O‘tmishimiz haqida o‘qib, kelajagimizni yozamiz

Chop etish versiyasi
09 Sentabr 2016
1 1 Fotosuratlar

50 yil avval UNESCO 8 sentyabr kunini Xalqaro savodxonlik kuni sifatida rasman e’lon qildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqaro hamjamiyatni bu jarayonga faol safarbar qilish hamda savodxonlik har bir alohida inson va umuman butun jamiyat uchun ham naqadar muhimligini yoritishdan iborat bo‘lgan.

Bugun butun dunyo ushbu sana «O‘tmishimiz haqida o‘qib, kelajagimizni yozamiz» da’vati ostida e’lon qilinganligining 50-yilligini keng nishonlamoqda.

O‘zbekiston ko‘p yil oldin aholining yuqori darajadagi umumiy savodxonligiga erishgan. Bugungi kunda ta’lim sifatini yangi darajaga ko‘tarish vazifasi hukumat faoliyatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. UNICEF dasturi barcha bolalar uchun ta’lim sifatini yaxshilash sohasida mamlakat hukumatini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Boshqa masalalar bilan bir qatorda, UNICEF erta rivojlanish va bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil kamchiqim dasturlarni ishlab chiqish orqali erta ta’lim va inklyuziv o‘quv borasida ta’lim siyosatini qayta ko‘rib chiqish, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirishda yordam ko‘rsatmoqda.

Ayni paytda, UNICEF, chuqur bilimlarga asoslangan yondashuvdan foydalangan holda, o‘quv dasturini isloh qilish hamda maktab o‘qituvchilari va rahbarlari uchun ko‘maklashuvchi nazorat tizimini ishlab chiqishda hukumat sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, UNICEFning ta’lim dasturi bolaga nisbatan do‘stona bo‘lgan maktab muhitini yanada kuchaytirishga qaratilgan. Bunday muhit har bir bolaning xavfsizligi, salomatligi va himoyasini kafolatlaydi va bolalarga o‘z salohiyatlarini to‘laqonli rivojlantirishga imkon yaratadi.

Marta o’qilgan: 611


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar