BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi gender tengligiga bag`ishlangan turkum tadbirlar o`tkazmoqda

Chop etish versiyasi
25 Noyabr 2016
1 1 Fotosuratlar

BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi ayollarga nisbatan zo`ravonlikning barcha turlariga barham berish haqidagi global chorlovni qo`llab-quvvatlaydi.

Har yili butun dunyo bo`ylab “Ayollarga nisbatan  zo`ravonlikka qarshi 16 kunlik harakat” nomini olgan kampaniya o`tkaziladi. Ushbu kampaniya 25 noyabr, Ayollarga nisbatan zo`ravonlikka qarshi halqaro kunida boshlanib, 10 dekabr, Halqaro inson huquqlari kunida yakunlanadi va mazkur ikki kunni ramziy ravishda bog`lab, ayollarga nisbatan zo`ravonlik inson huquqlariga zid ekanligini ifoda etadi.

O`zbekistonda ushbu kampaniya 2011 yildan boshlab muvaffaqiyat bilan  “Uydagi osoyishtalikdan dunyodagi tinchlik sari” shiori ostida o`tkaziladi va ayollarning jamiyatdagi o`rni va huquqlarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida xalqaro hamjamiyat, fuqarolik jamiyati va davlat tashkilotlarini birlashtiradi.

2016 yilda xalqaro hamjamiyat barqaror taraqqiyot sohasida yangi dastur – Barqaror rivojlanish maqsadlarini qabul qilib, teng huquqli, inklyuziv taraqqiyot sari harakat boshladi. Yangi dastur ijobiy va ahamiyatli ta'sirga ega bo`lishi uchun millionlab ayollar va qizlarni asosiy huquq, hamda o`z mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy o`sishiga hissasini qo`shish imkoniyatlaridan mahrum qiluvchi zo`ravonlikka qarshi qaratilgan harakatlar amalga oshirilishi zarur.

“Butun dunyoda har uchinchi ayol jismoniy yoki jinsiy zo`ravonlikka uchraydi. Ayollarga nisbatan zo`ravonlikni to`xtatish – har bir inson uchun ustuvor vazifa bo`lishi zarur. Bu shunchaki ayollar bilan bog`liq muammo emas, bu har birimizning burchimiz”,-deb aytdi BMTning O`zbekistondagi vakili Stefan Prisner.

BMT tizimi dunyoning 130dan ortiq mamlakatlarida gender zo`ravonligining oldini olishda yordam beradi va bu borada amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarni qo`llab-quvvatlaydi. Ushbu mamlakatlarning uchdan bir qismi ayollar va qizlar ahvolini murakkab qiluvchi inqiroz holatidadir. Shu sababli, barqaror rivojlanishni ta'minlash maqsadida ayollar va qizlarga nisbatan zo`ravonlikka qarshi qaratilgan global dasturlar va siyosat ishlab chiqilgan.

Endi esa, yangi global Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun faoliyat boshlangan bir paytda, bizning oldimizda 2030 yilga qadar ayollar va qizlarga nisbatan zo`ravonlikka yakun yasashdan iborat vazifa barchamiz oldida turadi. Har birimiz yanada ko`proq harakat qilib, hech kimni ortda qoldirmasligimiz kerak. Har bir ayol va qiz gender kamsitilishi va zo`ravonlikka uchramasdan yashashga haqli. Bu nafaqat ayollar va qizlarning qadr-qimmati, huquqlari va farovonligini ta'minlash uchun, balki butun insoniyat va bizning umumiy kelajagimiz uchun zarur.

Qo’shimcha ma’lumot olish uchun www.un.uz veb sahifasiga tashrif buyuring

Marta o’qilgan: 768


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar