Qo‘llarni sovunlab yuvishni boshlash hech qachon kech emas

Chop etish versiyasi
21 Oktabr 2016
5 5 Fotosuratlar

Butunjahon qo‘l yuvish kuni 15 oktyabrda nishonlanadi. Joriy yilning mavzusi - «Qo‘l yuvishni odat qilib oling!»    

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda butun dunyoda 5 yoshgacha bo‘lgan 300 ming nafardan ortiq bola toza ichimlik suvi va sanitariya tarmoqlaridan foydalanish imkoni cheklanganligi natijasida infeksiyalardan nobud bo‘lgan - ya'ni bir kunda 800 nafar norasida hayotdan ko‘z yumgan! Bu o‘limlarning katta qismiga oddiy odat - sovunlab qo‘l yuvish orqali yo‘l qo‘ymaslik mumkin edi.

Kuniga minglab odamlar kirib chiqadigan Toshkentdagi Korzinka.Uz supermarketlarining eng yirik tarmoqlarida mavzuni yorqin ko‘rgazmali namoyish qilish yo‘li bilan UNICEF Butunjahon qo‘l yuvish kuniga bag‘ishlangan kampaniyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu supermarketlar tarmog‘i bilan hamkorlik qilmoqda.

Tarmoq do‘konlarining xaridorlari va xodimlari qo‘l yuvishni nima uchun targ‘ib qilish kerak, buni shunday ham barcha biladi-ku, deb so‘raydilar. Ana shu oddiy amaliyot minglab bolalar hayotini saqlab qolishi mumkinligi haqida juda ko‘p odamlar hanuz bilmaydilar.   

Shifokorlar quyidagi holatlarda qo‘llarni sovunlab yuvishni tavsiya qiladilar:

  • Ovqat tayyorlashdan oldin;
  • Ovqatlanishdan avval;
  • O‘yinchoqlarni o‘ynagandan keyin;
  • Hayvonlarni ushlagandan keyin;
  • Xojatxonaga kirib chiqqandan keyin.

Qo‘l yuvish - bu deyarli barcha ota-onalar o‘z farzandlarini o‘rgatadigan oddiy amaliyot bo‘lgan bir paytda, biz birgalashib qo‘llarni qanday va qachon yuvish lozimligiga oid muhim axborotni tarqatishimiz mumkin. Bunday ma'lumot, ayniqsa, bolalarda foydali odatlarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydigan o‘qituvchilar va ota-onalar uchun alohida ahamiyatlidir. Biron yangilikka odatlanish hech qachon kech emas degan fikrga barchamiz albatta qo‘shilamiz.

Marta o’qilgan: 344


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar