Jahon bolalar kuni: Bolalarga bergan va’dalarimizni yana bir bor eslash vaqti

Chop etish versiyasi
20 Noyabr 2016
Press-reliz

Toshkent, 2016 yil 20 noyabr – 1989 yilda Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiya (BHK) qabul qilingan vaqtdan beri dunyo miqyosida katta yutuqlarga erishildi.  Dunyoda eng tez sur’atlar bilan va eng ko’p mamlakatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro bitim bo’lmish BHK har bir inson uchun sog’lom, himoya qilingan va maqbul bolalikni kafolatlash uchun asosiy, umumbashariy me’yorlarni belgilab beradi.

O’zbekiston BHKni 1994 yilda ratifikatsiya qilgan. O’tgan davr mobaynida O’zbekiston hukumati mamlakatdagi bolalar huquqlari progressiv ravishda amalga oshirilishi, xususan, sog’liqni saqlash va ta’lim xizmtlariga bo’lgan huquqlariga rioya etilishi yo’lida salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Endilikda ushbu muhim xizmatlarning sifatini oshirish hamda bolalar uchun yaratilgan havfsiz muhitni yanada mustahkamlash zarur. Shu bilan birga, ijtimoiy jihatdan eng zaif bo’lgan aholi guruhlarini qamrab olish ham ahamiyatlidir.

Keyigni oyda UNICEF butun dunyo miqyosida bolalar hayoti uchun muhim ko’mak, uzoq muddatli yordam va umid bag’ishlash yo’lidagi faoliyatini boshlaganiga 70 yil to’lganligini nishonlaydi. Ushbu sana arafasida UNICEF bolaning erta rivojlanishi masalalringa jamoatchilik e’tiborini qaratmoqda. Bola hayotining ilk yillarida oiladagi yuqori sifatli parvarish, kunduzgi parvarish markazlari va maktabgacha ta’lim maskanlaridagi xizmatlar yuqori sifatli maktab ta’limi hamda o’spirinlik davriga eltuvchi xizmatlarga ulanib ketishi lozim va shu tariqa inson hayotining barcha bosqichlariga yo’naltirilgan sarmoyalarning o’zaro bog’liqligidan naf ko’riladi.

Buning uchun ko’p tarmoqli dastur ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi talab etiladi. Bunday dastur sog’liqni saqlash xizmatlaridan boshlanib, oilalarni bola parvarishida ko’maklashuvchi xizmatlar bilan ta’minlash hamda bolalikning ilk davridagi rivojlanishni targ’ib etuvchi, uni himoya qiluvchi va qo’llab-quvvatlovchi faoliyatlarni qamrab olishi lozim. UNICEF O’zbekiston hukumatiga ota-onalarni qo’llab-quvvatlovchi samarali dasturlarni amalga oshirishda yordam ko’rsatadi. Ushbu dasturlar ota-onalrga yosh bolalarini parvarishlash va tarbiyalash sifatini sezilarli darajada oshirishga qaratilgan o’quv mashg’ulotlari olib borish va ularni kerakli resurlar bilan ta’minlashga qaratilgan. “Hozirda dunyo bo’ylab 250 million bola, yoki boshqacha qilib aytganda, kam va o’rta daromadli mamlakatlardagi bolalarning 43 foizi o’zlarining rivojlanish salohiyatlaridan foydalana olmasliklari ehtimoli yuqori. Bunga esa, o’sishda ortda qolish, qash’shoqlik va nomaqbul sharoitda hayot kechirish kabilar sabab bo’lmoqda va ular bolalarga ta’lim-tarbiya berishga tahlika solmoqda,” - deydi UNICEFnig O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbri Sasha Grauman. “Bu insonga uzoq-muddatli ta’sir ko’rsatibgina qolmasdan, barcha mamlakatlarga ta’sir qiluvchi jamiyatdagi qash’shoqlik, tengsizlik va jamiyat hayotidan ajratib qo’yish kabi salbiy holatlarni kuchaytishi mumkin” – deb qo’shimcha qildi u.

###

UNICEF to’g’risida

Ơz faoliyati orqali  UNICEF har bir bolaning huquq va farovonligi ta'minlanishiga  erishishga harakat qiladi. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va barcha bolalarning, xususan,  ijtimoiy jihatdan  yakkalab qơyilgan, alohida e’tibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlari yơlida harakat qilamiz.

Tơliq ma'lumot olish uchun  UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi veb sayti www.unicef.uz ga tashrif buyuring hamda  yangiliklarni Facebook  hamda Twitter dagi UNICEF Uzbekistan sahifamizda kuzatib boring.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun murojaat qiling:

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: (99871) 233 95 12, 233 97 35

Atul Kumar, Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha bo’lim rahbari

Telefon: +99893 550 01 35  el.pochta: akumar@unicef.org

Nargiza Egamberdieva, Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

Telefon: 99893 380 34 19  el.pochta: negamberdieva@unicef.org

Marta o’qilgan: 682


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar