Mustaqillik kuni munosabati bilan O’zbek xalqiga tabriknoma

Chop etish versiyasi
31 Avgust 2016
1 1 Fotosuratlar

UNICEF Ơzbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 25 yilligi bilan qutlalab, eng yaxshi tilaklarni bildiradi.

Ơtgan 25 yil mamlakat tarixidagi muhim davrdir, va bugun ana shu yillar davomida erishilgan muvaffaqitlarni sarhisob qilish vaqtidir. Shubhasiz, yosh demokratik mamlakat sifatida Ơzbekiston maqtovga sazovor yutuqularga erishdi.

Mamlakatdagi bolalar ahvoli kuzatilar ekan, ular bugungi kunda omon qolish, sifatli ta’lim olish hamda parvarish borasida yanada yaxshiroq imkoniyatlarga ega ekanligini e’tirof qilish mumkin.

Bugungi bayramona kunda mamlakat keyingi 25 yilda qanday bơlishi tơg’risida ơylab kơrish mumkin. Ơzbekiston keyingi chorak asrga qadam qơyar ekan, yanada rivojlangan millat sifatida uning aniq maqsadlarini kơrish mumkin. Unda bolalar ơlimi doimiy ravishda kamayib boradi; ta’lim sifati yanada oshadi; barcha bolalar mehribon oilalarida voyaga etadilar. Barcha bolalarning barcha huquqlari hamma erda amalga oshiriladi.

Mamnuniyat bilan shuni eslatish mumkinki, mustaqil bơlganidan buyon Ơzbekiston qơplab xalqaro shartnomalarga qơshildi va ularni ratifikasi qildi. Bola huquqlari tơg’risidagi konvensiya shular jumlasidandir. Bu Hukumat bolalarning barcha huquqlarini tơlaqonli amalga oshirish bơyicha ơz zimmasiga olgan majburiyatdir.

2016 yil Sog’lom ona va bola yilidir. UNICEF umid qiladiki, bolalarga kơrsatilayotgan e’tibor va g’amxơrlik mutassil ravishda davom etadi.

Mana 22 yildirki, UNICEF Ơzbekiston Hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Sog’liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi islohotlarni qơllab-quvvatlashga, bola himoyasi masalalarida kơmak kơrsatishga tayyor ekanligini UNICEF yana bir bor tasdiqlaydi.

UNICEF Ơzbekistonning barcha fuqarolarini tarixiy sana — Mustaqillik kuni bilan yana bir bor qutlaydi hamda mamlakatdagi barcha bolalar teng va adolatli imkoniyatlarga ega bơlishlari, ularga maqbul dunyoda yashashlari uchun Hukumat amalga oshirayotgan tadbirlarni qơllab-quvvatlashda davom etishini tasdiqlaydi.

Marta o’qilgan: 779


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar