Sasha Graumann UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari lavozimida ish boshladi

Chop etish versiyasi
12 Oktabr 2016
3 3 Fotosuratlar

Sasha Graumann UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari etib tayinlandi.

Sasha Graumann Germaniya fuqarosi. Oʻzbekistonga rasmiy vakolatxona rahbari etib tayinlangunga qadar soʻnggi toʻrt yil davomida UNICEFning Gruziyadagi vakolatxonasi rahbari lavozimida ishlagan. Mazkur lavozimda UNICEFning Gruziyadagi Mamlakat Dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda yetakchilik qilgan.

Gruziyadagi mehnat faoliyatidan oldin Sasha Graumann 15 yil davomida BMT tizimidagi turli lavozimlarni egallagan holda Gʻazo, Rossiya, Ukraina, Slovakiya va Tojikistondagi dasturiy faoliyat va amaliyotlarni boshqargan.

Sasha Graumann Berlin Texnika Universitetini tamomlagan, iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha Master darajasiga ega.

Shuningdek janob Graumann nemis tilidan tashqari ingliz va rus tillarida erkin soʻzlasha oladi. Oilali, ikki farzandning otasi.

Marta o’qilgan: 1048


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar