Ijobiy o’smirlarning o’zlariga ishonchlarini oshirish va imkoniyatlarini kengaytirish sari

Chop etish versiyasi
01 Dekabr 2016
3 3 Fotosuratlar

To’g’ri ma’lumotlardan foydalana olish hamda yordam berib turuvchi tengdoshlarning borligi OIV bilan yashayotgan o’smilar (OIVYO)ga o’z holatlarini qabul qilishlari, harakat qilishlari va o’zlari kabi boshqa o’smirlarga yordamlashishdagi faoliyatlarini oshirishda katta ahamiyatga ega. Andijonlik Murod bunga yaqqol dalil bo’lishi mumkin: «Men treningga o’z kasalligim to’g’risida ko’proq ma’lumot olish uchun keldim. Men o’z shahrimga qaytib borganimda tengdoshlarim bilan ish olib borishga qodir bo’lishim uchun yaxshilab o’qimoqchiman. Men juda ko’p muammolarga uchradim, ayniqsa vazn yo’qotishim va ishtahamning yo’qligi bilan bog’liq muammolarni boshdan kechirdim. Mening umuman quvvatim yo’q edi va uzoq muddatda uydan chiqa olmay qoldim. Kasalligim bilan nima qilishni bilmas edim. Shifokorlarning maslahatlariga ko’ra antiretroviral terapiya (ART) muolajalarini boshladim. Quvvatim qaytib keldi va yana ishtaham ochildi. Men boshqa insonga aylandim.»

Huddi yuqoridagi kabi so’zlarni Toshkentlik 17 yoshli Go’zal to’g’risida ham aytish mumkin. U bir yarim yil davomida maktabga bora olmagan. «Men OIV to’g’risida ko’p narsa bilmas edim. Men shuningdek o’z tengdoshlarim, xoh qiz, xoh o’g’il bolalar bilan bu to’g’risida gaplashishga qiynalar edim. Men OIV bilan ijobiy tarzda yashash to’g’risida hech ham eshitmagan edim».

Ushbu yoshlar UNICEF va Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkent shahrida uyushtirilgan bir haftalik trening ishtirokchilaridirlar. Ular kuzgi ta’tilda Tohshkentdagi 60 ta boshqa OIVYO va parvarishlovchilardan iborat guruhga qo’shildilar. O’zbekistonning 9 ta hudududan kelgan mazkur tinglovchilar ijobiy hayot tarziga moslashish ko’nikmalariga ega bo’ldilarki, toki ular o’smirlar sifatida gullab-yashnashlari va o’zlari kabi qiyinchilikka duch kelgan tengdoshlariga ustoz bo’la oladilar. O’quv mashg’ulotlar ularning o’z salomatliklariga nisbatan yanada mas’uliyatli bo’lishlari, ota-onalari va shifokorlar bilan muloqot qilish qobiliyatlarini hamda kunduzgi parvarish markazlarida ko’ngillilar sifatida faoliyat yuritish salohiyatlarini oshirishga qaratilgan.

UNICEF xodimlari ta’kidlaganidek, hamma narsa to’g’ri ma’lumotlarni etkazishdan boshlanadi. Aksariyat tinglovchilar uchun bu ilk bor OIV to’g’risida mufassal ma’lumot olish hamda o’z savollari va gumonlariga kerakli javoblarni olish imkoniyatidir. Ikkinchi qadam shaxsiy gigiena, to’g’ri ovqatlanish, ARTni lozim ravishda qabul qilish hamda sil kasalligi kabi xatar darajasi yuqori bo’lgan kasalliklardan himoya qilishdir. Ushbu bilimlar ularga sog’lom turmush tarzini yuritish hamda o’z holatlariga moslashishlari va tengdoshlariga o’rnak bo’lishlarida yordam beradi. Shuningdek ular muloqot qilish va nizolarni xal qilish ko’nikmalarini rivojlantirish borasida mashg’ulotlarda qatnashdilar va bu ularga markazlarda ko’proq yordam taklif etishlarida qo’l keladi. UNICEF xodimlari ta’kidlashlaricha, o’smirlar harakat qilar ekan, ular ko’ngilli bo’lish va treningda olgan bilim va ko’nukmalarini tadbiq etish rag’batiga ega bo’ladilar, ayniqsa ularning o’tgan bir necha kun davomida o’z tajribalarini tengdoshlari bilan o’rtoqlashganliklari qo’l keladi.

Go’zal ham shu yo’nalishda harakatlanayotganga o’xshaydi. Uning aytishicha: «Endilikda mening o’z kasalligim to’g’risida ko’proq ma’lumot qidirishga qiziqishim ortdi. Men OIV sabab tushunlikka tushish yoki yakkalanib qo’yganlik hissiyotini boshdan kechirayotgan tengdoshlarimga yordam bermoqchiman toki ular bu kasallikdan qo’rqmasinlar».

Go’zal kabi tengdoshlarning ahamiyatiga urg’u berayotgan Murod ham o’zi ko’rsata oladigan yordamni aniq biladi: «Hozir usbhu guruhda yangi do’stlar orttirdim va o’z kasalligim to’g’risida yanngi ma’lumotlarga ega bo’ldim. Men bir narsani anglab yetdim: agar men ma’lumot beradigan bo’lsam, bu ma’lumot to’g’ri bo’lishi lozim. Haqiqatni yashirmaslik kerak. Agar men to’g’ri ma’lumot bersam, boshqalar OIV to’g’risida, kasallikni yuqtirib olish xatarlari, sil kasalligi havfi hamda yaxshi ozuqalanishimiz uchun nima eyishimiz lozimligi xususida eng yaxshi tushunchaga ega bo’ladilar».

Go’zal ham, Murod ham o’z bilimlari va yordamlarini o’rtoqlashish ishtiyoqidalar. Ular mamlakatdagi tengdoshlari uchun o’rnak bo’lish sari bormoqdalar.

Marta o’qilgan: 135


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar