Televizion ko’rsatuv bola huquqlari borasida muhokamalarni jonlantirdi

Chop etish versiyasi
18 Noyabr 2016
7 7 Fotosuratlar

Jahon bolalar kuniga bag’ishlangan hamda bolalarning erta rivojlanishi va ta’lim olishining ahamiyatini ta’kidlovchi televizion tok-shou O’zbekiston telekanallarining biridan joy olmoqda. Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda UNICEFning birgalikdagi tashabbusi bo’lmish teleshouda aktrisa Jamila G’ofurova va xonanda Iroda Dilroz ishtirok etib, mavzu bo’yicha o’z qarashlari bilan o’rtoqlashadilar. UNCIEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Sasha Grauman ham mazkur mavzu bo’yicha o’z fikrlarini bildiradi.

Ko’rsatuvda bola o’rganishni erta boshlashi ta’kidlanadi. Inson miyasi bola dunyoga kelgan birinchi kundan boshlab tez sur’atlarda rivojlana boshlaydi va ushbu rivojlanish inson hayotining keyingi har qanday bosqichlaridan ko’ra aynan hayotining dastlabki yillarida, ya’ni uning shaxsiyati shakllanayotgan davrda o’ta muhim ahamiyatga ega.

Bola rivojlanishini targ’ib qilish, himoya qilish va unga ko’maklashishga imkon qadar erta kirishishni yoqlovchi bir qator salmoqli biologik, ruhiy va iqtisodiy dalillar mavjud.

O’zbekistonning barcha viloyatlarida sifatli maktabgacha ta’limni yo’lga qo’yishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda,biroq ota-onalar va hamjamiyatlar ham ushbu jarayonda faol ishtirok etishlari lozim. Ba’zi ota-onalar o’z farzandlari maktabgacha ta’lim muassasasiga borishini ta’minlashga etarli moliyaviy resurlarga ega bo’lmasliklari mumkin, lekin ko’pchiligimiz farzandlarimiz rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shish imkonini ham qo’ldan boy beramiz. Vaholanki, buning uchun bor-yo’g’i ularga e’tibor qaratish, ular bilan suhbatlashish, kitob o’qib berish, qo’shiq kuylash yoki birgalikda o’yin o’ynash kifoya.

Ko’rsatuvda ishtirokchilarga ushbu masalalarni juda ham interaktiv uslubda va turli xil nuqtai-nazarlarni muhokama qilish imkoniyati beriladi. UNICEF ekspertlari suhbatni Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiya bilan bog’lashga harakat qiladilar, va bunda e’tiborni bolaning huquqlaridan biri bo’lmish uning erta rivojlanishi hamda ta’limiga qaratadilar.

Ushbu teleko’rsatuv 20 noyabr, ya’ni Jahon bolalar kunida, soat 13:30 da MY5 kanalida namoyish etiladi.

Marta o’qilgan: 625


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar