Qizlar uchun ko‘proq imkoniyat yaratamiz. Dunyoni o‘zgartiramiz

Chop etish versiyasi
11 Oktabr 2016
3 3 Fotosuratlar

Xalqaro qiz kuni qizlar huquqlarini butun dunyoda ilgari surish maqsadida tashkil etilgan edi. Har yili 11 oktyabrda butun sayyoramizdagi qizlar hayotidan olingan haqiqiy hikoyalar, ular ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida, erta nikohlar va teng imkoniyatlar masalasida duch kelayotgan qiyinchiliklarni yoritish uchun turli tadbirlar o‘tkaziladi.  

Bunday muammolar bilan dunyodagi har bir qiz to‘qnashmaydi, albatta, lekin ularning deyarli har biri ana shu qiyinchiliklarning hech bo‘lmaganda bittasiga mubtalo bo‘ladi, va modomiki shunday ekan, Qiz kuni muhim ahamiyat kasb etadi.   

11 oktyabr arafasida UNICEF tomonidan chop etilgan hisobotga muvofiq, global miqyosda 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar haq to‘lanmaydigan uy yumushlari, suv va o‘tin topib kelish uchun, xuddi shu yoshdagi o‘g‘il bolalarga nisbatan, bir kunda 40 foizga yoki 160 million soatga KO‘PROQ vaqt davomida ishlaydilar.

“Haq to‘lanmaydigan maishiy mehnatning ortiqcha yuklanmasi erta bolalikda boshlanib, qizlar o‘smirlik yoshiga yetganlarida yanada og‘irlashadi” – deb ta’kidlaydi Gender masalalari bo‘yicha UNICEFning Bosh Maslahatchisi Anju Malxotra. “Natijada qizlarga ta’lim olish, o‘sish va bolalik davridan oddiygina zavqlanish uchun muhim imkoniyatlarni qurbon qilishga to‘g‘ri kelyapti. Bolalar o‘rtasida mehnatning noteng taqsimlanishi ham gender taxlitlarini kuchaytirib, ko‘plab avlodlarga mansub ayollar va qizlar zimmasiga ikki karra ko‘proq vazifa yuklamoqda.”

Shuningdek, hisobotda qizlar bajaradigan ishlar kamroq ko‘zga tashlanishi va ko‘pincha munosib baholanmay qolishi haqida bayon qilingan. Ko‘p holatlarda oila a’zolari, shu jumladan boshqa bolalarni parvarishlash kabi kattalar vazifalari ham qizlar zimmasiga yuklatiladi. Bunday mutaassib ishlarga sarflangan vaqt qizlarning o‘yin-kulgi, muloqot qilish, ta’lim olish va BOLALIKKA mo‘ljallangan davrini cheklab qo‘yadi.

Qiz farzandning qasidasi

Mening ismim Qiz. Otam qiz farzand tug‘ilishidan xabar topganda bir to‘xtam xijolat tortgan. U meni yaxshi ko‘radi. Lekin men ana shu to‘xtamni juda yaxshi eslayman.

Mening ismim Qiz va dunyoga kelgan zahotimoq ota-onam, o‘g‘il ko‘rish umidida, keyingi farzandni rejalashtira boshlaganlar.

Mening ismim Qiz. Narsalarni qo‘lda ushlashni o‘rganishim bilanoq meni supurgini ushlash va pol yuvishga o‘rgatishadi.

Mening ismim Qiz va men akam kabi vaqt davomida o‘yin-kulgiga vaqt ajrata olmayman, chunki oshxona yumushlarida onamga yordam berishim lozim.  

Mening ismim Qiz va nima sababli ayrim kasblar men uchun emasligini tushuna olmayman.

Mening ismim Qiz va ko‘pincha maktabda mendan yuqori baholarni kutishmaydi, chunki “Men baribir olima bo‘la olmayman. Xo‘jalik yuritishni o‘rganishim ancha muhimroqdir”.

Mening ismim Qiz va men kichik aka-singillarimni parvarishlayman, chunki men, bo‘lajak ona sifatida, bolalarga g‘amxo‘rlik qilishni bilishim lozim.

Mening ismim Qiz va meni sukut saqlash va o‘zgalar fikriga qarshi chiqmaslikka o‘rganish eng yaxshi fazilat ekanligiga o‘rgatishadilar.

Mening ismim Qiz va mening turmagim va liboslarim qanday bo‘lishi lozimligini boshqalar hal qiladi.

Mening ismim Qiz va meni oddiygina Farzand deb nomlaganlarida, va men ham O‘g‘illar kabi o‘z orzularimni amalga oshirishga teng imkoniyatlarga ega bo‘lganimda, juda baxtiyor bo‘lardim.  

---

Qizlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida birlashaylik. Qizlar uchun ko‘proq qulay imkoniyatlarni yaratibgina, dunyoni yanada go‘zal va obod qilishimiz mumkin. 

Marta o’qilgan: 796


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar