo’ladilar,"- deydi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi Sog’liqni saqlash bo’limi rahbari Svetlana Shtefanets.

Marta o’qilgan: 223


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar