Jahon bolalar kuni: O’zbekiston bolalar huquqlarini jahon miqyosida ilgari surayotgan ikki uz nafar mash’hur yozuvchiilar guruhiga qo’shilmoqda

Chop etish versiyasi
18 Noyabr 2016
1 1 Fotosuratlar

O’zbekiston va er kurrasining barcha qit’alari vakillaridan bo’lgan yozuvchilar dunyoni bolalar uchun qanday bo’lishini istashlarini tasvirlovchi “Kichik hikoyalar” yozmoqdalar

TOSHKENT, 18noyabr 2016yil –O’zbekiston dunyoga mash’hur 200 ta qalam ustalaridan iborat bo’lgan guruhga qo’shildi. Ushbu guruh romannavislar, pesalar mualliflari va shoirlardan iborat bo’lib, ularning barchasi usbhu hafta davom etayotgan “Kichik hikoyalar” kampaniyasida ishtirok etmoqda. Tahminan 7 qatordan iborat bo’lgan mitti hikoyalarda 20 noyabr kuni nishonlanuvchi Jahon bolalar kunining mohiyati yoritiladi. UNICEF har bir bolani yordam va umid bilan ta’minlash yo’lidagi 70-yillik mehnat faoliyati sanasini nishonlashni aynan mitti hikoyalar turkumi bilan boshlamoqda.

“Kichik hikoyalar” kampaniyasida Chimanda Adichi, Paulo Koelxo, Kristina Lamb va Nuriddin Farah hamda yana 200 ta dunyoga mash’hur yozuvchilar qatnashmoqda. O’zbekistonlik bir qator mash’hur va yosh yozuvchilar bolalar uchun dunyo qanday bo’lishini istashlarini tasvirlash harakatiga qo’shildilar. “Dunyodagi barcha xalqlarda “bola” so’zi bir xil ahamiyatga ega. Ushbu so’z quvonch va kamolotga intilishni anglatadi”, - deydi o’zbekistonlik yozuvchi O’ktam Mirzayorov.

UNICEF dunyoning 7 qit’asidagi yozuvchilarni bolalar ravnaqi uchun qalam tebratishga chorlaydi. Ushbu tashabbusning g’oyasiga ko’ra mualliflar “Har bir bola uchun nimani istayman” mavzusida qisqa, ta’sirchan hikoyalar yozadilar va 2016 yil 14 noyabrdan boshlab ularni “Feysbuk” ijtimoiy tarmog’i sahifalarida e’lon qiladilar. Bu hikoyalar matonat, umid va muhabbatga bag’ishlangan bo’ladi.

“Biz O’zbekiston Hukumatiga mamlakatdagi har bir bola unga maqbul dunyoda yashashi uchun teng va odilona imkoniyatlarga ega bo’lishlarini ta’minlash yo’lidagi harakatlariga yordam berishda davom etamiz. Usbhu “Kichik hikoyalar” hammamizga bolalarning barcha huquqlarini ta’minlash borasida ular oldidagi ahdlarimizga sodiq qolishimiz lozimligini eslatadi,” - deydi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Grauman.

“Kichik hikoyalar” kampaniyasi BMTning Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyasi qabul qilingan sanani nishonlash uchun 25 noyabrga qadar davom etadi.

###

UNICEF to’g’risida

Ơz faoliyati orqali UNICEF har bir bolaning huquq va farovonligi ta'minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va barcha bolalarning, xususan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qơyilgan, alohida e’tibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlari yơlida harakat qilamiz.

Tơliq ma'lumot olish uchun UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi veb sayti www.unicef.uz ga tashrif buyuring hamda yangiliklarni Facebook hamda Twitter dagi UNICEF Uzbekistan sahifamizda kuzatib boring.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun murojaat qiling:

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: (99871) 233 95 12, 233 97 35

Atul Kumar, Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha bo’lim rahbari

Telefon: +99893 550 01 35  el.pochta: akumar@unicef.org

Nargiza Egamberdieva, Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

Telefon: 99893 380 34 19   el.pochta: negamberdieva@unicef.org

Marta o’qilgan: 848


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar