Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash guruhi kundaligi: OIV bilan yashayotgan bolalarni “teng-tengiga” tamoyili asosida qo‘llab-quvvatlash

Chop etish versiyasi
07 Noyabr 2016
4 4 Fotosuratlar

UNICEF tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda OIV-infeksiyasi bilan yashovchi bolalar va oilalarga ijtimoiy-ruhiy yordam ko‘rsatish doirasida trenerlar uchun trening tashkil etdi. O‘zbekistonning 7 ta viloyatida yashovchi 10–19 youshdagi o‘smirlar, OIV muammosiga duch kelgan bolalar va oilalar uchun xizmat ko’rsatuvchi markazlarning mijozlari hamda ular bilan ishlaydigan pediatrlar ishtirok etdilar. Treningning asosiy maqsadi OIV bilan yashayotgan o‘smirlarni OIVga duchor bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalariga ko‘maklashishga tayyorlashdan iborat.

Ilk bor treningdan 4 yil avval, ya’ni 2012 yilda o‘tgan o‘smirlar o‘z viloyatlaridagi bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar hamda erishgan yutuqlari va duch kelayotgan qiyinchiliklari to‘g‘risida so‘zlab berdilar.

Ishtirokchilar maslahatlar va axborot sessiyalari; 1 dekabr -Jahon OITSga qarshi kurashish kuni, Yangi yil va Navro‘z bayramlari, ko‘pgina ko‘ngilochar, ijodiy va til mashg‘ulotlari; o‘z tengdoshlari bilan muloqot yuritish kabi turli tashabbus va tadbirlar haqida zo‘r ishtiyoq bilan aytib berdilar. Ularni hammasidan ham murabbiy-tengdosh sifatida boshqa OIV bilan yashayotgan bolalarning ko‘nglini ko‘tarish imkoniyati juda quvontirdi.

«Men OIV bilan yashayapman, lekin hayotdan doim zavqlanaman. Boshqalardan yagona farqim shundaki, men dori ichib turaman», — deb aytdi o‘smirlar yetakchilaridan biri Nodira. «Men boshqa ota-onalarga aytganimda, ular OIV bilan yashayotgan bola shu qadar faol va xushchaqchaq ekanligini ko‘rib, deyarli doim lol qolyaptilar. Bu ularni ancha tinchlantiradi va o‘z farzandlarining tashxisini qabul qilishga yordam beradi.»

O‘z faoliyatida yoshlar duch kelgan eng katta qiyinchiliklardan biri farzandlari uchun qattiq xavotirlanayotgan va ularning tashxisini qabul qilishni xohlamayotgan ota-onalar bilan ish olib borishdan iborat bo‘ldi. Shunday bo‘lsa ham, yosh murabbiylar umidsizlanmayaptilar. Ular o‘z ota-onalari o‘g‘il-qizlari qanday xastalikka mubtalo bo‘lganlarini bilib qolganlarida naqadar qiynalganlarini eslab, orttirgan tajribalari asosida ota-onalarga maslahat va tavsiyalar beradilar.
«Ushbu sohada ish olib borib, biz endi shifokorgina emasmiz. Biz ham psixolog, ham xastalangan bolalarning yaqin do‘sti bo‘lishimiz lozim,«- deb ta’kidlaydi Namangandagi kunduzgi parvarish Markazining pediatr-shifokori Muattar Valijonova. «Bu davolash va unutib yuborish mumkin bo‘lgan kasallik emas. Bu jarayonda ota-onalar bilan doimiy hamkorlikni ta’minlash o‘ta muhim, xuddi biz bir oila a’zolari bo‘lganimizdek. Boshqa tibbiyot xodimlari — epidemiologlar, ambulatoriya vrachlari va terapevtlar bilan harakatlarni muvofiqlashtirish va monitoring qilish ham katta ahamiyat kasb etadi.»

Trening ishtirokchilari o‘z hayoti va boshqa odamlar hayotlari oldida yangi mas’uliyat va majburiyatlar ostonasida turibdilar. OIV bilan yashab yurgan bolalar hayotida pediatr va murabbiylarning roli birinchi darajali ahamiyatga ega. OIV profilaktikasini yanada kuchaytirishni ta’minlash uchun ular ahillikda ish olib boryaptilar.

Mamlakatning yettita mintaqasida bu kabi markazlar hali mavjud emas. Tashkilotchilar yaqin vaqt ichida bu viloyatlar ham kunduzgi parvarish markazlari bilan qamrab olinishiga umid qiladilar. Yurtimizning yosh fuqarolari sog‘lom bo‘lishlari maqsadida tegishli sharoitlarni yaratish uchun hali ko‘p ishlarni amalga oshirish talab etiladi.

Tashqi ko‘rinishidan bu yoshlar xastalangan odamlarga umuman o‘xshamaydilar. Ular har qanday boshqa sog‘lom boladek nazar tashlaydilar, so‘zlashadilar va fikrlaydilar. O‘sish va rivojlanishni davom ettirishlari uchun ular lozim darajada va o‘z vaqtida antiretrovirusli terapiyani (ART) qabul qilishlari muhim hayotiy ahamiyatga ega. Treningda qatnashayotgan ushbu faol ishtirokchilardan ayrimlari e’tirof etayotganlaridek: «Hayot bunga munosibdir».

Marta o’qilgan: 411


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar