O‘zbekistonning beshta mintaqasida 7000 nafardan ortiq maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilar qo‘llarni sovunlab yuvish amaliyotiga rioya etishga ko‘maklashmoqdalar

Chop etish versiyasi
15 Oktabr 2016
3 3 Fotosuratlar

Qo‘llarni oddiy sovunlab yuvish bolalar hayotini saqlab qolishi mumkin

TOSHKENT, 14 oktyabr 2016 y. — Global ma’lumotlar ko‘rsatishicha, kun davomida zarur holatlarda qo‘llarni sovunlab yuvish bolalarni diareya va vabo kabi hayot uchun juda xavfli infeksiyalardan himoya qilishi mumkin.

UNICEF mamlakatning Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasi kabi beshta mintaqalarida tegishli tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan maktab o‘quvchilari orasida ushbu muhim xulqiy ko‘nikmani ilgari surishda Xalq ta’limi vazirligiga yordam ko‘rsatmoqda. Tadbirda ushbu viloyatlarning olis hududlaridan 7000 nafar o‘quvchilar, ularning tarbiyachilari va o‘qituvchilari ishtirok etadilar.

Butun jahon qo‘llarni yuvish kuni arafasida UNICEF 2015 yilda butun dunyoda besh yoshgacha bo‘lgan 300 mingdan ziyod bolalar xavfsiz ichimlik suvi va sanitariya sharoitlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lmaganlik bilan bog‘liq diareya infeksiyalaridan nobud bo‘lganlari — ya’ni shu sababli kuniga 800 nafar bolalar hayotdan ko‘z yumganlari to‘g‘risida xabar bermoqda. Shunday bo‘lsa ham, qo‘llarni oddiy sovun bilan yuvish yordamida ko‘pgina nobud bo‘lgan bolalarning hayotini saqlab qolish mumkin edi.

«O‘zbekiston Hukumati barcha bolalar sog‘lom qolishi va diareya kabi xastaliklardan himoyalangan bo‘lishiga harakat qilmoqda. Ota-onalar va o‘qituvchilar qo‘llarni yuvish ko‘nikmasini uyda va maktabda ilgari surishda muhim rol o‘ynaydilar», — deb ta’kidlaydi UNICEFning O‘zbekistondagi Sanitariya va Gigiyena loyihasi direktori Xilola Aslanova, hamda qo‘shimcha qiladiki — «qo‘llarni yuvish bolalarni turli kasalliklardan himoyalaydigan profilaktik odat sifatida muhim ma’noga ega. Bu ko‘plab hayotlarni saqlab qolishning oddiy, iqtisodiy jihatdan samarali va isbotlangan usulidir».

Shuningdek, qo‘llarni to‘g‘ri yuvish amaliyoti bolalar sog‘lom rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklar tarqalishining kamayishi hisobiga qo‘llarni muntazam yuvish amaliyoti maktablardagi davomatni yaxshilaydi, chunki bolalar xastaliklar sababli darslarni o‘tkazib yubormaydilar.

«Ovqatlanishdan oldin va hojatxonaga kirib chiqqandan keyin qo‘llarni sovunlab yuvish kabi oddiy amaliyotlar pnevmoniya va diareya kabi kasalliklarning oldini oladi va diareya infeksiyalariga chalinishni 40 foizga kamaytiradi», — deya e’tirof etadi UNICEFning O‘zbekistondagi Vakili Sasha Graumann, va qo‘shimcha qiladi — «Bunday natijaga bolalar va oilalar tomonidan qo‘llarni sovunlab yuvish yuzasidan oddiy qaror qabul qilinishi orqali erishish mumkin».

Turli kasalliklar tarqalishining oldini olishda yordam berish uchun UNICEF bolalar, oilalar va hamjamiyatlarni qo‘llarni sovunlab yuvishni o‘zlari uchun odat qilishga da’vat etadi.

Qo‘llarni yuvish haqidagi faktlar:

  • Butun dunyoda taxminan har 5 kishidan 1 nafari hojatxonadan foydalangandan keyin qo‘llarini sovunlab yuvadi.
  • Har yili butun dunyoda 1,7 million nafar bolalar diareya va pnevmoniya sababli o‘zlarining beshinchi tug‘ilgan kunigacha yetib kelmay nobud bo‘ladilar.
  • Bolalar hojatxonadan keyin va ovqatlanishdan oldin qo‘llarini sovunlab yuvganlarida diareyaga chalinish xatarini 40 dan ortiq foizga kamaytiradilar.

###

UNICEFga oid

UNICEF o‘zining butun faoliyati bilan har bir bolaning huquqlari va farovonligini himoya qiladi. Faoliyatimiz davomida biz sheriklarimiz bilan birgalikda 190 mamlakat va hududlarda samarali ish olib borib, dunyodagi barcha bolalarning baxtli hayoti yo‘lida eng zaif va huquqlari cheklab qo‘yilgan bolalarga alohida e’tibor qaratib, qo‘yilgan vazifalarni amalda ro‘yobga chiqaramiz. UNICEF faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi veb-sahifaga kiring: www.unicef.uz, shuningdek Twitter va Facebook da bosib chiqariladigan e’lonlarimiz ketidan kuzating.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi manzillarga murojaat etishingizni so‘raymiz:

Xilola Aslanova, UNICEF O‘zbekiston, Tel: + 998 933803005, khaslanova@unicef.org
Maksim Fazlitdinov, UNICEF O‘zbekiston, Tel: + 998 935050162, mfazlitdinov@unicef.org

Marta o’qilgan: 536


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar