«Biz, xalqlar...» - BMT kunini bolalar bilan nishonlash

Chop etish versiyasi
28 Oktabr 2016

Har yili Toshkent xalqaro maktabi BMT kunini xalqaro hamjamiyat vakillari, o‘qituvchilar, BMT xodimlari va bolalar ishtirokida nishonlaydi.

Joriy yili sovuq kunlar erta keldi. Ob-havoga muvofiq kiyingan bolalar o‘z ota-onalari bilan maktabga kelyaptilar. Ular ishtiyoqqa to‘lib, turli mamlakat va mintaqalarni ifodalovchi an’anaviy liboslarga yasanish imkonini beruvchi omad kelib qolganligidan juda xursand. Bolalar bayroqlar hilpirab turadigan va davlat gimnlari yangraydigan o‘ta chiroyli va rang-barang marosim — Millatlar Paradiga puxta tayyorgarlik ko‘ryaptilar. Joriy yilning «Turli millat va elatlar — birlashaylik» shiori bolalarni dunyo miqyosida fikrlashga o‘rgatadi.

Parad yakunlangandan keyin ajoyib ko‘rgazma o‘z eshiklarini ochadi. So‘ng barchani sho‘x karnaval kutadi. Maktabning har bir xonasi elchixonalar tomonidan milliy uslub asosida bezatilgan va ular tashrif buyurganlarni o‘z an’analariga muvofiq olqishlamoqdalar. Har bir stend oldida nafaqat bolalar, balki kattalar ham mazali taomlar, nafis esdalik sovg‘alari va qiziqarli o‘yinlardan zavqlanmoqdalar.

Turli mamlakatlar bolajonlari UNICEFni eshita olishlari uchun ushbu tadbirda mazkur xalqaro tashkilot ham ishtirok etmoqda. UNICEF stendining oldida turgan xodimlar va ko‘ngillilar bolalar bilan Bola Huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya hamda UNICEFning ustuvorliklari haqida suhbatlashish imkonidan mamnun. Ushbu Konvensiya to‘g‘risida eshitib, ko‘pgina bolalar xayron bo‘lyaptilar, ularning ayrimlari BMTni faqat xalqaro tashkilot sifatida taniyaptilar. Lekin ularning barchasi BMT deganda uni butun dunyoda tinchlik va taraqqiyot uchun umumiy maqsad yo‘lida birlashgan mamlakatlar tashkiloti sifatida idrok etadilar. Bu yaxshi javob.

Turli millatlarni ifodalayotgan va shunday bo‘lsada bir tilda so‘zlashayotgan, kabinetlar va manfaatlarni taqsimlayotgan, do‘stona va yoqimli muhit yaratayotgan bolalar ham BMT intilayotgan maqsadi — barcha uchun e’zoz va e’tirof bilan izohlanadigan qandaydir umumiy jihatlarga ega.

Marta o’qilgan: 541

Qo‘shimcha manba’lar


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar