Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari tơg’risidagi farmoni xususida UNICEF bayonoti

Chop etish versiyasi
27 Oktabr 2016

ТОSHKENT, 27 ОКТABR 2016 y. — UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari tơg’risidagi Farmon qabul qilinganligini mamnuniyat bilan qutlaydi. Farmonda aytib ơtilgan adolatga etishish imkoniyatining kengaytirilishi; huquq va erkinliklarning kuchaytirilishi; jinoiy jazolashning liberallashtirlishi; hamda ozodlikdan mahrum qilishning ơrniga taklif qilinuvchi alternativ imkoniyatlar inson huquqlari va qonun ustivorligini ta’minlash sohasida xalqaro kun tartibidagi asosiy masalalardir.

Farmonda mutasaddi davlat organlariga Ơzbekistondagi bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini takomillashtirish bơyicha konsepsiyalar ishlab chiqish topshirilganligi alohida e’tiborga molik.

Yaqinda milliy qonunchilik va sud amaliyotlarini bolalar uchun adliya borasidagi xalqaro standartlar nuqtai nazaridan tahlili amalga oshirilgan bơlib, uning xulosalarida bolalarning adliya xizmatlaridan foydalanishlarini yanada qulaylashtirishga qaratilgan qonunlar ishlab chiqish va amaliyotlar tadbiq etish yơnalishida Ơzbekiston sezilarli natijalarga erishgani hamda mamlakat mukammal darajada ixtisoslashgan bolalar adliyasi tizimini yanada rivojlantirish ishiga sodiq ekanligi ta’kidlangan. Ham jinoiy, ham fuqarolik ishlari prosessual jarayonlarida, bolalar ularning huquq va ehtiyojlarini hisobga oluvchi umumiy qonuniy kafolatlar bilan ta’minlanganlar. Bolalar sud jarayonlarida faol va samarali ishtirok etishlari uchun ularga kơproq moslashtirilgan va maqbul bơlgan muhitni yaratish borasida ham ishlar amalga oshirilishi lozim.

Yuqorida tilga olingan huquqiy tahlilda aniqlangan natijalar va berilgan tavsiyalarga asoslangan holda UNICEF milliy qonunchilikka qơshimchalar kiritish va muhokama qilish jarayoniga bolalarning adliya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga oid quyidagi kafolatlarni kiritishni taklif etadi:

  • Umuiy kafolatlar va bola huquqlarining ta’minlanishi: Bola huquqlari tơg’risidagi konvensi yaga hamohang ravishda milliy qonunchilikka «bolaning oliy manfaatlari» tamoyilini kiritishni nazarda tutgan holda, sud, voyaga etmaganlar ishlari bơyicha komissiya va vasiylik/homiylik organlariga bola huquqlari buzilishi holatlariga oid ishlarni qabul qilish, ơrganib chiqish va kerakli choralarni kơrishda bolaning oliy manfaatlariga asoslanish bơyicha mufassal yơriqnomani taqdim etuvchi qarorni ishlab chiqish.
  • Jabrlanuvchi va jinoiy ishlar prosesslarida guvohlik beruvchi bolalar: sud jarayonida ishtirok etayotgan, yoshi 18 yoshdan yosh bơlgan barcha jabrlanuvchi va guvoh bolalarni himoya qilishni kuchaytirish. Xususan, butun sud jarayonida bolalar ơz otasi/onasi yoki boshqa qo’llab-quvvatlovchi shaxs bilan birga bơlishlarini ta’minlash. Boshqa tavsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi: bepul huquqiy yordam kơrsatish; sơroqlar soni va davomiyligini -qisqartirish; sud jarayoning yopiq bơlishi va shaxsiy dahlsizlikni ta’minlash; hamda sơroqlar uchun bolalarga dơstona bơlgan muhitni ta’minlovchi xonalarni joriy etish kiradi.
  • Qonun bilan ziddiyatdagi bolalar: Ozodlikdan mahrum etishni boshqa jazo turi bilan almashtirishni joriy etish, xususan ozodlikdan mahrum etishni eng sơnggi chora sifatida qơllash tamoyilini kiritish, sud zalida bolaga dơstona munosabatdagi muhitni ta’minlash va ozodlikdan mahrum qilishning ơrnini bosuvchi alternativ jazo turlarini kơpaytirish maqsadida Jinoyat Kodeksi va Jinoyat-prosessual kodekslarning mavjud moddalariga tơldirishlar kiritish. Shuningdek, jinoyat sodir atmagan bolani voyaga etmaganlar huquqbuzarliklarining oldini olish maqsadida maxsus ta’lim muassasalariga joylashtirishni bekor qilish va bunday muassasalarni ochiq yoki yarim ochiq tartibga ega bơlgan muassasalarga aylantirish tavsiya etiladi.
  • Fuqarolik ishlari bơyicha prosesseslardagi bolalar: 18 yoshga etmagan bolalar bilan ish olib borganda bolaga tuyg’ulariga e’tiborli bơlish bơyicha yanada yaxshi yơriqnomalarni kiritish hamda bolaning manfaati uning ota-onasi manfaatiga zid bơlgan barcha holatlarda advokat ishtirokini majburiy atib tayinlash hamda fuqarolik ishlari bơyicha sudyalarga bola huquqlari va manfaatlari borasida kơproq yơriqnomalar taqdim etish maqsadida milliy qonunchilikka tegishli ơzgartirishlar kiritish.

UNICEF Ơzbekiston hukumatiga adliya tizimi bilan jabrlanuvchilar, guvohlar yoki shubha ostidagi huquqbuzarlar sifatida muloqotga kirgan bolalar bilan ishlaganda yoki bolalarni parvarishlash, vasiylikka olish yoki himoya qilish bilan bog’liq ma’muriy yoki sud aralashuvlari lozim bơlgan hollarda xalqaro normalar va standartlarni tadbiq etilishini ta’minlash borasida yordam berish va har qanday texnik kơmakni kơrsatishga tayyor ekanligini yana bir bor ta’kidlaydi.

Marta o’qilgan: 485


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar