Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash guruhi kundaligi – ijobiy fikrlash, ijobiy yoshlar

Chop etish versiyasi
04 Noyabr 2016
4 4 Fotosuratlar

O‘smirlar tengqurlariga yordam berishga tayyor

Kuz fasli. Yomg‘ir erta tongdan shivalab yog‘a boshladi. Ob-havoning kayfiyatiga qaramay, 30 nafar o‘smirlar treninglarda ishtirok etish uchun Toshkent shahriga turli viloyatlardan tashrif buyurdilar. Ularning nigohlarida hayotga bo‘lgan intilish, ijobiylik va jo‘shqinlikni ilg‘ash mumkin. Bugungi tadbir ularga bir-birlari bilan fikr almashish, erishgan yutuq va qiyinchiliklari to‘g‘risida suhbatlashish orqali o‘z hayotlaridagi ba’zi murakkab vaziyatlarni yengib o‘tish imkonini taqdim etadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Joriy yilning 30 oktabr kuni Toshkent shahrida «Yoshlar ijobiy harakatda!» mavzusida trenerlar uchun trening o‘z ishini boshladi.

«Tengdosh-tengdoshga» tamoyili asosida OIV bilan yashayotgan o’smirlarning salomatligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan urgʻu bilan ishlab chiqilgan. UNICEF ushbu tadbirni tashkil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika OITSga qarshi kurashish markaziga hamkorlik qilmoqda.

Joriy yil noyabr oyining birinchi haftasi davomida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan treninglarda OIV bilan yashayotgan jami 95 nafar o‘smir, 75 nafar ota-ona va 11 nafar pediatrlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridan tashrif buyurgan qatnashchilar bu yerda orttiradigan bilim va koʻnikmalarini o’z viloyatlaridagi tengqurlari orasida keng tarqatish maqsadida treninglarda ishtiroq etmoqdalar.

«Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi bolalar va ularning ota-onalariga OIV hamda OITS haqida batafsil ma’lumot berish, qatnashchilarda ushbu tash’hisga moslashib yashashni o‘rgatishdan iborat,«- deb ta’kidlaydi UNICEF maslahatchisi Kamila Fatixova. «Shu bilan birga ishtirokchilarda «tengdosh-tengdoshga» tamoyili asosida yetakchilik va trenerlik xususiyatlarini shakllantirib, ulardan OIV bilan yashovchi boshqa bolalarga ko‘mak ko‘rsatuvchi murabbiylar tayyorlash ham asosiy vazifalardan biridir,« — deya qo’shimcha qildi.

Interfaol mashqlar yordamida o‘rganamiz

O‘smirlar uchun o‘tkazilgan treninglar qiziqarli o‘yinlar vositasida o‘zaro tanishish bilan boshlandi. «Kim nimani kutyapti?» mashqi o‘smirlarning umidlaridan kelib chiqqan holda tashkil etildi va o’smirlarning faol ishtirok etishi, bir jamoa bo‘lib ishlashiga zamin yaratdi.

«Bugungi kundan olgan taasurotlarim ijobiy. Ushbu treningda to‘rt yildan beri turli davrlarda ishtirok etib kelgan eng faol bolalar qatnashmoqdalar. Ular o‘ylagan maqsadlariga erishadilar deb o‘ylayman, chunki ishtirokchilarda o‘zlariga bo‘lgan ishonch hissi kuchli. Ular o‘rganish va joylardagi „Qaldirg‘och“ markazlarida tengdoshlariga ezgulik ulashishga tayyorlar», — deydi UNICEF treneri Sardor Xusanov.

«Mening malakalarim» mashqida qatnashchilar «OIV bilan yashayotgan bolalar va o‘smirlar uchun Bolalar kunduzgi markazlarida ko‘ngilli boʻlib ishlash uchun ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Tengdoshlarini qo‘llab-quvvatlash va ulardagi hayotga ijobiy qarashlarini o’rgatish ko‘nikmalaridan boxabar bo‘ldilar.

OIV bilan yashovchi o‘smirlarni ijtimoiy-ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalari

Ikkinchi guruhda o’tkazilgan «OIV bilan yashayotgan o‘smirlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam» mavzusigagi mashgʻulotlarda pediatrlar ishtorok etishdi. Unda shahar va viloyat OITSga qarshi kurashish markazida faoliyat yurituvchi katta tajribaga ega bo‘lgan, o‘smirlar bilan bevosita ish olib boruvchi pediatrlar ishtirok etishmoqda.

«Ushbu treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘smir yoshdagi bolalarning o‘ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda ularga ko‘rsatiladigan yordamni takomillashtirish, ularning nafsoniyatiga tegmasdan, ushbu kasallik bilan qanday yashash, dori-darmonlarni qabul qilish, o‘smirlarning kuzatuv nazoratini olib borish, ularning ota-onasi va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarini yanada yaxshilash borasidagi bilimlarimizni yanada takomillashtirishdan iboratdir»,- deydi trener, Respublika OITSga qarshi kurashish markazi poliklinika bo‘limi mudiri Muborak Bekmetova.

Pediatrlar bilan o‘tkaziladigan munozara davomida OIV bilan yashovchi o‘smirlarga maqomi to’g’risida xissiyotlariga putur yetkazmasdan gap ochish, OIV bilan yashovchi o‘smirlarga kerakli maslahatlar berish, OIVga ega o‘smirlarning reproduktiv salomatligi kabi dolzarb mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Marta o’qilgan: 151


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar