UNICEF va Ucell Ơzbekistonda bolalar manfaatlari yơlida hamkorlik qilish bơyicha shartnomani imzoladilar

Chop etish versiyasi
03 Noyabr 2016
3 3 Fotosuratlar

TOShKENT, 3 noyabr  2016 yil  – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg’armasi (UNICEF)ning Ơzbekistondagi vakolatxonasi hamda Telia Company telecommunication guruhining bir qismi bơlmish “COSCOM” mas'uliyati cheklangan tashkiloti mamlaktdagi bolalar farovonligini  yanada oshirishga yordam berish maqsadida hamkorlik shartnomasini imzoladilar. 

Hamkorlik asosan sanitariya  punktlarini qurish va suv etkazib berish vositasida Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasining uzoq joylashgan hududlaridagi 30ta maktabda suv va sanitariya sharoitlarini  yaxshilashga qaratiladi. 

Mazkur tashabbus bolalrni diareya  singari kasalliklardan himoyalashga, hayot uchun muhim bơlgan uyda va maktabda qơllarni sovun bilan  yuvish odatini ota-onalar va ơqituvchilar ilgari surishlariga qaratilgan bơlib, Ơzbekiston Hukumatining bolalar salomatligini ta'minlash bơyicha dasturini qơllab-quvvatlaydi.

“Bolalar tơg’risida har kim qayg’urishi lozim va xususiy biznes bolalar masalalarini ơz ijtimoiy majburiyatlari qatoriga kiritib bormoqda. Abonentlari, xodimlari va biznes hamkorlarining keng tarmog’i bilan Ucell bolalar huquqlari tơg’risida axborot tarqatishga salmoqli hissa qơshishi mumkin,”-deb ta'kidladi  UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “ Alohida yordamga muhtoj aholi qatlamlarini, ayniqsa bolalarni qơllab-quvvatlashga qaratilgan Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga  erishishda ham xususiy sektor muhim rol  ơynaydi,”- deb qơshimcha qildi u.

Shartnomaning  yana bir boshqa qismiga muvofiq Ucell ơz obunachilariga  UNICEFning veb resurslaridan, xususan www.unicef.uz veb saytidan bepul foydalanish imkoniyatini beradi hamda  UNICEF bilan birgalikda Jahon kơkrak suti bilan oziqlantirish haftaligi, Jahon qơllarni  yuvish kuni, Jahon bolalar kuni singari sanalarni nishonlashda ishtirok  etadi. Muhim ma'lumotlarni mamlakatda SMS  yuborish vositasida tarqatish uchun kompaniya  ơz resurslaridan foydalanadi.

“Jahon fuqarolari sifatida hayot sharoitlari uchun barchamiz mas'ulmiz. Hozirgi kunda axborot-kommunikasiya texnologiyalari sektori  yanada  yaxshi hayot qurishda muhim rol  ơynashi mumkin. Tarix kơrsatishicha, millionlab insonlar  yangi texnologiyalarni qơllaganida, odatlarini ơzgartirganida hamda  yangi g’o larga  yuz tutganlarida insonyat  eng katta rivojlanish qadamlarini qơygan,”-dedi Ucell ijrochi direktori Tonu Gryunberg. U shunday deb qơshimcha qildi: “Ushbu muhim hamkorlik orqali mobil kommunikasiya  texnologiyalarini mavjud bơlgan ijtimoiy masalalarni hal  etish, Ơzbekistondagi bolalar ta'limi uchun yanada  yaxshi sharoit  yaratish, shuningdek mahalliy hamjamiyatlar rivojlanishi uchun ishlatamiz.”

Mazkur hamkorlik faqat moliyaviy resurslarni jalb  etish bilan cheklanmaydi. U hamkorlik va innovasiyalarga, barqaror biznes muhitida bolalarning huquqlari amalga oshirilishiga  yơnaltirilgan. Bu sa'y-harakatlar orqali UNICEF and Ucell har bir bola uchun birgalikda natijalarga  erishish mas'uliyatini ơz zimmasiga oldi.

Batafsil ma’lumot uchun murojaat qiling:

Макsim Fazlitdinov, UNICEF, + 998 93 5050162, mfazlitdinov@unicef.org
Nargiza Egamberdieva, UNICEF, +998 93 3803419 negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

Ơz faoliyati orqali  UNICEF har bir bolaning huquq va farovonligi ta'minlanishiga  erishishga harakat qiladi. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va barcha bolalarning, xususan,  ijtimoiy jihatdan  yakkalab qơyilgan, alohida e’tibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlari yơlida harakat qilamiz.

UNICEF va uning faoliyati to’g’risida batafsil ma'lumot olish uchun  uning Ơzbekistondagi vakolatxonasi veb sayti www.unicef.uz ga tashrif buyuring hamda  yangiliklarni Facebook ва Twitter да кузатиб боринг.

Ucell to’g’risida

Ucell sifatli tarmoq va milliy qamrov, arzon tarif rejalari, foydalanish oson bơlgan innovasion xizmatlarni taklif  etib, Ơzbekistondagi 9 milliondan ortiq aholi uchun kommunikasiya  xizmatlarini etkazadi. Ucell inson huquqlarini hurmat qilgan va biznesning  etika standartlariga rioya  qilgan holda  joylarda barqaror biznesni ta'minlashga harakat qiladi. Uning biznes-strategiyasi raqamli texnologiyalar borasida insonlarning turli segmentlarini bog’lash va aholi hayotini  yanada  yaxshilashga qaratilgan. Ucell va uning faoliyati tơg’risida batafsil ma'lumot olish uchun www.ucell.uz saytiga tashrif bu ring. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 648


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar